Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi

Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor

Download 349,01 Kb.
bet17/27
Sana04.04.2022
Hajmi349,01 Kb.
#527852
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
uzb tar mavzular toplami

12 Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor
Reja:
1. Mustaqillik yillarida maʼnaviy va maʼrifiy hayot. Milliy istiqlol gʼoyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning tiklanishi.
2. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʼlgan eʼtibor. Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Margʼilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi va uning ahamiyati.

Eng ulug, eng aziz ayyom - mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda. Bugun mamlakatimizning qay bir go‘shasiga bormang, albatta, yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlarining ustidan chiqasiz. 25 yil. Tarix uchun kiprik qoqgudek lahza bu. Ammo shu yillar mobaynida tarix evrildi. YUrt mustaqil bo‘ldi. Mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 25 yillik istiqlol tarixi bilan chambarchas bogliq bu o‘zgarishlar zamirida mana shu bag‘rikeng xalqning betakror hayot tarzi, qadimiy urf odatlari, ertangi istiqbol bilan qorishiq niyat va istaklari bor.

Tarixiy manbalarda Naxshab, Nasaf nomlari bilan atalib, betakror madaniy yodgorliklari, boqiy qadriyatlari, boy tarixi, go‘zal qiyofasi bilan alohida nom taratgan qadimiy va navqiron Qarshi shahar jamoli mustaqillik yillarida tubdan o‘zgardi. Ayniqsa, shaharning 2700 yillik yubileyi munosabati bilan amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari natijasida butunjahon shaharsozlik yutuqlari asosida o‘zgacha qiyofa kasb etdi. Bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan me’moriy obidalar mukammal ta’mirlanib, ularga qayta umr bag‘ishlandi. SHaharning markaziy va asosiy ko‘chalari ancha kengaytirildi. Mustaqillik maydoni zamonaviy landshaft dizayni asosida qaytadan obodonlashtirildi. 

2 ta stadion, 2 ta istirohat bog‘i hamda ko‘rkam amfiteatr barpo etildi. Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori va savdo majmuasi, aeroport va temir yul vokzali rekonstruksiya qilinib, shahar xusniga yanada xusn qo‘shildi.

Darhaqiqat, boy tarixi, ko‘plab ilmiy va ma’naviy merosi, go‘zal qiyofasi bilan jahondagi eng yaxshi shaharlar qatoridan joy olgan Qarshi shahri muhtaram Prezidentimizning doimiy e’tiborlaridagi maskanlaridan hisoblanadi. Prezidentimizning taklif va ko‘rsatmalari asosida barpo etilgan o‘nlab majmua va inshootlar bugungi kunda shahar ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlamoqda. Prezidentimizning Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo‘l transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish Dasturiga muvofiq viloyat markazini yanada obod va ko‘rkam maskanga aytantirishda muhim turtki bo‘ldi. Qarshi shahrini yanada go‘zal, zamonaviy markazga aylantirish uchun uning 2030 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasini ishlab chiqish, shahar infratuzilmasini rekonstruksiya qilish 
va ta’mirlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ishlarni amalga oshirish uchun hukumatimizning maxsus Dasturi qabul qilindi. Unga asosan hozirgi 8 ming 500 gektarlik shahar hududi kelgusida 17 ming 700 gektarga etadi. 225 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiluvchi shahar kelgusida 400 ming nafar aholi yashaydigan yirik shaharga aylanishi ko‘zda tutilgan. SHu munosabat bilan shaharda juda katta hajmdagi qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bunday o‘zgarishlar shaharda yashovchi har bir keksa-yu yosh qalbida faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. SHaharning qay bir burchagiga bormang, nimadir qurilayotganiga va uning husnini buzib turgan pana-pastqam imoratlar, kelajakda go‘zal go‘shaga aylanishiga xalaqit beradigan ob’ektlar buzib olinib, ularning o‘rniga yangi, zamonaviy inshootlar barpo etilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Ayni paytda Qarshi shahrining O‘zbekiston, Mustaqillik, Amir Temur, Alisher Navoiy, Nasaf, Xonobod ko‘chalarini kengaytirish, atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yo‘laklar, tashqi yoritish uskunalari va favvoralar o‘rnatish ishlari bajarilayapti. SHaharning markaziy ko‘chalaridagi ko‘rimsiz uy-joylar o‘rnida 122 ta ko‘p qavatli zamonaviy uylar qurilmoqda. Ularning 32 tasi foydalanishga topshirildi, 90 tasida qurilish ishlari davom etmoqda. Qarshi shahrida 50 ta favvora qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning 28 tasi ishlab turibdi. Qurilayotgan yangi avtostansiya va vokzallar, ko‘pqavatli uy-joylar, bog‘ va xiyobonlar, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari shahar ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlamoqda. SHahar atrofida to‘rt polosali, uzunligi 56 km bo‘lgan avtomobil xalqa yo‘lining Qashqadaryo daryosini kesib o‘tadigan qismida uzunligi 108, eni 27 metrlik yangi ko‘prik barpo etildi. Qarshi shahridagi “Odina” majmuasi, “Ko‘kgumbaz”, “Qo‘rg‘oncha” masjidlari, Abu Ubayda ibn al-jarroh ziyoratgohida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Eng asosiysi, shaharda bunyodkorlik ishlari zamonaviy arxitektura-shaharsozlik me’yoriy talablari asosida olib borilmoqda.
YUrtboshimiz o‘tgan yili Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Amir Temur tarixiy ko‘prigini ta’mirlash, daryo atrofini dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar bergan edilar. O‘tgan bir yil davomida bu erda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Amir Temur ko‘prigi zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Qashqadaryo daryosi ustida qad rostlagan Amir Temur ko‘prigi va unga yondosh hududda bajarilgan ishlar nainki yurtdoshlarimiz, balki dunyoning ancha-muncha shaharlarini ko‘rib ko‘zi qotgan xorijlik sayyohlarning ham chinakam hayratiga sabab bo‘lmoqda. Daryo suvi 3 ta sun’iy to‘g‘on yordamida ko‘tarilib, uning to‘lib oqishi ta’minlandi. Bu inshootlar suvni to‘plash barobarida filtrlash vazifasini ham bajaradi. Sohilning ikki tomoni esa odamlar sayr qilib hordiq chiqaradigan so‘lim maskanlarga aylantirildi. 51 ta katamaran, 2 ta turistik kater keltirildi. Qirg‘oq bo‘yidagi eski binolar o‘rnida go‘zal xiyobon bunyod etildi. Bolalar uchun zamonaviy attraksionlar o‘rnatildi. 14 ta kottej, 4 ta kafe-bar, bolalar maydonchalari, 4 ta sun’iy qoplamali sport maydonchasi barpo etildi. 24 gektar maydon ko‘kalamzorlashtirilib, 4 mingdan ortiq manzarali daraxt va butalar ekilib, mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yilligiga voha ahli uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.
Qarshi shaharida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?” degan savolga javob ekani, ular viloyat qiyofasini o‘zgartirib, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganining yorqin ifodasidir. Davlatimiz rahbari joriy yilning 30 iyun-1 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida ham qurilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun bundanda ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar. Viloyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari har bir qashqadaryolik qalbini faxr va iftixorga chulg‘amoqda.
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, Qashqadaryo buyuk Sohibqiron Amir Temurni voyaga etkazgan zamin. Bu erda u zotning avlodlari – g‘ururi baland, mard va tanti odamlar yashaydi. Muxtasar aytganda, yurtimizdagi barcha shaharlar qatori Qarshi shahrining maftunkor qiyofasida va uning yorqin kelajagida ham mustaqillik mo‘‘jizalari, bunyodkor xalqimiz umid va intilishlari mujassamdir.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan. Joriy yilning 20 iyun sanasida ushbu tarixiy hujjat qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi.
Bu hujjatning tarixiy ahamiyati eng avvalo, mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz hududida asrlar davomida shakllangan davlatchilik, fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatning murakkab sharoitlarda qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish sari tashlangan qat’iy va muhim qadami bo‘ldi.
SHu ma’noda, Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjatdir.
Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida mamlakat ichki siyosiy tizimida davlat hokimiyati idoralari faoliyati demokratik tartib-qoida 
va an’analar asosida qayta tashkil qilindi. Xususan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari tashkil topdi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga asoslangan ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng va to‘la huquqli a’zosidir. Hozirda O‘zbekiston BMT, SHHT, MDH, EHXT va IHT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatidagi eng asosiy vazifasi – davlatimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdir. Bu borada O‘zbekiston tinchlikparvar siyosatini yuritib kelmoqda. Bunday siyosat o‘zaro ochiq va konstruktiv muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini hamda mamlakatimiz atrofida “farovonlik kamari”ni yaratish va mustahkamlashni o‘zida aks ettiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan keng va faol hamkorligi bunga misol bo‘la oladi.
Tarixan mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining strategik muhim nuqtasida joylashgan. Bunday joylashuv asrlar davomida mamlakatimiz xalqida bag‘rikenglik, yuksak ma’naviy qadriyatlar, turli millat va elatlar taqdiriga befarq bo‘lmaslik, aksincha o‘zaro hamkorlikda rivojlanish modelini shakllantirgan.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va mudofaa sohalarida mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan qator yutuqlarga erishdi. 
Bugungi kunda davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, yangilanishlar va o‘zgarishlarning tub mazmun-mohiyati bevosita mamlakat mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda kuzatilayotgan ushbu ijobiy o‘zgarishlar shubhasiz, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomidir. YAna bir muhim jihat, O‘zbekiston bu borada o‘zining zamonaviy tarixiy rivojlanishidagi yangi bosqichga qadam qo‘ydi.
Xususan, siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati xalq irodasi va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, davlat idoralarining xalq bilan doimiy muloqotini yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini kengaytirishdan iborat. CHunki, har bir demokratik-huquqiy davlatda suveren bo‘lmish xalqning irodasi amalda yaxlit siyosiy tizim barqarorligi va samaradorligini belgilab beradi.
Iqtisodiy sohada zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga mos raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasiga moslashish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin. Bularning barchasi birinchi navbatda, o‘z-o‘zini ta’minlash, zamonaviy dunyoning turli iqtisodiy tahdid va xavf-xatarlariga qarshi tura oladigan mustahkam va mustaqil tizim yaratishga qaratilgandir.
Ijtimoiy sohada aholini har tomonlama himoya qilish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish, bepul tibbiy xizmat va ta’lim olish masalalarini mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari sifatida ta’kidlash lozim. So‘nggi yillarda ilm-fan, sog‘liqni saqlash sohalarini tubdan rivojlantirish va yangilashga qaratilgan turli zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Buning zamirida yuksak bilimli, etuk, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan shaxslarni, ya’ni inson kapitalini rivojlantirish masalasi mavjud. Bu, o‘z navbatida, uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, kelajakda ham mustaqillikni mustahkamlashning garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Mudofaa sohasida O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq tinchlikparvar, murosa va hamkorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirib kelmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatning milliy mudofaa tizimi shakllantirildi. jumladan, harbiy kadrlar tayyorlash, mudofaa sanoati infratuzilmalarini rivojlantirish, jangovar shaylikni kuchaytirish kabi vazifalar muntazam tarzda amalga oshirilib kelinayotganini ta’kidlash lozim. Bu borada milliy armiya davlatimizning qalqoni, tinch va farovon hayotimizning kafolati bo‘lmoqda.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini yana bir bor e’tirof etgan holda, uning zamirida mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaro o‘z taqdiriga va mamlakat kelajagiga nisbatan yuksak mas’uliyatni his qilgan holda yondashishi lozimligi g‘oyasi yotadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish