Ilmiy texnik jarayonni jadalashtirish ko’p jihatidan ishlab chiqarishni avtomatlashtirish,
ya’ni avtomatik robotlarni qo’llashga bog’liq.
«Robot» atamasi birinchi marta 1920 yilda K. CHapenning «RUR» («Rossumovning har
turli ishlari») fantastik pesasida paydo bo’lgan. Bu pesaning persanajlari bo’lib odamlar va ishchi
robotlar hisoblanadi. Tezda «robotlar» tushunchasi xalqaro ilmiy-texnik atamalar lug’atiga
kiradi.
Zamonaviy robotlarni uch avlodga bo’lish mumkin:
1.
birinchi avlod robotlari bu dastur bilan boshqariladigan robotlar;
2.
ikkinchi avlod robotlari – bu sezuvchan robotlar;
3.
uchinchi avlod robotlari – bu aqlli yoki idrokli deb ataluvchi robotlardir.
Birinchi avlod robotlari asosan dasturlangan ma’lum bir operatsiyalarni ketma-ketligini
bajarish uchun xizmat qiladi. Bu esa aniq texnologik jihozlarga (stanok, press va shunga
o’xshashlarga) xizmat ko’rsatishi kerak. Birinchi avlod robotlari
tarkibida odatda elektron
hisoblash mashinasi (EHM) bo’lmaydi va ularni boshqarish qurilmasi esa xotiraga oldindan
qo’yilgan ma’lum dasturni bajarish uchun xizmat qiladi. Axborot va o’lchov datchiklar sonini
kamligi va boshqarish tizimini mukammalashmaganligi tufayli bunday robotlar avtomatlar kabi,
hech qanday idroksiz ta’sir qiladilar. Agar robot olishi kerak bo’lgan buyumni (zagotovkani)
biror tomonga surib qo’yilsa, u holda robot boshlama bilan hech narsa qila olmaydi. SHuning
uchun bunday robotlarga «ko’maklashmoq uchun» boshlama buyomlar qo’yilgan
maxsus
kassetalar o’rnatiladi. Robot boshlamani kassetadan oladi va ishni boshlaydi. Ko’rsatilgan
cheklashlar keyingi avlod, ya’ni sezuvchan robotlarni yaratishga olib keldi.
Ikkinchi avlod robotlar – bu sezuvchan robotlardir. Ular dastur bilan boshqariladigan
robotlardan «sezish vositalari»ning borligi bilan farq qiladi. Ikkinchi asosiy farqi, bu anchagina
murakkab boshqarish tizimini mavjudligi bo’lib o’z tarkibiga boshqarish EHMsini ham kiritadi.
Sezuvchan robotlar haddan ziyod sezgir organlarga ega bo’lishi mumkin. Bular odamlar
aniqlanishi mumkin bo’lmagan signallarni qabul qilishiimkoniyatiga ega.
3-avlod - bu idrokli deb ataluvchi robotlardir.. Ular
ikkinchi avlod robotlaridan
murakkabligi va o’z ichiga sun’iy aql elementlarini jo qilgan boshqaruvchi tizimni
mukammalligi bilan tubdan farq qiladi. Aqliy robotlar odamning aqliy faoliyatini
avtomatlashtirish uchun xizmat qiladi, ya’ni qiyofalarni,
nuqtalarni ajratish, oldindan ma’lum
bo’lmagan sharoitda sodir bo’ladigan faoliyatlar to’g’risida xulosa qabul qilish va shunga
o’xshash. Umuman olganda aqliy robot inson tilini tushunish va odam bilan gaplashishni olib
borishga qodir.