VIII b o b
EKOLOGIYA HUQUQI ASOSLARI
Ekologiya huquqi haqida tushuncha
Ekologiya
atamasi yunoncha
«
oikos
»
– turar joy,
yashash muhiti, uy;
«
logos
»
– ta’limot, degan ma’noni
bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda ekologiya biz yashab
turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Tabiatni muhofaza etish turli xil vosita va usullar
yordamida amalga oshiriladi. Shulardan eng muhimi –
tabiatni huquqiy muhofaza etishdir, ya’ni tabiatni qo-
nunlar yordamida ifloslanishdan saqlash.
Respubli kamiz
Konstitutsiyasida
«Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehti
-
yotkorona munosabatda bo‘ lishga maj burdirlar»
, deb tas-
diqlangan.
Tabiatni muhofaza qilishda huquq alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, u yuridik va jismoniy shaxslarga
tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofaza etish
tartib-qoidalarini belgilab beradi.
Ekologiya huquqi bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasining mustaqil huquq tizimida o‘z o‘rni va
salo hiyatiga ega bo‘lgan alohida huquq sohasi hisob -
lanadi. Ma’lumki, yangi saylovda Qonunchilik palata si -
ning o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan
saylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |