«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


O‘ZBEK FOLKLORI VA ENG QADIMGI



Download 434,34 Kb.
bet58/73
Sana12.01.2017
Hajmi434,34 Kb.
#353
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
O‘ZBEK FOLKLORI VA ENG QADIMGI

YOZMA MANBALAR

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan turkiy

tilda so‘zlashuvchi elatlar og‘zaki ijodining tarkibiy qismi

bo‘lgan. Uning tarixiy ildizlari 3—4 ming yil avval yaratilgan

yozma manbalarga borib taqaladi. Bu manbalar

≪Avesto≫, ≪Bexistun≫, ≪Bundaxishn≫, ≪Denkard≫ kabi

qadimiy kitoblardan, O‘rxun-Enasoy yozuvlaridan, Abu

Rayhon Beruniyning ≪Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar

≫, ≪Hindiston≫ deb atalmish risolalaridan, Mahmud

Koshg‘ariyning ≪Devonu lug‘otit turk≫ ilmiy tadqiqoti va

boshqa asarlardan iborat. Shuningdek, Gerodotning

≪Tarix≫, Polienning ≪Harbiy hiylalar≫ kabi tarixiy kitoblarida

ham turkiy xalqlar o‘tmishiga oid qimmmatli ma’lumotlar

berilgan. Bu adabiyotlarning hammasi O‘rta Osiyo

xalqlarining, shu jumladan, o‘zbeklarning o‘z davriga nisbatan

o‘ta yuqori madaniyatga ega bo‘lganini anglatadi.

Xususan, keyingi yillarda olimlarimiz ≪Avesto≫ bizning yurtimizda

yaratilganini isbotladilar. Bu asar haqida o‘zbek

tarixchi olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Prezidentimiz

I. A. Karimov shunday degan edi: ≪Eng mo‘tabar qadimgi

159

qo‘lyozmamiz ≪Avesto≫ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti.



Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam ikki daryo

oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning

biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir

≫. Haqiqatan ham, jahon madaniyati tarixida alohida

qimmatga ega ≪Avesto≫ning vatani O‘zbekiston bo‘lishi bu

yurtda qadim zamonlarda ham hamma xalqlar havas qiladigan

yuksak ma’naviyatning mavjud ekanini ko‘rsatadi.

≪Avesto≫ o‘n ikki ming qoramol terisiga yozilgan kitob

bo‘lib, unda dunyoning, inson va tabiatning paydo bo‘lishi

haqidagi dastlabki mifik ma’lumotlar berilgan. Axura

Mazda (yaxshilik dunyosi) va Angra Manyu (yovuzlik du n -

yosi) o‘rtasidagi kurash keyingi adabiyotlarga ezgulik va

yovuzlik o‘rtasidagi kurash an’anasi bo‘lib o‘tdi. ≪Avesto≫da

aytilishicha, dehqon yerga don sochganidan so‘ng:

≪Qachonki egatlarda urug‘ yetilsa, devlar o‘rinlaridan

qo‘padilar. Qachonki bug‘doy gurkirab ko‘karsa, devlar

dahshatdan titray boshlaydilar. Qachonki bug‘doy un bersa,

devlar nola chekadilar. Qachonki bug‘doy xirmonga uyulsa,

devlar nobud bo‘ladilar. Qay bir xonadonda bug‘doy bosh

chiqarsa, devlar u xonadondan uzoqlashadilar. Qay bir xo -

nadonda bug‘doy ombori bo‘lsa, go‘yo qizdirilgan temir

devlar bo‘ynini chirmab tashlaydi...≫ (≪Vandidod≫, 3-fargard,

31—32-bandlar) O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lyaptiki,

ajdodlarimiz ming-ming yillar oldinoq bizga o‘z o‘gitlarini

berib ketgan ekanlar. Yuqoridagi iqtibosda inson hayotiga

oid zaruriy falsafa bor. Asrlar davomida turmush tajribasida

tasdiqlangan bu haqiqat mehnat qilishning fazilatidan iborat.

Mehnat qilgan insondan va oiladan falokatlar yiroq

turadi. Chunki har bir xastalik, tashvishning davosi mehnatdir.

Shuning uchun ham ≪Avesto≫ kitobidagi mehnatga

chaqirish da’vati xalqimiz maqollari, qo‘shiqlari, ertaklari

va dostonlarida bosh mavzu hisoblanadi. Shuningdek,

≪Avesto≫da inson burchining mas’uliyati, ma’naviy poklik,

atrofdagi yurtdoshlarga xayrixohlik tuyg‘ulari maqtaladi,

madh etiladi. Bularning hammasi xalqimiz og‘zaki ijodida

o‘zining mantiqiy davomini topgan. ≪Avesto≫da jamiyat

a’zolari qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi, o‘zaro muno -

sabat axloqi, go‘zallik, poklik, ezgulik, yovuzlik haqidagi

qonun-qoidalar misollar bilan izohlangan. Bu fazilatlarning

badiiy ifodasi esa ≪Alpomish≫, ≪Ravshan≫, ≪Aql — bebaho

boylik≫, ≪Uch og‘a-ini botirlar≫ kabi epik asarlarda,

minglab maqollarda o‘z ifodasini topgan.

160

O‘rxun-Enasoy yodgorliklari ajdodlarimizning Vatan



mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari haqida hikoya

qiladi. Tabg‘achga qaram bo‘lgan Turk yurti Tunyuquq,

Eltarish, Kultegin kabi farzandlar harakati bilan ozodlikka

erishdi. Yurtni ozod qilishdan ham qo‘lga kiritilgan mustaqillikni

asrab qolish mushkulroqdir. Bitiktoshlarda VIII

asrda ro‘y bergan ana shu jarayon o‘z ifodasini topgan.

Bitiktoshdagi: ≪Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma

ekan≫, ≪Turk sir xalqi yerida boshqa ega yurmasin≫, ≪Tun

uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi≫, ≪Yupqa yig‘in

tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson

emish. Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir

emish. Ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish≫

kabi parchalar xalqning o‘z farzandlariga nasihati, boshidan

o‘tkazgan quvonch va tashvishlar izhori edi. Miflardan

afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, dostonlar vujudga kela boshlaganda,

og‘zaki ijodimiz ana shu sarchashmalardan oziqlandi,

desak, xato bo‘lmaydi.

Zamonlar o‘tib ilm rivojlandi, yurtimizdan butun olamga

mashhur allomalar yetishib chiqa boshladi. Imom Ismoil

al-Buxoriy, al-Farg‘oniy, Abu Mansur Moturudiy, Bur -

honiddin Marg‘iloniy, at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy,

Mahmud Koshg‘ariy kabi buyuk olimlar risolalarida turli

munosabatlar bilan maqollardan, qo‘shiqlardan, rivoyatlardan

namunalar keltiriladi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy

xalqimiz qadriyatlari haqida ≪Qadim xalqlardan qolgan

yodgorliklar≫, ≪Hindiston≫ kabi tadqiqotlarida ma’lumot

beradi. Ayniqsa, Navro‘z bayrami tarixi haqidagi qaydlar

alohida ahamiyatlidir. Muhimi shundaki, Beruniy bu

qadriyatlarni xayoliy tushunchalar qatorida emas, balki

ma’naviy yodgorliklar sifatida baholaydi. Bu bilan alloma

xalqning hayoti va kelajagi bevosita uning madaniy boyligi

xazinasiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq ekanini ta’kidlagandek

bo‘ladi.

Ayni paytda, hind xalq eposidan ≪Mahobhorat≫,

≪Panchatantra≫, ≪Ramayana≫, arab xalqining ≪Ming bir

kecha≫ ertaklari ham og‘zaki ijodimiz rivojida muhim

ahamiyat kasb etgan. O‘zbek xalq ijodidagi epik janrlar

namunalari bo‘lmish afsona, rivoyat, naql, ertak, dostonlarni

o‘rganish sharq xalqlari og‘zaki ijod asarlarida juda

ko‘p umumiy nuqtalar mavjud ekanini dalillaydi.



Masalan, farzandsizlik, kutib-kutib topgan farzandning

el hayotida muhim yangilik kiritishi, asarlarda fantastik

6—Xalq og‘zaki poetik ijodi 161

narsa-buyumlarning ishtirok etishi, dev, pari, farishta, yalmog‘

iz kabi obrazlarning mavjudligi ertak va dostonlar asrlar

davomida yonma-yon yashab kelayotgan yoki Buyuk

ipak yo‘lida iqtisodiy, madaniy muomalada bo‘lgan

xalqlarning ijodiy hamkorlikda yashaganliklari isbotidir.

Farzandiga oshiq bo‘lgan podshohlar, sevikli xotinining

qayta turmushga chiqish kuni uzoq va xatarli safardan qaytgan

qahramonlar, ukalariga boylik orttirish ilinjida xi yonat

qilgan akalar, tushlarida sevib qolgan oshiq-ma’shuqlar

ishtirok etgan asarlar ko‘pincha sayyor syujetlar, ya’ni

ko‘chib yuruvchi bir xil mazmundagi asarlar qahramonlaridir.

Og‘zaki ijodimiz asarlari milliy qadriyatlarning tarkibiy

qismi sifatida yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasining

asosini tashkil etadi. Davlatimiz tomonidan

milliy mafkuraga bo‘lgan e’tiborning salmoqli qismi og‘zaki

ijodimizdagi san’at namunalari bilan bevosita aloqadadir.

Chunki halq og‘zaki ijodi farzandlar qalbida vatanparvarlik,

xalqparvarlik, mehnatsevarlik, ezgulik, saxiylik, ilm-hunarga

muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishi bilan birga axloqiy

jihatdan ham go‘zal inson bo‘lib yetishishlarida muhim

ahamiyat kasb etadi.

Aziz talaba! Siz mazkur darslikdan o‘zbek xalqining

ming yillar davomida yaratgan og‘zaki ijodi haqida asosiy

ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Og‘zaki ijod asarlari nima

uchun davlatimiz tomonidan shu qadar e’zozlanayotganini

tushunib oldingiz, deb o‘ylaymiz. Xalq maqollari, topishmoqlari,

askiya, latifa, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlardagi

asarlarning bir-biridan farqini bildingiz. Ayni

chog‘da, ularning hammasini o‘zbek tilida yaratilgani va

mukammal badiiy obrazlar birlashtirib turganini ham

angladingiz. Endi eng muhim vazifalardan birini butun

hayotingiz davomida bajarishingiz lozim bo‘ladi. Bu vazifa

xalq og‘zaki ijodi bilan yaqinlikni yo‘qotmaslikdan iborat.

Kun sayin qo‘shiqlardan namunalar yodlash, xalq dostonlarini

o‘qish doimiy mashg‘ulotingizga aylanmog‘i lozim.

Yodingizda bo‘lsinki, xalq rasm-rusumlarini, urf-odatlarini,

og‘zaki ijodini bilmay, unga sidqidildan amal qilmay turib,

o‘zbek xalqining farzandiman, deyish mumkin emas.

Ajdodlarimiz ruhiga sodiq qolish har bir o‘zbekning

muqaddas burchidir.

162



Download 434,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish