Savol va topshiriqlar:
1. Bolalar folklorining kattalar folkloridagi asarlardan qanday
farqlari bor?
2. Bolalar folkloridagi janrlar haqida alohida-alohida so‘zlang.
3. Bolalar folkloridan namunalar ijro etishga o‘rganing.
Adabiyotlar:
1. Jahongirov G‘. O‘zbek bolalar folklori. T., ≪O‘qituvchi≫,
1975.
2. Safarov O. O‘zbek bolalar poetik folklori. T., ≪O‘qituvchi≫.
1985.
3. Boychechak. Qo‘shiqlar. T., G‘. G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.
O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORI
Marosim arab tilidagi ≪marsum≫ so‘zidan olingan
bo‘lib, 1-chizilgan; 2-rasm qilingan; 3-odat bo‘lgan ma’nolarini
anglatadi. Har bir inson umri davomida turli maqsadlarda
uyushtirilgan va xalq orasida odat tusiga kirgan
marosimlarda ishtirok etadi. Ular to‘ylardan, yig‘inlardan,
ma’rakalardan iborat bo‘lishi mumkin. Ayni paytda, butun
xalq qatnashadigan bayramlarni ham marosimlar qatoriga
qo‘sha olamiz.
≪Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida
to‘kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki
inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash
maqsadida maxsus o‘tkaziladigan, xalq orasida qat’iy
an’anaga aylanib qolgan xatti-harakatlar marosim deyiladi≫1.
Mazkur ta’rifdan ma’lum bo‘lyaptiki, marosim xalq orasida
qat’iy an’anaga aylangan tadbir hisoblanar ekan. Haqiqatan
ham, qizni turmushga berish to‘yi yigit tomonidan qiz
yashaydigan oilaga sovchi kelishidan boshlanadi. ≪Sovchi≫
Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, xabarchi ma’nosini
anglatadi. Demak, sovchi bo‘lajak kelin oilasiga kuyov
haqida ma’lumot beradi va kelin haqidagi xabarni yigitnikiga
olib ketadi. Shundan so‘ng, ikki tarafning kelishuviga
binoan fotiha to‘yi o‘tkaziladi. To‘y marosimi ham to‘y olib
kelish, indovchi yuborish, ziyofat berish, yor-yor aytish, tor-
151
1 Sarimsoqov B. Marosim folklori. ≪O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi≫
kitobida. T., ≪O‘qituvchi≫, 1990. 116-bet.
tishmachoq kabi o‘nlab kichik-kichik sahnalardan iborat
bo‘ladi. San’atshunoslik sohasi bo‘yicha fikr yuritsak, har bir
to‘y ma’lum hududda yashovchi xalq tomonidan ko‘p yillar
mobaynida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy asosida o‘tkaziladi.
Faqat uning ishtirokchilari, ayrim odatlari, sababchilari,
uyushtirish sifati, darajasi, oilaviy va hudud sharoiti
taqozosi bilan boshqa bo‘ladi. Millat vakillarining
an’analari, odatlari, rasm-rusumlari, mentaliteti (tabiati)
ana shu ssenariyda, ya’ni marosimni o‘tkazishda o‘ziga xos
lavhalardan iborat. Insonning tug‘ilishi, uylanishi, turmushga
chiqishi bor ekan, marosimlar ham bo‘laveradi. Demak,
marosimlar xalq tarixidagi eng qadimgi qadriyatlar
hisoblanadi. Qadim zamonlarda yigit qizga uylanish uchun
o‘zining jismoniy quvvatini u bilan kurash tushish yoki
boshqa yo‘l bilan namoyish qilishi zarur edi. Zamonlar
o‘tishi bilan bu odat yo‘qolgan. Uning o‘rniga yangi-yangi
odatlar paydo bo‘lgan. Marosimlar o‘tkazilish vaqti, ko‘ri -
nishlari, odamlarning ishtiroki, maqsadiga ko‘ra mavsumiy
va oilaviy-maishiy turlarga bo‘linadi.
Jumladan, mavsumiy marosimlarda qon-qarindoshlik
jihatidan yaqinlikdan qat’i nazar, ma’lum hududda yashaydigan
butun aholi ommaviy tarzda ishtirok etadi. Navro‘z,
Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayrammarosimlar
ham borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakillari
o‘tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin marosimlari esa
kichik bir qishloq, mahalla yoki juda bo‘lmaganda tuman
miqyosida uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa asosan
marosim egasining qarindoshlari, do‘st-birodarlari, hamkasb
xizmatchilar qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan,
maqsadidan qat’i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga
yaqinlashtirishi, o‘rtada mehr-oqibat tushunchalarini shakllantirishi,
har bir odamni topshirilgan vazifani bajarish ruhida
mas’uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |