Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

M ak tab gach a ta ’lim
 
m u assasalarid a  eko­
logik  tarb iyan i am alga
 
oshirish  shakl,  uslub va
 
vosita lari
185


qiladigan ishi yo‘qligidan mushukning dumiga ip bogiaydi,  qushlaming 
iniga chiqib, polaponlarini oladi va hokazolar. Aslida bola jonivorlarga ozor 
bermasdan, ular bilan do'st tutunib ham olam-olam zavq olishi mumkin. Biz 
unga qanotli do‘stlari uchun inlaryasab, ho‘raklar tayyorlashni o‘rgatishimiz 
maqsadga muvofiqdir.
Ekologik  ta’lim  va  tarbiyaga  doir  mavjud  tadqiqot  ishlarida  tavsiya 
etilishicha,  bu  borada  quyidagi  shakl,  uslub  va  vositalardan  foydalanish 
maqsadga  muvofiq:  tushuntirish,  ko'rsatmaliT  amaliy;  induktiv  va  de- 
duktiv,  reproduktiv,  muammoli;  suhbat,  savol-javob;  hadislar.  hikoyalar, 
rivoyatlar,  maqolalar  o‘qib  berish,  qayta  hikoya  qilish;  izohlash,  ko‘zdan 
kechirish;  kuzatish;  qiyoslash  va  taqqoslash;  tasavvur  qilish;  ishontirish, 
ibrat  olish  uchun  misol  va  namuna  keltirish;  talab  qilish,  odatlantirish  va 
rag‘batlantirish;  o‘yinlar,  shu jumladan,  improvizatsiyalarda  ishtirok  etish, 
kolleksiyato‘plash, sayr, ekologik kechalar, ekologiya haftaligi vaboshqalar 
(11-rasm).
S h ak llar
U slublar
V ositalar
Tabiat burchagidagi 
ishlar; 
sayr: 
ekologik kechalar: 
ekologiya haftaligi; 
shoirlar va olimlar bilan 
uchrashuvlar; 
sah n ak o ‘rinishlari; 
kattalarga yordam; 
bellashuvlar
Kuzatish; tushuntirish; 
tabiat go‘zalliklaridan 
zavqlantirish; 
tajriba; 
bolalarni gapirtirish; 
nutqiv-mantiqiy masalalar 
vechish; 
suhbat; ekologik o ‘yinlar; 
didaktik o'yinlar
Hadislar; 
rivoyat va hikoyatlar; 
she'rlar yod olish; 
pand-nasihatlar; 
maqol  va matallar; 
topishmoqlar; 
ertaklar;
loto;
labirint;
rebus;
videoroliklar
1 7-rasm.
 Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini  ' 
ekologik tarbiyalash shakl, uslub va vositalari
Tabiat  burchagi
  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirishga,  kichkintoylarda 
ularga  mehr  paydo  etish,  muhabbat  uyg‘otish  ishida  katta yordam  beradi. 
Tabiat  burchagidagi  jonzotlarni  bolalar  har  kuni  ko‘radilar,  bu  narsa 
tarbiyachilar  ishini  yengillashtiradi:  ular  tirik  mavjudotlami  muntazam 
kuzatib  boradilar  va  parvarish  qiladilar.  Ulami  parvarish  qilish  natijasida 
bolalar  zaminimizdagi  o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosining  nihoyatda 
turli-tumanligi  to‘g‘risida,  o‘simliklar,  hayvonlar  qay  tariqa  o'sib  rivojla-


nib  borishi,  ularga  qanday  sharoitlar  yaratib  berilishi  zarurligi  to‘g ‘risida 
tasawur hosil qiladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi  bolalar  mushukcha,  kuchukcha,  qo'zi- 
choq,  tipratikan  yoki  quyon bolasini  darhol  ushlab ko‘rmoqchi,  ularning 
oldigaborib silamoqchi, orqasidan quvlab ushlab olmoqchi bo‘lganliklarini 
ko‘p  marta  ko‘rganmiz  va  kuzatganmiz.  Bolalar  bu  jonivorlarga  tezda 
in  yasashga  kirishadilar.  Uni  parvarish  qilishga  otlanadilar.  Ota-onalar 
bolaning  zo‘r  hafsala  va  ishtiyoq  bilan  boshlagan  ana  shu  tashabbusini 
qo‘llabquvvatlashlari va maslahatlar bilan unga yaqindan yordam berish- 
lari kerak.
Jonli  burchakda  qushlar  va  hayvonlarni  parvarish  qilish  bolalarda 
tabiatga,  undagi  barcha  jonli  va  jonsiz  narsalarga  qiziqish,  muhabbat 
uyg‘otish,  ularni his  etish,  mehribonlik ko'rsatish tuyg‘ularining  shaklla- 
nishiga  yordam  beradi.  Qushlar  va  hayvonlar  bilan  yaqin  munosabatda 
bo‘lish bolaning bilimini har tomonlama boyitishga olib keladi. Bolalami 
jonli tabiat,  undagi  hayvonot dunyosi,  o‘simliklar  olami  bilan muntazam 
ravishda tanishtirib boriladi.  Bunda ishlar yil  davomida reja asosida tash­
kil  etiladi. M ashg‘ulotlar suhbat, kuzatish, o ‘yin faoliyatlari bilan bog‘lab 
o ‘tkaziladi. Bunda bolalar ona tabiatga, jonzotlar va qushlarga muhabbatli, 
mehrli bo‘lib, ularni asrab-avaylashga o ‘rganadilar.
Sayr
  chog‘ida  bola  o‘zidagi  bilimlami,  tabiat  oldidagi  mas’uliyat his- 
sini,  ya’ni  o ‘z  irodasini  amaliyotda  sinab  ko‘radi.  Bolalami  sayr  vaqtida 
dalada o‘tloqda o‘tlab yurgan qo‘y, echki va buzoq, sigirlar bilan yaqindan 
tanishtirish uchun ulaming yashash sharoiti,  insonlar uchun foydasi haqida 
hikoya qilib boriladi. Ovqatimizni mazali qilayotgan go‘sht, yog1, qaymoq, 
sut va qatiqlar shu hayvonlar tufayli ekanligi bolalarga tushuntiriladi.
Sayr  chog‘ida  tarbiyaviy  vaziyatlarni  yuzaga  keltirish  va  bolalami 
atrof-muhitda  sodir  bo‘layotgan  voqealarga  hozirjavoblik  bilan  muno­
sabat  bildirishga  o‘rgatish  muhim  ahamiyatga  kasb  etadi.  Sayr  paytida 
ilgaridan  kelishib  olganday,  tayyorgarlik  natijasi  sifatida  “timsolga  ki- 
rish”  imkoniyati  yaratilishi  mumkin.  Kimdir tabiatga ziyon  yetkazuvchi, 
kimdir tabiatni  muhofaza etuvchi  bo‘ladi.  Bunday  paytda  bolalar  o‘zlari 
payqagan nojo‘ya xatti-harakatning oldini olish tashabbusini ko‘rsatishlari 
kerakligi sayrga qadar tayinlab qo‘yiladi.
Tabiatdagi  yilning  istagan  faslida  go‘zallik  va  rang-baranglik,  o‘zga- 
rishlar  bolalarning  bevosita  hissiy  holatiga  ta’sir  etadi,  ularda  kuzatish, 
so‘rash,  filer  yuritish,  hikoya  qilish  istagini  uyg‘otadi.  Bu  narsa ulaming
187


mantiqiy fikrlash va nutqini o‘stirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. 
Bu  borada 

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish