Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Daromad o'zgarishining budjet chizig'iga ta'siri



Download 61,19 Mb.
bet89/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Daromad o'zgarishining budjet chizig'iga ta'siri


O'z navbatida narxning o'zgarishi ham budjet chizig'idagi turli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi (7.7-chizma).


Jumladan:

  1. B tovar narxining pasayishi budjet chizig'i burchagining o'zgargan holda yangi chiziq hosil bo'lishiga olib keladi (M chiziq);

  2. B tovar narxining oshishi budjet chizig'i burchagining o'zgargan holda yangi chiziq hosil bo'lishiga olib keladi (N chiziq);

  3. A va B tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallel bo'lgan yangi chiziq hosil bo'ladi (L chiziq). Iqtisodiyot nazariyasida iste'molchi tanlovini o'rganishda mazkur tan- lov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta'minlanadi deb faraz qilinadi:

1) mavjud va cheklangan budjetdan to'liq foydalaniladi;2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
7.7-chizma

Narx o'zgarishining budjet chizig'iga ta'siri


Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, tanlov nuqtasining budjet cliizig'ida yotishi. Iste'molchi amalda barcha daromadini iste'molga sarflamay, ma'lum qismini kel- gusidagi iste'molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uning barchasi sarfla- nadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta budjet chizig'idan chapda yotsa — uning to'liq sarflanmaganligini, o'ngda yotsa — imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz;


ikkinchidan, tanlangan iste'mol tovarlari to'plami eng ma'qul ko'rilgan kombinatsiyada bo'lishi lozim (7.8-chizma).
7.8-chizma

Iste'molchining optimal tanlovi


Bunda uchta befarqlik egri chizig'i ifodalangan bo'lib, ular iste'molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 — eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 — o'rtacha qoniqish; I, — eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste'molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: 1, da — C; l2da — D; I3 da - F nuqtalar. Iste'molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko'proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko'p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u budjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi. D nuqtada iste'molchi ehtiyojlarining qondirilishi niaksimum- lashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta'minlovchi tovar va xizmatlar to'plami eng ko'p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig'ining budjet chizig'i bilan kesishgan joyida yotadi.


Xulosalar

    1. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi — iqtisodiy ti­zimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o'ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan cham­barchas bog'liqdir. Ayniqsa, narxning talab va taklif hajmiga ta'siri ham­da ularning o'zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning faoliyatini belgilab beradi.

    2. Talab — ehtiyojning pul bilan ta'minlangan qismidir. Talab qo- nuniga muvofiq narxning o'sib borishi talabning qisqarishiga ohb kela­di, talabning kengayishi esa narxning o'sishiga ohb keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o'zgaruvchi) bilan talab (tobe o'zgaruvchi) o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud.

    3. Talab ikki xil yo'nalishda o'zgaradi: biri talab hajmining o'zgarishi bo'lib, talab egri chizig'i bo'ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xusu- siyatning o'zgarishi bo'lib, talab egri chizig'ining o'zini o'ngga-yuqo- riga yoki chapga-pastga qarab siljitadi.

    4. Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan to­varlari miqdori bo'lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgila­nadi, ammo aynan unga bog'liq emas, chunki zaxira, eksport va im­port omillari ham taklif qilinadigan tovarlar miqdoriga ta'sir ko'rsatadi. Taklif bilan narx o'rtasida to'g'ri bog'liqlik mavjud, narxlarning o'sishi taklifning o'sishiga olib keladi va aksincha.

    5. Talab va taklifning o'zaro ta'siri natijasida bozor muvozanati vu­judga keladi. Bozor muvozanati — talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.

    6. Bozordagi bir zumlik, qisqa davrh va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadi- gan tovarlarning o'zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqa­rishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog'liq. QLsqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni ko'paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq muddatli davrdagi omil­lardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ishlab chiqarishni qayta qurol- lantirish, yangilash va qo'shimcha quwatlarni vujudga keltirish bilan bog'liq investitsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, yangi korxonalarni qurishdan iborat.

    7. Xo'jalik amaliyoti uchun bozor subyektlarining narx o'zgarishiga bo'lgan munosafc&tini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushun- chasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko'rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo'Isa, narx bilan yalpi tushum qara- ma-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvcban bo'Isa harakat bir tomonlama bo'ladi.

    8. Iste'molchining bozordagi xatti-harakati so'nggi qo'shilgan naflilik nazariyasi hamda iste'molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So'nggi qo'shilgan naflilik pasayib borish tendentsiyasiga ega bo'lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan ibo- ratki, agar alohida olingan yakka iste'molchining holatidan kelib chiqil- sa, ne'matlarni iste'mol qilish hajmining ko'payib borishi bilan, ma'lum vaqtdan boshlab, muayyan ne'matning navbatdagi birligini iste'mol qi- lishdan olingan qo'shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Iste'molchi tomonidan o'zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasi- ning baholanishi iste'molchining afzai ko'rishi deyiladi.

Asosiy tayanch tushunchalar
Talab — pul bilan ta'minlangan, to'lovga qodir ehtiyoj; ma'lum vaqt oralig'ida, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilarning tovar va xiz­matlar ma'lum turlarini sotib olishga qodir bo'lgan ehtiyoji.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish