Iste'molchining afzal ko'rishi - iste'molchi tomonidan o'zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanisht.
So'nggi qo'shilgan naflilik - muayyan ne'matning navbatdagi birligini iste'mol qilishdan olingan qo'shimcha naflilik.
Yalpi (umumiy) naflilik - so'nggi qo'shilgan naflilik ko'rsatkichla- rining yig'indisi.
Befarqlik egri chizig'i — ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta'minlovchi iste'mol to'plamlari yig'indisi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar *
1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta'sir qiladi? Bu omillardan har biri o'zgarsa, talab egri chizig'ida qanday o'zgarish ro'y beradi?
Taklif qonunini tushuntiring. Taldifga qanday omillar ta'sir qiladi? Bu omillardan har biri o'zgarsa, talab egri chizig'ida qanday o'zgarish ro'y beradi?
Don biijasida bug'doyga bo'lgan talab va taklifliing umumiy hajmi quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi deb faraz qilaylik:
Talab, ming sentner hisobida
|
Bir sentner narxi
(so'm) hisobida
|
Taklif ming sentner hisobida
|
Ortiqcha (+) yoki kam (-)
|
85
|
3400
|
72
|
|
80
|
3700
|
73
|
|
75
|
r 4000
|
75
|
|
70
|
4300
|
77
|
|
65
|
4600
|
79 ,
|
|
60
|
4900
|
81
|
|
Bozor narxi yoki muvozanatlashgan narx qanday bo'ladi? Bug'doyning muvozanatlashgan miqdori qancha? 4-ustunni to'ldiring va natijalarini tushuntirib bering;
jadval maTumotlaridan foydalanib bug'doyga bo'lgan talab va taklif egri chiziqlarini grafik shaklida tasvirlang. Muvozanatlashgan narx va muvozanatlashgan miqdorni aniqlang;
nima uchun 3400 so'm bu bozorda muvozanatlashgan narx bo'la olmaydi? 4900 so'm-chi?
davlat bug'doyning eng yuqori narxini 3700 so'm qilib belgiladi deb faraz qilaylik. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. O'z javoblaringizni grafikda tasvirlang.
Talab va taklifning quyidagi o'zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta'sir ko'rsatadi? Javoblaringizning to'g'riligini tekshirish uchun talab va taklif egri chiziqlari grafigidan foydalaning:
a) taklif qisqaradi, talab esa o'zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o'zgarishsiz qoladi; d) taklif ko'payadi, talab esa o'zgarishsiz qoladi; e) talab ham, taklif ham ko'payadi; f) talab ortadi, taklif esa o'zgarishsiz qoladi; g) taklif ko'payadi, talab esa qisqaradi; h) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; i) talab ham, taklif ham qisqaradi.
Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
Iste'molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
Iste'molchining afzal ko'rishi nima? U iste'molchi tanloviga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Yalpi (umumiy) naflilik va so'nggi qo'shilgan naflilik tushuncha- lari o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud?
Befarqlik egri chizig'i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning iste'molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
Iste'molchi budjeti chizig'iga narx va daromaddagi o'zgarishlar qanday ta'sir ko'rsatadi?
8-bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA
Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o'zining yetuklik darajasi va rivojlanish xusu- siyatlaridan qat'iy nazar raqobatning mavjud bo'lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti riyojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o'z shakllarini o'zgartirib boradi. Mam- lakatimiz Prezidenti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko'rsatib, «Raqobat boimasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo'lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta'kidlaydi1. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopohyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi bayon etiladi.
8.1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo'jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o'rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda kelti- radigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o'z mavqeini mustahkam- lash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollasl^ uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobat pirovardida iste'molchilarni o'ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.
'Karimov I.A. «0'zbekiston XXI asrga intilmoqda». T.: O'zbekiston, 1999, 34-
bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |