Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Har bir qo'shilgan omil evaziga olingan qo'shilgan mahsulot so'nggi qo'shilgan omil unumdorligi deb aytiladi



Download 61,19 Mb.
bet29/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Har bir qo'shilgan omil evaziga olingan qo'shilgan mahsulot so'nggi qo'shilgan omil unumdorligi deb aytiladi. So'nggi qo'shilgan mahsulot (O'sgan) miqdorini so'nggi qo'shilgan (o'sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga boiish yo'li bilan qo'shilgan omil, ya'ni qo'shilgan kapital yoki qo'shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya'ni:
KM = AM/AK yoki KM = AM/AI.
Bu tushunchalarni yana bir sharth misol yordamida aniqroq ifodalash mumkin (2.4-jadval).
2.4-jadval


Qo'shilgan mahsulot va qo'shilgan omillar unumdorligi




1-yil

2-yil

So'nggi qo'shilgan miqdor

Qo'shilgan
omillar unumdorligi AM/AO

Jalb qilingan kapital, ming so'm

120

150

30

1

Ishchi kuchi (ishchilar soni, nafar)

100

120

20

1,5

Olingan umumiy mahsulot, dona

100

130

30

-

O'rtacha mahsulot:

100

130

30

-

a) ming so'm kapitalga, dona

0,83

0,87

0,04

-

b) 1 ishchiga, dona .

1

1,08

0,08

-

Yuqorida aytilganidek, alohida olingan omil evaziga qo'shilgan mah­sulot ma'ium darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har-bir birligi evaziga qo'shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo'shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab maijina- listik yo'nalish vakillari unumdorlikning pasayib borishi qonuni degan qonunni kashf qilishgan. Ularning g'oyasi bo'yicha har bir keyingi qi­lingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqi- batda umumiy o'rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.


Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavennaydi. Balki u quyidagicha to'rt holat mavjud bo'lgan sharoitda- gina amal qilishi mumkin:

    1. ishlab chiqarishning boshqa omillari o'zgarmay faqat bir omil to'xtovsiz oshirilganda;

    2. fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qi- linmaganda;

    3. omillar o'rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda;

    4. shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo'jasizlarcha, ko'r- ko'rona amalga oshirilganda.

Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslar- dan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to'laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotira- di. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turh xil muqobil variantlari mavjud bo'lishi ko'zda tutilib, ulardan eng sama- ralisi, ya'ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to'laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababh jamiyat a'zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqa­rish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya'ni tanlashni amalga oshirish zarur bo'ladi. Shunday tanlash orqali, re­surslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yu- qori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko'rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan tp'liq foydalanish uchun iqtisodiy resurslarning to'la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to'liq hajmini ta'minlash zarur.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish