Yaratilgan mahsulotdan iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda band bo'lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodim-
lar va boshqalarning yangidan sarf qiJingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo'shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo'lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi ku- chini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo'lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini yetishtirish, ya'ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo'lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya'ni qo'shimcha ish vaqtida xodimlaming qo'shimcha mehnati bilan yaratilgan qismi qo'shimcha mahsulot deyiladi. Yangidan yaratilgan sof mahsulotning tarkibini quyidagi 2.5-chizmada aniqroq tasvirlash mumkin.
Har bir korxonada, tarmoqda qo'shimcha mahsulot hajmini ko'paytirish asosan uch yo'l bilan — ishlovchilar sonini ko'paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o'zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo'shimcha ish vaqtini ko'paytirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Zaruriy va qo'shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan keyin o'zgargan shakllari
Sof mahsulot
Zaruriy mahsulot
Soliqlar
Qo'shimcha mahsulot
Ijtimoiy himoya fondlari
Foyda
2.5-chizma
Ish kuni o'zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo'shimcha ish vaqtini ko'paytirish evaziga olingan qo'shimcha mahsulot esa nis- biy qo'shimcha mahsulot deb ataladi. Masalan, ish kuni davomiyligi 8 soat hajmida qolgani holda, mehnat unumdorligi va intensivligini oshirish hisobiga zaruriy mahsulot yaratishga sarflanishi kerak bo'lgan vaqt 3 soatga tushirildi, deb hisoblaylik. Bunda qo'shimcha mahsulot yaratishga
sarflangan vaqt 5 soatga yetadi, ya'ni nisbiy qo'shimcha raahsulot hajnii ortadi.
Yil davomida olingan qo'shimcha mahsulotlar yig'indisi qo'shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodala- nishi) qo'shimcha mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo'shimcha mahsulot normasini m', massasini m, zaruriy
mahsulotni v bilan belgilasak qo'shimcha mahsulot normasi
<*
m =m/vx 100%
ko'rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, "A" korxonaning yil davomidagi qo'shimcha mahsulot massasi 100 mln. so'm, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln. so'mdan iborat bo'lsin. U holda qo'shimcha mahsulot normasi 40% ni tashkil etadi.
Ma'lumki, qo'shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o'rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo'ladi. Ularning har ikkalasidan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a'zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo'lida foydalaniladi.
Hoziigi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o'rtasidagi bog'liqlik ishlab chiqarish funk- siyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari — yer (Ye), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda qo'llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish fiinksiyasi M=f(Ye,K,I) dan iborat bo'ladi. Bu formula ishlab cliiqarishga jalb qilingan omillaming, ya'ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e'tiborni kam resurs sarflab, ko'proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko'rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko'paytirish moijallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfmi birdan- iga yoki ularning ayrim turlarini ko'paytirish yo'li bilan mahsulot hajmini ko'paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo'lgani holda ayrim omillar sarflni oshirish yo'li bilan mahsulotni cheksiz ko'paytirib bo'lmaydi.'Omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil o'lchanadi: umumiy mahsulot, o'rtacha mahsulot va so'nggi qo'shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot — jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillar- idan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. Odatda korxona yoki yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchining faoliyati eng awa- lo uning umumiy mahsuloti orqali baholanadi. Misol uchun, «A» korxonada 1 oy davomida barcha mavjud resurslardan foydalangan holda 100 birlik mahsulot yaratildi, deb faraz qilaylik. Bu o'rin da 100 birlik hajmdagi umumiy malisulot uni yaratishga sarflangan resurslar to'g'risida ma'lumot bera olmaydi. Biz faqat ushbu korxona faoliyatini boshqa bir korxona faohyati natijasiga taqqoslab, baholashimiz mumkin. Masalan, xuddi shu turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi «B» korxonada bir oy davomida 80 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan, deylik. U holda, «A» korxonada «B» korxonaga nisbatan 1,25 baravar ko'p umumiy mahsulot ishlab chiqarilgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Biroq, bu mahsulot nima evaziga, qanday sarflar hisobiga yaratilgan ligini ayta olmaymiz. Buning uchun bizga ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan omillar to'g'risida ham ma'lumot kerak bo'ladi. Bu ma'lumotlardan foydalangan holda o'rtacha mahsulotni hisoblash mumkin.
O'rtacha mahsulot — jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to'g'ri keladigan mahsulot hajmi:
0'M = M/(I,K).
Aytaylik, 100 birlik mahsulot 10 birlik ishchi kuchi, 8 birlik kapital va 15 birlik tabiiy resurslarni sarflash evaziga yaratilgan. U holda har qaysi omilning bir birligiga to'g'ri keladigan mahsulot hajmini hisob- laymiz:
ishchi kuchi omili birligiga to'g'ri keladigan o'rtacha mahsulot:
OM, = — = 10 birlikka teng.
7 10
kapital omili birligiga to'g'ri keladigan o'rtacha mahsulot:
O' Mk = -— = 12,5 birlikka teng.
8
tabiiy resurs omili birligiga to'g'ri keladigan o'rtacha mahsulot:
100
O' Mre = — « 6,7 birlikka teng.
Ishlab chiqarish natijasini baholashda ishlab chiqarish omillari nav- batdagi birligini sarflashning maqsadga muvofiqligini o'rganish, ya'ni har bir omil qo'shimcha sarftning u keltiradigan samara bilan taqqos- lash muhimdir. Bu so'nggi qo'shilgan mahsulot ko'rsatkichi orqali ifodalanadi.
So'nggi qo'shilgan mahsulot — eng so'nggi qo'shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o'sgan mahsulot hajmi.
«A» korxonada keyingi oyda boshqa ishlab chiqarish omillari sarfi o'zgarmagani holda, ishchi kuchi resurslarining soni 2 birlikka oshiril- gan, ya'ni 12 birlikni tashkil etib, buning natijasida umumiy mahsulot 110 birlikka yetgan bo'lsin. U holda, ishchi kuchi omilining so'nggi qo'shilgan mahsuloti 5 birlik (10/2)ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |