Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o'rtasidagi bog'iiqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o'rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to'liq namoyon bo'lmaydi. Lekin alohida hududiy boiinmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklarjning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog'liqfigi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog'liqlikning ahamiyati yaqqol ko'rinadi.Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko'pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqah bir-biri bilan bog'langan, ikkinchidan, shu bog'liqlik orqah milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milhy ishlab chiqaruvchilar o'z iste'molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog'liqlik qancha katta boisa, sof eksport hajmi orqah makroiqtisodiy muvozanat- likka shuncha kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqah milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta'minlab borishda quyidagilar ko'zda tutiladi:
mamlakatda mavjud boigan iqtisodiy resurslardan samarali foy- dalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to'laroq qondirib borish;
w- to'la bandlilikka erishish, ya'ni mehnat qilishga layoqatli boigan va ishlashni xohlaganlarni to'liq va samarali ish bilan ta'minlash;
narx-navoning nisbiy barqarorhgiga erishish va uni inflatsiya ta'siridan xoli qilish;
iqtisodiyotning bir maromda o'sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta'minlash va muomaladagi pul massasiga bog'lab borish;
eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balan- sining faolligiga erishish.
Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo'lib, bunga erishish doimiy ekanligini bildirmaydi. Chunki doimiy ravishda mutlaq muvozanatga erishish qiyin, chunki ular buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqah iqtisodiy o'sish notekis boradi.
18.3. O'zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qihsh iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tang- hk holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqaror- lashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun islilab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishga yo'naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada p'asayishining oldini olish va ommaviy ishsizhk- ning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlar- ni ham o'z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish so- halariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojla- nishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko'zda tutildi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo'lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirgunga qadar ishlab chiqarish hajmining pasayib ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Shu sababh respublikada 90-yillarning o'rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur'atlari pasayishi- ning sekinlashuvi ko'zga tashlandi, ayrim ko'rsatkichlar bo'yicha esa o'sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita yetakchi tarmog'i - sanoat va qishloq xo'jaligini isloh qilish va qo'llab-quwatlashga qaratilgan tad- birlar natijasida sanoatda 1995-yildayoq, qishloq xo'jaligida 1997-yilda ishlab chiqarishning pasayishi to'xtatildi.
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997-yil keskin burilish davri bo'ldi, islohotlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi ichki mahsulotning o'sishi (105,2 foiz) aholi sonining o'sishidan (101,8 foiz) yuqori bo'ldi1. Bu ijobiy tamoyillar keyingi yillarda mustahkam- lab borildi. Natijada 2000-yilda YAIM - 4,0 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi — 6,4 foizga, qishloq xo'jalik mahsulotlari - 3,2 foizga ko'paydi. Iste'mol mollari ishlab chiqarish 7,7 foizga, chakana tovar aylanishi — 7,8 foizga, aholiga pullik xizmat ko'rsatish hajmi esa 14,0 foizga ortdi. Davlat budjeti kamomadi YAIMning bir foizidan oshmadi. Naqd pul emissiyasi 9,4 foizni tashkil etdi. Jami pul massasi, belgilangan darajada — ya'ni YAIMga nisbatan 19 foizdan oshmadi2.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror sur'atlar bilan o'sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta'minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari hamda ulami ta'minlash borasidagi vazifalarning aniq belgilalj plinishi va izchil ravishda amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishida ahamiyatli yutuqlarga erishilmoqda.
Mamlakatimizda YAIMning nafaqat miqdoran o'sib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e'tiborga molik. Bunda uning o'sishiga ta'sir ko'rsatgan omillar tahlili, ya'ni qo'shilgan ulushlarning tarkibi hamda YAIMning o'sishiga qo'shgan hissasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
2008-yiJdagi YAIMning tarkibida qo'shilgan ulushi jihatidan xizmat ko'rsatish sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat (17,0%), qishloq xo'jaligi (11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o'rin tutmoqda. Shunga ko'ra, ularning YAIMning o'sishiga qo'shgan hissasi ham tegishli ravishda 2,7; 1,6; 1,5; 1,1; 0,8 foizni tashkil etgan. Shunisi e'tiborliki, yalpi ichki mahsulotning tarkibi faqat uning yirik tarmoq va sohalari o'rtasida emas, balki tarmoq ichida ham o'zgarmoqda. Jumladan, rangli metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari juda tez sur'atlar bilan o'smoqda. Rangli metallurgiya sanoatining 2007-yilda- gi solishtirma salmog'i 2000-yilga nisbatan 1,7 baravar, mashinasozlik tarmog'ining solishtirma salmog'i esa 1,6 baravar oshgan. Shuningdek, yoqilg'i-energetika kompleksi, qora metallurgiya sanoatining ulushi ham oshib bormoqda1.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot majmuasining bun- yod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga sohshning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzihshini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta'minlash odamlar tur- rnush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Shuningdek, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o'zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga ohnadi
.Iqtisodiyot tuzilishidagi o'zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama yo'nahshini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog'liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o'zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi nav- batda eng muhim o'zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, energeti- kani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo'jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Iqtisodiyotning takror islilab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish fondi o'rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o'rtasida mutanosibhkni ta'minlamda muhim rol o'ynaydi. Shu sababh davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko'proq e'tibor berdi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o'tkazish orqah amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berilib, bunda o'z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o'rinli foydalanish ko'zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy- kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xomashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg'or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.
Mamlakatimizda tarkibiy o'zgarishlarni *a iqtisodiyotni diversi- fikatsiya qilish jarayonlarining davom ettirilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o'sishni ta'minlash, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardosh- ligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishning muhim omili hisob- lanib, u 2009-yildagi iqtisodiy dastuming muhim ustuvor yo'nalishi sifatida belgilab berildi.
Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirishda 2009-2014-yillarga mo'ljallangan uzoq muddatli dastur ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib, unda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchh turtki beradigan va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar o'z ifodasini topadi.
Bugungi kunda dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo'lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruksiya qihsh, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha loyihalar esa taxmi- nan 6 milliard dollanii tashkil qiladi. Dastuiga kiritilishi mo'ljallanayotgan bu loyihalar awalambor yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, engil va to'qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan inshootlarni quyidagi mablag'lar hisobidan moliyalashtirish ko'zda tutilmoqda: kom- paniya va korxonalarning o'z mablag'lari — umumiy hisobda 8,2 milliard dollar, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari — 2,5 milliard dollar, xorijiy investitsiya va kreditlar — 13,5 milliard dollar1.
Prezidentimiz ushbu loyihalarning bir qismi bo'yicha 2007-2008- yillarda qurilish ishlari boshlab yuborilganhgini, ba'zilarining qurili- shini esa 2009-yilda boshlash ko'zda tutilayotganligini ta'kidlab o'tdilar. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani te- jaydigan texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo'lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish hisobidan yiliga 10,4 milliard dolJarlik qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish, yillik eksportni 6,5 milliard dollarga ko'paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
2009-yildagi ustuvor vazifalardan biri — xizmat ko'rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta'minlash va hayot darajasini oshi- rishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirishdir. Shu sababh Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlanti- rishni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o'z ichiga oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy kor- xonalarni qo'llab-quwatlash raaqsadida Imtiyozli kredit janig'annasining resurs bazasini ikki barobar oshirish; berilgan imtiyozlarning amal qihsh muddatini uzaytirish, jumladan, aylanma mablagiarni toidirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddatini 12 oydan 18 oyga oshirish; 2009-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lov stavkasini 8 foizdan 7 foizga kamaytirish; moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko'rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarni yagona soliq toiovidan 3 yil muddatga ozod etish; 2009-yilda xo'jalik yurituvchi sub- yektlami tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish kabi chora-tadbirlar ko'zda tutilgan'.
2009-yildagi yana bir eng muhim ustuvor vazifa — bu mamlaka- timizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlan- tirishdan iborat. Chunki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko'p jihatdan xo'jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta'minlanganlik darajasiga bog'liq.
Zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlan- tirishni ta'minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror yuksal- tirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida «2009-yilda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» maxsus dastur qabul qilindi va uning ba- jarilishi keskin nazoratga olindi.
2008-yil davomida 1108,0 mlrd. so'mlik temir yo'l transport xizmatlari, 397,2 mlrd. so'mlik avtomobil yoilari qurish va rekonstruk- siyalash ishlari, 1375,0 mlrd. so'mlik aloqa xizmatlari, 1786,1 mlrd. so'mlik elektr energiyasi ta'minoti xizmatlari ko'rsatildi. Buning natijasida mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji va uzluksizligi ta'minlandi
.Iqtisodiyot real sektorining jadal o'sishi ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlariga boigan ehtiyojni ng to'xtovsiz ravishda o'sishiga olib kelmoqda. Shunga ko'ra, 2009-yilda ushbu tarmoqlar xizmat ko'rsatish hajmini ahamiyatli darajada, jumladan, avtomobil yo'llari qurish va rekonstruksiyalash hajmini 133,8% ga, temir yoi transporti xizmatlari hajmini 125,5% ga, aloqa xizmatlari hajmini 116,l%ga oshirish belgilangan. Shuningdek, temir yoi uchastkalarini elektrlashtirishni 3 baravardan ko'proq, temir yo'llarni modernizatsiyalash va rekon- struksiyalashni 127,3%, temir yo'l razyezdlari va korxonaga kirish yoilari qurishni 125%, ko'priklar qurishni 121,4%, yuqori voltli liniyalar qurishni 184,2% ga o'stirish ko'zda tutilmoqda 1. Bundan ko'rinadiki, O'zbekistonda iqtisodiy muvozanatni ta'minlash hamda iqtisodiyotni mutanosibli rivojlantirishda tarkibiy o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va divertsifikatsiyalash jarayonlaridan samarali foy- daianib kelinmoqda.
Xulosalar
Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o'zaro bog'liqlikda va ta'sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalaming ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchtui ham butun iqtisodiyotning muvozanati to'g'risida gap borganda eng awalo yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o'z ichiga xususiy va umumiy tav-sifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat — bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiybjlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o'zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab va yalpi takhfning teng kelishida ko'rinadi.
Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste'molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati, ya'ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazol*ar)da talab va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bog'liq usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. Shuningdek, iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning balans, xarajat va natijalarni taqqoslash kabi usullari ham qo'llaniladi.
Iqtisodiy mutanosiblik — iqtisodiyotning turli tomonlari va so- halari o'rtasida miqdor va sifat jihatdan ma'lum moslik, mos keluvchi nisbatlar bo'lib, bunda tenglik bo'lishi shart emas.
6. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini uraumlashtirib umumiqti- sodiy tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi mutanosibliklar; hududiy (territorial) mutanosibliklar; dav- latlararo mutanosibliklarga gurulilash mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |