Iqtisodiy muvozanat — iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanat — bu ikkita o'zaro bog'hq boigan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kehshi.
Umumiy muvozanat — iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining, eng awalo yalpi talab va yalpi taklifning bir- biriga teng kelgan holati.
Retsession farq — yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam boigan miqdori.
Inflatsion farq — yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo'lgan miqdori.
Multiplikator samarasi — bu sof milhy mahsulotdagi o'zgarishning yalpi sarflardagi o'zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik — iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o'rtasida miqdor va sifat oichamlarining mos kelishlik darajasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Iqtisodiy muvozanat, xususiy va umumiy muvozanatiarga tavsif bering. Ularga misollar keltiring.
Quyidagi ikki usul, ya'ni: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; b) jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli yor- damida muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tushuntiring.
Multiplikator samarasi nima? Investitsion sarflarning o'zgarishi vamultiplikator miqdori o'rtasidagi bog'liqlik qanday?
Agar jamg'armaga o'rtacha moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng boisa, multiplikator qanday boiadi? Agar tadbirkor investitsiyalari darajasini 8 mln. so'mga ko'paytirsa, iste'molga o'rtacha moyillik esa 4/5 gateng boisa, SMM qanday o'zgaradi?
Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Avtonom va hosilaviy investitsiyalarning farqi nimada? Ularga ta'sir etuvchi omillar ham farqlanadimi
?Milliy iqtisodiyotning muvozanat darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarni ng roli qanday?
Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta'rif bering.
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo'llari qanday?
Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni
qaysi yoilarda amalga oshirish ko'zda tutilgan?
&
19-bob. IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA MAKROIQTISODIY BEQARORLIK
Ushbu bobda dastlab, iqtisodiy sikllarga, ya'ni bozor iqtisodiyoti uchun xos bo'lgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning sabablari, shuningdek, moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritishga alohida o'rin ajra- tiladi.
«Bugungi kunning eng dolzarb muammosi - bu 2008-yilda bosh- langan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo'llaiini izlashdan iborat»!. Shunga ko'ra, bob davomida hozirgi davrda ro'y berayotgan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va ta'sir yo'nalishlariga alohida e'tibor qaratiladi.
19.1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy o'sish, iqtisodiy resurslarning to'la bandligi va narxlaming barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta'sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakati- da ayrim vaqtlarda, ayrim bo'g'inlarda uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko'plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib be- rishga harakat qilib, talabni tig ko'payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o'sishi yoki qisqarisni kabi hodisalarning davriy tavsifiga e'tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro'y berish ketma-ketligidagi ma'lum izchiUik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta'siri nuqtayi nazaridan ahamiyatliligi to'g'risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Bara- novskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.KIark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shum- peter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta'kidlash lozimki, turli darslik va o'quv qo'llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tara- sevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqah keng to'xtalib o'tilgan'. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o'sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyaiari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o'zi esa munozara- li va kam o'rganilgan muammolardan biri ekanligi ta'kidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo'nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko'rsatilgan. sikl- ning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o'zaro ta'sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. sikl fazalarini ajratib ko'rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to'xtab o'tilgan. Shundan so'ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud boigan sikllar to'g'risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba'zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muam- molariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to'xtab o'tilgan1. Ushbu xusu- siyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning faza- lari bayon iga to'xtalib o'tamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir ho- latidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o'tib, o'zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o'tgan davr tushuniladi. Iqti-
sodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to'xtab qolmaydi, balki u to'xtovsiz to'lqinsimon harakat sifatida davom etadi. siklli harakat iqtisodiy o'zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo'hb, milliy xo'jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bos- qichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o'ziga xos xusu- siyatlarga ega bo'ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg'unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko'rsatiladi (19.1-chizma). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o'tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o'ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin turg'unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta'minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo'ladi. Narxlaming pasayishi to'xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg'unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |