Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Real mahsulot o'sishini aniqlab beruvchi omillar



Download 61,19 Mb.
bet203/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Real mahsulot o'sishini aniqlab beruvchi omillar


Amaliy hayotda iqtisodiy o'sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo'ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning iflosla- nishi kabi holatlar natijasida kehb chiqadi. Keyingi yillarda respubli- kamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sogiig'ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o'z navbatida iqtisodiy o'sish sur'atiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki bunday tad- birlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo'lgan mablag'lar boshqa tomonga jalb qilinadi.
Hozirda O'zbekistonda iqtisodiy o'sish omillaridan imkon qadar samarali foydalanishga e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotda ishchi kuchining samarali bandligini ta'minlash bu boradagi muhim yo'nalishlardan hisoblanadi. Har yili iqtisodiyotda yangi ish o'rinlari yaratib borilmoqda. Masalan, 2008-yil mobaynida 661 minggayaqin, jumladan, kichik biznes sohasida — 374 mingta, xizmat ko'rsatish va servis sohasida — qariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa — 97 ming 800 ta yangi ish o'rni yaratildi1. Shuningdek, 2009-yil — «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida qishloq joylarida 65 mingta yangi ish o'rinlari bilan ta'minlovchi mehnat sig'imi yuqori bo'lgan ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish ko'zda tutilgan. Jumladan:

  • chorvachilik, parrandachilik komplekslari va issiqxona xo'jaligi (35 ming ish o'rni);

  • sut va go'shtni qayta ishlash sohasi (8 ming ish o'rni);

  • mebel, poyafzal va tikuv sexlari (9 ming ish o'rni);

  • oziq-ovqat va qandolatchilik sexlari (6 ming ish o'rni);

  • mahalliy xomashyodan qurilish materiallari sexlari (7 ming ish o'rni). Shuningdek, kasanachilik va xalq hunarmandchiligini tashkil qi­lish orqah 70 mingta, har bir qishloq tumanida kamida 50 ta kam ta'minlangan oilalami qoramol bilan ta'minlash evaziga 7 mingta yangi ish o'rinlari yaratish belgilangan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalaridati 202,0 mlrd. so'm ajratilishi na- zarda tutilgan2. Bunday chora-tadbirlar natijasida ishchi kuchi bandligi darajasini oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish mamlakatimiz­da iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlashga zamin yaratadi.

Iqtisodiy o'sish omiharidan texnika taraqqiyotini ta'minlash hamda investitsiyalar hajmini oshirish — mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosat- ning asosiy yo'nalishiga aylangan. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «...jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni mun­tazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o'tkir qilib qo'ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»1.
Umuman olganda, hozirgi global inqiroz sharoitida ishlab chiqa- rishfii modernizatsiyalashga investitsiyalarni ko'proq jalb etish zarurati quyidagilar orqah izohlanadi:

    1. inqiroz vaqtida jahon bozorid^amonaviy asbob-uskuna va jihoz- lar arzonlashadi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, islilab chiqarish­ning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda uning asosida raqobat- bardosh mahsulotlarni yaratish qisqa davrda ushbu sarf-xarajatlarni qop- lash imkonini beradi;

    2. yuqori darajada qo'shilgan qiymatga ega bo'lgan mahsulotlarni eksportga chiqarishning qo'shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;

    3. texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish im- koni paydo boiadi;

    4. investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini rag'batlantiradi;

    5. ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiya- lanadi.

Shunga ko'ra, mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya­lash, texnik va texnologik qayta qurollantirish bo'yicha 2009-2014-yillarga mo'ljallangan muhim loyihalarni amalga oshirish yuzasidan choralar dasturi ishlab chiqildi. Unda umumiy qiymati 42,5 mlrd. AQSH doll, hajmida 852 ta loyiha, shu jumladan 2009-yilda umumiy qiymati 24,4 mlrd. doll, hajmidagi 590 ta loyiliani amalga oshirish ko'zda tutilgan. Ush­bu loyihalarni amalga oshirishning asosiy maqsacllari bo'hb quyida­gilar hisoblanadi:

  • yuqori qo'shilgan qiymatga ega boigan yuqori texnologik mahsu­lotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ulushini oshirish orqali iqtiso­diyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish;

  • resurslar tejamkorligini ta'minlovchi, samarali iqtisodiyotni shakl­lantirish; '' 4

  • iqtisodiyotning ustuvor yetakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirish;mahalliy xomashyo va materiallarni yanada chuqurroq qayta ishlash hamda butlovchi mahsulotlarni yaratishga asoslangan mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish;

  • energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;

  • mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarning tashqi bozorlardagi mav­qeyini mustahkamlash1.

Bundan ko'rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda barqaror va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlashga yo'naltirilgan omillardan foydalanishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
17.3. Iqtisodiy o'sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish sur'atlarini, omillarini o'rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tad- qiqotiari pirovardida turli iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o'z mazmuniga ko'ra bir-birlaridan farqlansada, ular­ning asosida ikkita nazariya — makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o'sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari bizningcha bir tomonlama bo' lgan quyidagi noto'g'ri nazariy shartlarga asoslanadilar:

    1. mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari to­monidan yaratiladi;

    2. ishlab chiqarish omillarining har biri o'zining keyingi qo'shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo'shadi. Shunga ko'ra, bungajavoban barcha keyingi qo'shilgan mah­sulotga teng keluvchi daromad ham oladi;

    3. mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo'lgan re­surslar o'rtasida miqdoriy bog'liqlik mavjud;

    4. ishlab chiqarish omillarining erkin ta^zda amal qilishi hamda ular o'rtasida o'zaro bir-birining o'rnini bosish imkoniyati mavjud.

Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo'nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo'l qo'yadilar:

      1. ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yara­tadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o'zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonlfrnehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o'tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o'sgan (ko'paygan) mahsulotning naflili- gini yaratishda qatnashadilar;

      2. ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o'ynashini, qolganlari esa passiv rol o'ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o'zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o'z joyida ham jismonan, ham qiymati yo'q bo'lib ketishi, ularning qiymati faqat jon­li mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e'tibor bergisi kelmaydi.

Neoklassik model ko'p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modelida islilab chiqarish hajmining o'sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish