Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet204/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Y = AKa if ,
bu yerda:
Y - islilab chiqarish hajmi;
K — kapital sarflari;
L - ishchi kuchi sarflari;
A — mutanosiblik koeffitsiyenti;
a va p - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo'yicha elastiklik koeffitsiyenti.
Elastiklik koeffitsiyenti bir ko'rsatkich miqdorining o'zgarishi nati­jasida boshqa bir ko'rsatkich miqdorining o'zgarishi darajasini ifodalay- di. Shunga ko'ra, a koeffitsiyenti kapital sarflarining l%ga o'sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o'sishini, b koeffitsiyenti esa ishchi kuchi sarflarining l%ga o'sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o'sishini ko'rsatadi. a va p ning yig'indisi ishchi kuchi va kapital sarfla­rining bir vaqtning o'zida l%ga o'sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o'sishini ko'rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o'z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash sanoa- tining 1899-1922-yillar mobaynidagi ish faohyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining ko'rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
7 = 1,01 x A'0'25 xi0,75.
Bu ko'rsatkichlar shuni anglatadiki, o'sha davrda AQSH qayta ishlash sanoatida kapital sarflarining l%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining l%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchaiik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini gol- land iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil — texnika taraqqiyoti ko'rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi quyidagi ko'rinishni oldi:
Y = AKaL['aerl >
bu yerda: ert — vaqt omili.
Ishlab chiqarish funktsiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg'unla- shuvchi sifat o'zgarishlari — ishchi kuchi malakasining o'sishi, inno- vatsiya jarayonlarining laichayishi, ishlab chiqarishni taslikil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma'lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o'sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanat­ning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondashish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim E.Domarning iqtisodiy o'sish modellari e'tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo'lib, ular quyidagilar orqah shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli oiaroq bir omilli model hisoblanadi. Ya'ni bu modellarda milliy daromadning o'sishi faqat kapi­tal jamg'arishning funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi ishchi kuchi bandJigining oshishi, FTT yutuqlaridan foy­dalanish darajasining o'sishi, ishlab chiqarislftii tashkil etishning yax- shilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig'imi ishlab chiqarish omillari narxlari­ning nisbatiga bog'liq bo'lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoit­lari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o'sishi iqtisodiy o'sish va uning sur'atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milhy daromadning o'sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quwatlarini kengaytiradi. O'z navbatida daromadning o'sishi
bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining ko'payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quwatlari daromadning o'sishi orqali to'hq ishga tushirilishi lozim. Shunga ko'ra, Ye. Domarning modelida quyidagi tenglik orqah muvozanatning ta'minlanishi shart qilib qo'yiladi: Pul daromadining qo'shimcha _ Ishlab chiqarish quwatlarining o'sishi (talab) qo'shimcha o'sishi (taklif)
|3u tenglikni fonnula tarzida yozilsa, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
1 , AI
A/x— = Ix(7 yoki = xa, a /
bu yerda:
I — har yillik sof kapital qo'yilmalar; AI - sof kapital qo'yilmalarning qo'shimcha o'sishi; AI/I - sof kapital qo'yilmalarning o'sish sur'ati; 1/a - multiplikator, bu yerda a - jamg'arishga bo'lgan o'rtacha moyillik;
a - kapital samaradorligi.
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to'la bandligini hamda ishlab chiqarish quwatlarining to'hq ishlashini ta'minlovchi sof investitsiya­lar yoki kapital qo'yilmalarning o'sish sur'ati crxa ga teng bo'lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial o'rtacha samaradorhgi 0,3 ga, jamg'arishga bo'lgan o'rtacha moyillik 0,2 ga teng bo'Isa, u holda investitsiyalaming o'sish sur'ati 6% (0,3x0,2)xl00%)ga teng bo'ladi.
R.Xarrodning iqtisodiy o'sish modeli investitsiya va jamg'armalar o'rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya'ni I = S ga asoslanadi. U sta- tik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makro- muvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
bu yerda:
G — milliy daromadning o'sish sur'ati ("Y/Y); S - kapital sig'imi (I/"Y);
S - milliy daromad tarkibidagi jamg'arishning ulushi (S/Y). 2-formula quyidagi ko-'rinishda o'z ifodasini topadi:
GwxCr = S,
bu yerda:
Gw — haqiqiy jamg'arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o'rta­sidagi dinamik muvozanatni ta'minlovchi o'sishning kafolatlangan sur'ati; Cr — kapital koeffitsiyentining talab etilayotgan miqdori.
Neokeynschilarning fikriga ko'ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o'sish sur'atiga avtomatik ravishda erishib bo'lmasligi sa- babli, ular dinamik muvozanatga erisliish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga sohsh zarurligi to'g'risidagi xulosaga keldilar.
Iqtisodiy o'sishning muhim modellaridan biri bo'hb tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchahk u asli Rossiyalik boigan AQSH iqtisodchi olimi V.Leontev tomonidan «xarajatlar natijalar» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (17.3- chizma).
17.3-chizma

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish