Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo'yicha tarkibi (foizda)



Download 61,19 Mb.
bet196/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo'yicha tarkibi (foizda)

Ko'rsatkichlar

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Asosiy kapitalga investitsiyalar, mtn. so'm

744,5

1320,9

1442,4

1867,4

2473,2

3012,9

3838,3

5479,7

8483,7

Jami

100

100

100

100

100

100

100

too

100

Davlat budjeti

29,2

21,5

25,0

17,7

14,9

12,8

10,7

9,0

9,0

Korxonalar mablag'lari

27,1

31,0

40,0

41,8

43,2

48,5

48,3

47,6

44,1

Aholi
mablagiari

12,0

10,3

12,0

11,1

12,4

11,8

11,7

11,3

9,8

Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy
investitsiyalar

19,8

23,2

15,7

19,2

14,5

6,0

4,9

5,0

5,0

To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar

3,4

4,8

4,7

7,1

10,0

13,2

14,1

17,8

20,9

Bankning
markazlashgan
kreditlari

5,2

5,9

0,1

0,0

0,0

Q>0

0,0

0,0

0,0

Tijorat bank- lari kreditlari

1,7

2,2

1,5

1,9

2,3

2,9

3,4

3,1

5,0

Nobudjet
fondlar
mablagiari

1,2

0,5

0,3

0,4

2,4

4,7

6,9

6,1

6,3

Boshqa qarz mablagiari

0,4

0,6

0,7

0,8

0,3

0,2

0,0

0,0

0,0

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:



    1. investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;

    2. foiz stavkasi.

Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan boisagina sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi — real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo'lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona toiashi lozim bo'lgan pul miqdori.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavka- sidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta'sir ko'rsatadi:
1) mashina va uskunalami xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko'rsatish xaraiatlari;



Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xusu­siy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko'ra yalpi va sof inves­titsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.


Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste'mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo'ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyot- dagi kapital hajmiga har qanday sof qo'shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Sof inves­titsiyalar esa joriy yil davomida qo'shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytganda, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof in­vestitsiya asosiy va aylanma kapitalning o'sishini ta'minlaydi.
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o'rtasidagi nisbat iqti­sodiyot rivojlanish holatining ko'rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi chiz- mada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o'zgarishining o'suvchi, turg'un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta'sirini ko'rishimiz mumkin (16.3-chizma).
Chizmadan ko'rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof inves­titsiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo'lishi yil oxirida kapital haj­mining o'sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o'sishiga olib keladi. Turg'un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, ya'ni iste'mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo'hb, yil oxirida kapital miqdori o'zgarmay qoladi.
Yalpi investitsiyalarning iste'mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo'lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va
buioing oqibatida, iqtisodiyot ko'rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
16.3-chizma




a) o'sib boruvchi iqtisodiyot


<
Yalpi investitsiyalar


Yil oxiriga


YAMMning yillik hajmi b) turg'un iqtisodiyot



Yil boshiga


{

Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o'zgarishining iqtisodiyotga ta'siri
Yalpi investitsiyalar


Yil oxiriga

Yil boshiga YAMMning yillik hajmi



d) qfcqarayotgan iqtisodiyot




16.4. Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi nisbatni ta'minlash
muammolari
Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o'sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg'arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holat- laiga bogiiqligi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg'arma o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash bo­rasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng awalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko'rib chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtayi nazaridagi eng markaziy holat — bu ular tomorudanfdiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg'arma­ning -funksiyasi sifatida qarahshi hisoblanadi (16.4-chizma).
16.4-chizma

Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi muvozanatning klassik modeli
r 4 . S=S(r)


Chizmadan ko'rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o'q bo'yicha real foiz stavkasi, yotiq o'q bo'yicha esa jamg'amia va investitsiya hajmi ko'rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o'rtasida teskari funktsional bog'liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'Isa, in­vestitsiya hajmi shu qadar past bo'ladi va aksincha. Jamg'arma esa to'g'ri, o'suvchi fiinksional bog'liqlikka ega, ya'ni foiz stavkasining yuqori bo'lishi jamg'arma darajasining ham yuqori bo'lishiga ohb keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg' arma hajmlari o' rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta'minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r, — past var2~ yuqori bo'lgan holatlar) investitsiya va jamg'arma hajmi o'rtasidagi muvozanat­ning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r, darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga boigan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg'arma uchun rag'bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchiJligi paydo boiadi. r2darajada esa barcha subyektlar uchun jamg'armaning nafliligi oshadi, biroq bun­day foiz darajasida barcha investorlar ham o'z faoliyatining foydalihgini ta'minlay olmaydilar. Natijada jamg'armaning ahamiyatli qismi inves- titsiyalarga aylana olmaydi.


Keynschilaming investitsiya va jamg'arma o'rtasidagi muvozanat modeli o'z tuzihshiga ko'ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta — J.M.Keyns tomonidan jamg'arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: S=S(Y). Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi: I=I(r). Ya'ni, keynscha konsepsiyaning asosida jamg'arish va inves­titsiya darajaJarining boshqa-boshqa omillar ta'sirida o'zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi chizma orqali izohlash mum­kin (16.5-chizma).
16.5-chizma

Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi muvozanatning keynscha modeli





Chizmadan ko'rinadiki, grafik ko'rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o'qda jamg'arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o'qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqti- sodiyotdagi jamg'arma darajasi milhy daromad hajmiga bogiiq holda o'zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta'sir ko'rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog'liq bo'lmagan, ya'ni avtonom holda beriladi.Grafikda investitsiya va jamg'arma egri chiziqlari ye nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to'la bandlik holatiga milliy daromadning F dara- jasida erishiladi, deb tasawur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg'arma muvozanatini (EF nuqta) ta'minlash uchun investitsiya IF darajada bo'lishiga erishish lozim bo'ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko'ra, investitsiya va jamg'arma darajasining muvozanati to'la bandlik bo'lmagan sharoitda ham ta'minlanishi mumkin: grafikdagi milhy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.
Investitsiya va jamg'arma darajalari muvozanatining klassik va keyns­cha modellari o'rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon boiadi: bi- rmchidan, klassik modelda bu muvozanat ro'y berishi uchun iqti­sodiyotning doimiy ravishda to'la bandlik holatida boiishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko'rib chiqilganidek, bu muvozanatga to'la bandlik bo'lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan boiadi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida-taiadlanganidek, klassik modelda jamg'arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko'rinadiki, jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya'ni iqtisodiyotning to'la bandligi mavjud bo'lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko'ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammo- larni ko'rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydala- namiz.
16.5. O'zbekistonda investitsion faoliyatni ta'minlash va uning shart-sharoitlari
O'zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo et- moqda. Iqtisodiyotda yangi tarmoq va sohalarning yo'lga qo'ylishi, mav­jud ishlab chiqarish quwatlarining kengaytirilishi, ish o'rinlarining tashkil etilishi tobora ko'proq mablag' va resurslarni jalb qilishni rag'batlantirmoqda. Jumladan, 2008-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dol- lari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007-yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko'p.bo'lib,-yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi1.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalariiing texnolo­gik jihatdan tarkibiy tuzilishi ham takomillashib bormoqda (16.3-jadval).
16.3-jadval



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish