O'zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar dinamikasi to'g'risida ma'lumot
Yillar
|
Joriy narxlarda, mlrd. so'm.
|
O'tgan yilga nisbatan o'sish (foizda)
|
2000
|
/ 744,5
|
101,0
|
2001
|
// 1320,9
|
104,0
|
|
1442,4
|
103,8
|
2003
|
1899,2
|
104,5
|
2004
|
2473,2
|
105,2
|
2005
|
3012,9
|
107,0
|
2006
|
3838,3
|
109.1
|
2007
|
5479,7
|
122,9
|
2008
|
8483,7
|
128,3
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari
Bu sohada o'tgan davr mobaynida ko'zga tashlanuvchi o'ta muhim jiliat — respublikamizda investitsiya faolligining sezilarh darajada oshgan- ligidir. Ayniqsa, mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish jarayonlariga bozor islohotlarini chu- qurlashtirish, iqtisodiyotni erkiniashtirish va mulk huquqini himoya qi- lishni mustahkamlash chora-tadbirlarining ta'siri ahamiyatli boidi. Ma'lumki, mamlakatimizda 2006-yilda faohyati iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish- ga yo'naltirilgan, 1 milliard AQSH doll, hajmidagi Nizom jamg'armasiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi tashkil etilgan edi. O'zining respublikadagi investitsion jarayonlarni qo'llab- quwatlash faoliyatini amalga oshirish mobaynida mazkur fond 2009-yil boshiga o'z mablag'lari hajmini 3,2 milliard doll.dan ortiq bo'lishiga erishib, yaqin istiqbolda 5 milliard doll.ga yetkazish ko'zda tutilmoqda. O'tgan ikki yil mobaynida o'nlab yirik sanoat va infratuzihna inshootlarini moliya- lashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
Mamlakatimiz bo'yicha hivestitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so'mlik asosiy fondga ega bo'lgan jami 423 ta obyekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, engilvato'qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o'rmon xo'jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farma- tsevtika tarmog'ida 8 ta obyekt ishga tushirildi.
2008-yilda ishga Uishirilgan va hozirgi kunda qurilayotgan yirik ishlab chiqarish inshootlari qatorida Farg'ona vodiysini elektr energiyasi bilan muntazam ta'minlash imkonini beradigan, uzunligi 165 kilometrlik Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi — «0'zbekiston» yuqori kuchla- nishli elektr uzatish liniyasi barpo etilganini alohida ta'kidlash joiz. Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini «So'g'diyona» kuchlantirish stansiyasi bilan bog'laydigan, G'uzor-Surxon yuqori kuchlanishh elektr uzatish li- niyalari va Toshkent shahri elektr ta'minoti obyektlari loyihalarini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 2008-yili 2 ming 600 kilometrdan ortiq ichimlik suvi hamda 825 kilometrdan ziyod tabhy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi1.
Bugungi kunda O'zbekistonda investitsion faoliyatni ta'minlashning zarur shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
mamlakatimizdagi investitsiya muhiti va imkoniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni xalqaro maydonda keng targ'ib etish;
mamlakatimizdagi bozor axboroti xizmatini rivojlantirish, marketing xizmati faoliyatini va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish;
yirik xorijiy banklarning filiallarini, xalqaro kompaniya va korpo- ratsiyalar vakolatxonalarini ochish uchun yetarli sharoitlar yaratish;
infratuzilma sohasidagi (yo'llar, transport, aloqa) qo'shma investitsiyalarni amalga oshirishni faollashtirish;
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorhk strategiyasini, ayniqsa, den- giz yoilariga chiqib olish va shu orqah eksport-import yuk tashuvlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan, o'zaro foydali kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'yish va boshqalar.
Xulosalar
1. Milhy iqtisodiyotda YalMning asosiy qismi yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, uning sotilgandan keyingi puldagi ifodasi milliy daromad iste'mol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi.
Keng ma'noda iste'mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydaianishni bildi- rib, unumli va shaxsiy iste'molga ajraladi.
Jamg'arma — bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to'planib borishi. Uning hajmi uy xo'jaliklari daromadidan iste'mol sarflarini ayirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
Iste'mol va jamg'arma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar o'rtasidagi bog'liqlik iste'mol va jamg'arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtayi na!zarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko'ra, jamg'arma banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'Isa, ularning qiziqishlari shu qadar kuchli bo'ladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilar- ning jbu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog'liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste'molning kelgusidagi iste'moldan afzalligini ta'kidlaydi. U iste'mol sarflari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo'jaliklarining joriy daromadlarini ko'rsatadi.
Iste'molchilarning daromadlari o'sib borgan sari ularning jamg'arishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.
Amalda jamg'arish kapital mablag'lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab tur- ganlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.
Jamg'arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar jamg'arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo'llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir.
Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni ko'paytirishga, ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo'yilmadir. U pul mablag'lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa .qimmatli qog'ozlar ko'rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag'lari ko'rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag'lariga sotib olish mumkin bo'lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi .
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |