95
o`z ichiga oladi. Amalda ziyorat turizmiga dinga, turli xildagi mistikaga va tushuntirib berishni imkoni
yo`q hodisalar va an’analarga bog`liq bo`lgan turistik xizmatlarning barcha turlari kiritiladi.
Ziyorat turizmi ziyorat maqsadlarida qilinadigan sayohatlar tarmog`idan iborat. U faqat sayohat
bo`lib qolmasdan o`z o`rninii izlash, ruhiy xotirjamlikka umid, o`zining iltijo va ibodatlarini bildirish,
e’tiqod manbaiga daxl qilish usuli, o`zining e’tiqodi va borlig`i mazmunini anglab yetish imkoniyati
hamdir. Ziyorat turizmi xudojuy odamlarning diniy ehtiyojlariga asoslangan turizm bo`lib,
dindorlarning muqaddas joylarga sig`inish va diniy obyektlarni ziyorat qilish uchun sayohatidir.
Ziyorat turizmning o`rni bir qator holatlarga bog`liq bo`lib, ular tarixga va tabiatga, shuningdek inson
omiliga bog`liq bo`lgan holda tasniflanishi mumkin. Jumladan diniy qadamjolarning, diniy madaniyat
yodgorliklarining va muqaddas tabiatning mavjudligiga, aholining diniy - ma’naviy ahvoliga bog`liq.
Ziyorat turizmning ikki turi – asl ziyorat turi va ekskursiya-bilish turi farqlanadi.
Ziyorat
muqaddas hisoblanadigan qadamjolarga sig`inish maqsadida qilinadigan sayyohatdir. Ikkinchi
maqsad – davolanish. Ammo kishilarning (nimadan ishonchdanmi yoki Yerdan tashqi kuchlarning
ta‘siri tufaylimi) shifo topishi to`g`risida biror narsa deyish juda qiyin. Ammo chuloqlarning yurib
ketishi, ko`zi ojizlar ko`zining ko`rishi, og`ir kasalliklardan foriq bo`lganliklarini inkor qilib
bo`lmaydigan faktlardir.
Ichki va tashqi ziyorat (muqaddas joylarni ziyorat qilish) va bilib
olish turuzmini rivojlantirish,
aloqalarni mustahkamlash, salomatlikni va kishilarning ma’naviy hayotini yaxshilash, vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash ziyorat turizmining vazifalaridir. Bu hodisani turistik tarmoqning tizim hosil
qiluvchi qismi deb hisoblansa, uning yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasi
va mamlakat xalqlarini
jipslashtirsh bilan bog`liq bo`lgan muhim tarkibiy qismi ekanligiga e’tibor bermaslik mumkin emas.
Ziyorat turizmining region uchun asosiy sotsial-iqtisodiy afzalligi to`g`ridan - to`g`ri foyda
olish emas, balki hududda yashaydigan aholi uchun sakral dasturlarning sotsial - psixologik va
pedagogik sinergiyasidadir. Bu yerda fuqoraviy mas’uliyatni oshirishda, madaniyat va ma’naviyatni
shakllantirish, yosh avlodga yo`naltirilgan tarbiyaviy ish to`g`risida bormoqda. Ziyorat turizmining
asosiy maqsadi muqaddas joylarning tarixi, tarixiy voqealar yoki mashhur tarixiy va afsonaviy
shaxslar, aziz-avliyolarning nomi bilan bog`liq joylarni borib ko`rish
va aziz-avliyolarning hayoti,
me‘morchilik yodgorliklari, diniy obidalar san‘ati bilan tanishishdan iborat. Ayrim hollarda tabiiy
obyektlar (suv havzalari, g`orlar, tog`lar, daraxtzorlar va b.) ham ziyorat
turizmining obyektlari
bo`lishi mumkin.
Ziyorat an’analarining rivojlanishi barcha asosiy dinlar uchun xos. Ziyorat turizmi dasturini
ishlab chiqishda yil vaqtlari (ommaviy hordiq davriga, diniy bayramlarga va b), ishtirokchilarning
soni va tarkibi (individual, oilaviy va guruhiy), borib ko`riladigan obyektlar (arxitektura
- kult
inshootlari), shuningdek tabiat obyektlari bo`yicha va geografik belgiga (mahalliy, regional,
rayonlararo, millat, internatsional) hamda davomiyligiga ko`ra (uzoq va qisqa muddatli)
ko`rsatkichlar hisobga olinadi.
Islomda Makka va Madina shaharlari ziyorat turizmining (haj) bosh shaharlaridir. Bundan
tashqari Quddus (Moria tog`idagi Xalifa Umar maschiti), Istambul (Moviy machit), Damashq
(Ummaviylar machiti), Bag`dod (Oltin maschit), Qohira (Ibn Tulun va sulton Hasan maschiti) va
Dehli (Qutb Minor minorasi va Quvvat ul Islom maschiti) ham musulmonlarning muhim muqaddas
ziyoratgohlaridir.
Fusunkorligi hamda salobati bilan millionlab kishilarni lol qoldirayotgan tarixiy obidalarimiz
xorijiy sayohatchilarni yurtimiz sari chorlamoqda. Ajdodlarimiz bunyod etgan 36
mingdan ortiq
tarixiy obidadan bugungi kungacha 7 mingtasigina saqlangan. Yurtimizda yuzlab tarixiy - madaniy
obidalar ziyoratgohlar sifatida saqlanib kelinayotir. Bu ziyoratgohlar bugun nafaqat yurtimiz, balki
butun dunyo musulmonlarining muqaddas qadamjolari hisoblanadi.