2. Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari
Tuproq qoplamining tuzilishi va tarqalishida bioiqlimiy qonuniyat muhim ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining paydo bо‘lishi va tuzilishi qonuniyati global iqlimga bog‘liq tarzda avvalo gorizontal va vertikal zonallik va fatsiyallik (provinsiyalik)ka bо‘linadi.
Gorizontal (kenglik) qonuniyatini birinchi bо‘lib V.V.Dokuchayev yaratgan (1899), uni о‘zining ,,Tabiat zonalari tо‘g‘risidagi ta’limotga” asarida tо‘liq asoslagan. V.V.Dokuchayev shunday yozgan: ,,... tuproq hosil qiluvchi barcha muhim omillar yer yuzasida mintaqa va zonalar kо‘rinishida taqsimlanadi, qaysiki ozmi-kо‘pmi kengliklarga parallel tarzda, shuningdek tuproqlar – qora, podzol tuproqlarimiz va h.k. – iqlim, о‘simlik va h.k. larga chambarchas bog‘liq holda yer yuzasida zonal joylashgan bо‘lishi darkor”.
Ushbu qonun V.V.Dokuchayev tomonidan 1899 yilda tuzilgan ,,Shimoliy yarim sharning tuproq zonalari sxemasi” xaritasida ifodasini topadi. Unda dunyoning beshta tuproq zonalari ajratilgan: boreal (arktika), о‘rmon, qora tuproqli dasht, aeral (chо‘l) va laterit (qizil-sariq tuproqlar). Bu, ya’ni kenglik bо‘yicha tuproq-iqlimiy ajratish asosan iqlimning issiqlik xususiyatlariga asoslangan.
I.P.Gerasimov kenglik bо‘yicha zonallik qonuniyatini takomillashtirib, kenglik zonalari ichida, ayniqsa quruqlik ichidagi tekisliklarda ,,kenglik – zonal spektr (fatsiya)”ni ajratgan. Bu Yevrosiyoning markaziy qismi (Rus tekisligi, G‘arbiy Sibir, Qozog‘iston va О‘rta Osiyo)da yaqqol namoyon bо‘ladi. Masalan, subboreal mintaqada quyidagi tuproq – geografik zonalar ajratiladi:
о‘rmon dasht – sur о‘rmon, podzollashgan, tipik qora tuproqlar va b.;
dasht – oddiy va janubiy qora tuproqlar;
quruq dasht – tо‘q kashtan va kashtan tuproqlar;
chala chо‘l – och kashtan va qо‘ng‘ir chala chо‘l tuproqlari;
chо‘l – sur – qо‘ng‘ir chо‘l va taqirsimon tuproqlar.
Zonallik qonuniyati bilan bog‘liq tarzda tuproqlarning hosil bо‘lishi va geografiyasida yana boshqa qonuniyatlarni uchratish ham mumkin, ularning ayrimlari quyidagilar:
1. Qutbiy kengliklardan ekvator tomon borgan sari tuproqlarning xilma – xilligi, ularning xossalari va tashqi kо‘rinishi ham о‘zgaradi.
2. Janubiy kengliklarda shimolga nisbatan tog‘lardagi tuproq qoplamining tarkibi va tuzilmalari vertikal zonallik (mintaqa) bо‘yicha murakkablashadi.
3. Janubiy yо‘nalishda tuproqlarning mahsuldorligi, gumid va semigumid landshaftlarning tuproq – о‘simlik tizimida elementlarning aylanma harakatining xilma – xilligi va qamrovi ortadi.
Dokuchayevning zonallik qonuniyati nafaqat tuproqlar geografiyasiga tegishli, balki u umumgeografik qonuniyatdir. Keng ma’noda uning mohiyati shundaki, qutblardan ekvatorga tomon Yer yuzasiga quyosh energiyasi tushishining orta borishi bilan, ayniqsa biogen jarayonlarning energiya va xarakteri ham о‘zgaradi.
Ba’zan ayrim sabablarga kо‘ra tuproqlar zonallik qonuniyatlariga bо‘ysinmasligi ham mumkin, bunda tuproqlar dog‘simon va alohida orollar tarzda intrazonal о‘rin egallaydi. О‘rmon va о‘rmon dashtlardagi botqoq tuproqlar, tundradagi botqoq tuproqlar, chо‘l zonasidagi shо‘rxoklar va taqirlar intrazonal tuproqlarga, tundra va chо‘l zonasidagi qayir tuproqlari esa azonal tuproqlarga misol bо‘ladi.
Tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishining litologik – geomorfologik hamda tarixiy – geologik qonuniyatlari tufayli, ya’ni hududlarning litologik – geomorfologik va uning tarixiy rivojlanishiga bog‘liq tarzda biokimyoviy omillar butunlay о‘zgaradi. Yer yuzasidagi relyefning ijobiy va salbiy elementlari, denudatsiya va akkumulyatsiya jarayonla
ri, moddalarning geokimyoviy oqimlari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq. Bu о‘z о‘rnida geokimyoviy jarayonlarning makonda differensiatsiyalanishiga, qо‘yingchi tuproq hosil bо‘lishiga undaydi.
Tuproqlar geografiyasida tuproq – geokimyoviy va tarixiy – geologik yо‘nalish V.A.Kovdaning tadqiqotlarida rivojlantirilgan. U tuproq hosil bо‘lishining bir qancha evolyusion bosqichlarini ajratgan:
1. Gidroakkumulyativ (subakval, suv osti, amfibial), ya’ni moddalarning ijobiy mutanosibligi bosqichi.
2. Gidrobioakkumulyativ (gidromorf, kopillyar – gidromorf, superakval), ya’ni mexanik akkumulyatsiyasiz, biroq moddalarning geokimyoviy va biologik akkumulyatsiyasi mavjud bosqich.
3. Mezogidromorf (poligidromorf), ya’ni grunt suvlaridan kuchsiz yoki ma’lum davrlarda moddalarning geokimyoviy oqimi va ularning biogen akkumulyatsiyasi bosqichi.
4. Moddalarning biogen akkumulyatsiyasi va suv tartibi bilan yuvilgan qadimgi gidromorf reliktli paleogidromorf bosqich.
5. Moddalar muvozanatining hozirgi eol turlariga ega bо‘lgan qadimgi gidromorfizm kam iz qoldirgan proterogidromorf bosqich.
6. О‘z kesmasida qadimgi gidromorfizmning hech qanday belgilarini qoldirmagan avtomorf (bioakkumulyativ) bosqich.
7. Moddalarning kо‘pgina qismi mexanik tarzda chiqarib tashlangan tog‘ – eroziya bosqichi.
Albatta, bular qadimgi suv bosgan tekisliklardagi tuproq evolyusiyasining umumiy kо‘rinishi xolos, biroq ular geografik jihatdan juda keng tarqalgan.
Mezorelyef va mikrorelyeflar elementlari bо‘yicha tuproqlarning tarqalish qonuniyatlarini S.A.Zaxarov (1927) tuproq qatorlarining topografik analoglari deb ataydi. Uning mohiyati shundaki, har bir tuproq zonasida tuproq qoplami tarkibi har xil, biroq relyef elementlari bо‘yicha tuproqlarning tarqalishi analogik xarakterga ega: relyefning yuqori elementlarida genetik mustaqil (avtonom) tuproqlar tarqalgan bо‘lib, boshqa hudud (qism)laridan farqlanadi, qaysiki boshqa, ya’ni relyefning salbiy elementlarida genetik qaram (bо‘ysinuvchi) tuproqlar odatda kо‘pchilikni tashkil etadi.
Xulosa shundan iboratki, tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishi joyning litologik – geomorfologik tuzilishi hamda tarixiy – geologik rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir, bu tuproqlar geografiyasida muhim ahamiyatga molik qonuniyat sifatida e’tirofga loyiqdir.
Tog‘li hududlarda tuproq zonalligining balandlik (vertikal) qonuniyati о‘z aksini topadi. Tog‘larda tuproqlarning asosiy turlari uning pastki qismidan yuqorisiga tomon iqlim, о‘simlik va boshqa tuproq hosil qiluvchi sharoitlarning о‘zgarishiga mos tarzda balandlik mintaqalari kо‘rinishida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |