Sattorov dilshod


Maktabgacha ta’lim muasassasida



Download 121,34 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi121,34 Kb.
#256592
1   2
Bog'liq
amaliy

Maktabgacha ta’lim muasassasida:

Katta tarbiyachi yirik (8-12 guruhli) bolalar bog’chalarida bolalarning jismoniy tarbiyasi bo`yicha tarbiyachilarning ishiga bevosita metodik rahbarlikni katta tarbiyachilar amalga oshiradi. Tarbiyachilarni malakasini oshirish va ularning ishini nazorat qilishda ko`rsatib o`tilgan tadbirlardan tashqari, u metodika kabinetini zarur adabiyot va hujjatlar; yosh guruhlari bo`yicha jismoniy mashqlarni taqsimlash jadvallari; yillik reja-grafiklar, haftalik rejalar, turli yosh guruhlari bolalari uchun jismoniy tarbiya bo`yicha ishning har xil shakllarining reja-konspektlari; bolalarning jismoniy tayyorgarligini hisobga oladigan jurnallar; jismoniy mashqlar texnikasi va ularni o`tkazish metodikasini rasmlar, suratlar orqali tasvirlaydigan albomlar; ota-onalar uchun materiallar; adabiyot ro`yxati, bolalar kiyimlarining chizmalari, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni o`zgartirib yozib borishga moslashtirilgan ko`chma burchaklar bilan boyitishga katta e’tibor beradi.

U guruh tarbiyachilarning ishini o`rganadi, rejalashtirish va hisobga olishga doir hujjatlarni tahlil qiladi, shuningdek jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, ertalabki gimnastika foydalaniladigan ish shakllarini kuzatib boradi. Kuzatish jarayonida u tarbiyachilarning tushuntirishlari, ko`rsatmalari, komandalari, buyruqlarini yozib boradi, ular o`tkazgan jismoniy mashqlarning sifatini belgilaydi, dozasini yozib boradi va xronometraj yuritadi. Bundan tashqari, u harakatni bolalar tomonidan sifatli bajarilishi, ularning o`zini his qilishi va xulqini ko`rsatib o`tadi. Bu ma’lumotlardan mashg’ulotlarni tahlil qilish va baholash, shuningdek, aniq tavsiyalarni tuzishda ham foydalaniladi.

Katta tarbiyachi ishdagi ijobiy tajribani o’rganish va uni yoyish ishiga katta e’tibor beradi; ochiq mashg’ulotlar o`tkazish va ularni muhokama qilishni tashkil etadi, tarbiyachilarga o`z ish tajribasini umumlashtirish. Pedagogik o`qishlarga nutqlar tayyorlab, so`zga chiqishga tayyorlanishda yordam beradi.

Katta tarbiyachi muntazam ravishda yangi adabiyotlardan xabardor bo`lib turadi, tuman, shahar metod kabinetlarida, ilmiy muassasalarda o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi.

Katta tarbiyachi o`zi jismoniy mashqlar bilan doimiy shug’ullanishi, bolalar bog’chasi xodimlariga namuna bo`lishi va zarur bo`lib qolganda ularga yordam berishga tayyor turishi muhimdir.

Tarbiyachi. Bolalar bilan jismoniy tarbiya ishini bevosita tarbiyachi olib boradi. U nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lishi, o`z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi lozim. Bolalar bog’chasi oldida turgan jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiyachi dastur mazmuni va talablarini o`rganishi shart, bolalar bilan ishlashning barcha shakllari; jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar va boshqalarni savodli o`tkaza bilishi, shuningdek, ishni rejalashtirish va hisobga olish bo`yicha hujjatlarni to`g’ri rasmiylashtira olishi zarur.

Jismoniy mashqlarni o`tkazishda tarbiyachi quyidagilarni harakatlarni to`g’ri va aniq tushuntirish va ko`rsatishni, komanda va farmoyish berishni; ta’limning xilma-xil usullaridan foydalanishni, xatolarning oldini olish va tuzatishni; bolalarga yordam berish va xavfsizlikni ta’minlashni; talabchanlikni bolalarga e’tiborli bo`lishni va g’amxo`rlik ko`rsatishni, pedagogik odobga rioya qilishni bilishi; bolalarning o`zini his qilish (bolaning rangiga, terlashi, nafas olishiga qarab) ni, ularning diqqati (barqarorligi, tarqoqligini, mashg’ulotlarga qiziqish (qiziqishning kamayishi, bir joyda o`tira olmasligi, ortiqcha harakatchanligini) ni; faolligi (faolligini pasayishi, ish-harakatlaridagi passivlik, jismoniy mashqlar bajarishdan bosh tortishi) ni, shuningdek, jismoniy tarbiya mashqlarining bajarilish sifati (uyg’unlik, ritmning buzilishini, harakatlar tezligi va aniqligining pasayishi, qaddi qomati buzilishi va boshqalar) ni kuzatish lozim.

Tarbiyachi bolalarning sog’lig’i va jismoniy rivojlanishidagi o`zgarishlarni payqay bilishi, harakat malakalari va jismoniy sifatlarining rivojlanish darajasini hisobga ola bilishi, shuningdek, bolaning oiladagi yashash sharoitlarini o`rganishi va ulardan jismoniy tarbiyaga doir amaliy ishda foydalana bilishi zarur.

Tarbiyachi bino va uchastkada gigiyenik sharoitlarga rioya qilinishini, jismoniy tarbiya jihozlari, inventarlari, atributlar, o`yinchoqlarining tozaligi va yaxshi saqlanishini kuzatib turishga; ota-onalar va bolalar bilan birgalikda qor uyumlari, tepaliklari, inshootlari (poroxod, ayiq…) vujudga keltirishga, muzli y`llar, sirpanchiqlar yasash, sakrash uchun qumli chuqur, yugurish uchun yo`lkalar va boshqalarni tayyorlashga da’vat etilgandir. Tarbiyachi ota-onalar uchun suhbatlar, maslahatlar, majlislar, ochiq kunlar, mashg’ulotlar tashkil etadi va o`tkazadi, bog’chada ularning navbatchiligini uyushtiradi. Jismoniy tarbiyani to`g’ri tashkil etishda ota-onalarga ko`rsatmali agitatsiya va yordam berish maqsadida tarbiyachi ko`rgazma-burchaklar, stendlar, o`z guruhi bolalarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi ma’lumotlari yozilgan ko`chma burchaklar, shirmalar tayyorlaydi.

Bolalarga namuna bo`lish va jismoniy mashqlarni to`g’ri ko`rsatish maqsadida tarbiyachi o`zining jismoniy tayyorgarlik darajasini muntazam ravishda umumiy va mustaqil jismoniy tarbiya guruhlarida, sport seksiyalarida oshira borishi, musobaqa va boshqalarda ishtirok etishi lozim.

Enaga jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirishda tarbiyachiga yordam beradi. U guruh xonasi, jismoniy tarbiya zalining ozodaligi va havosining tozalanib turishiga qarab turadi. Kichik yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sayr oldidan kiyinishda yordam beradi. Bundan tashqari, u ovqatlanish, uxlashni tashkil etishda qatnashadi, shuningdek bolalarda shaxsiy va ijtimoiy gigiyena malakalarini mustahkamlashga ko`maklashadi, jismoniy tarbiya inventarlari (to`pni yuvish va boshqalar...) ni toza tutishda ishtirok etadi.

Musiqa rahbari – u tarbiyachi bilan hamkorlikda ishlaydi. Ular jismoniy va musiqa tarbiyasining rejalarini kelishib oladilar, ertalabki gimnastika majmuasini, jismoniy mashqlar bilan o`tkaziladigan bo`sh vaqt va bayramlarning mazmunini, o`tkazish metodikasini muhokama qilib oladilar. Musiqa rahbari ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida kuy jo`rligini amalga oshiradi, tarbiyachiga harakatli o`yinlar o`tkazish uchun kuylar, qo`shiqlar tanlashga oid maslahat beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan Ular «Bolajon» tayanch dasturida ko’rsatib berilgan.

Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi.

Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.

jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig’indisidan iborat bo’lgan qismi;

jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;

Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat

ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.

Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub. Jismoniy harakat ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini ko’zda tutadi.

Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakillanishi- tashqi ko’rinishi va harakat faoliyatining o’zgarishi jarayonidir.

Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.

Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillardir.

Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste’dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun Jismoniy tarbiya nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.

Jismoniy ta’lim

Jismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.

«Jismoniy kamolot» - bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat qilishga tayyor bo’lib turishini tarixiy vujudga kelgan darajasi bo’lib, ishlab chiqarish harbiy turmush sharoitiga eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini va hayotiy muhim funktsiyalarning normal o’sishini ta’minlaydi.

«Jismoniy kamolot» - to’liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt faol hayotiy va boshqa bir qancha ko’rsatkichlar - har qanday tashqi muxit sharoitida jismoniy va aqliy ish qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada jismoniy va irodaviy sifatlarni, katta masshtabdagi harakat ko’nikmalarini va tana shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir.

Jismoniy tayyorgarlik - sog’liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o’z ichiga oldi. Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullangan va shug’ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shugullangan o’kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo’ladi.

Kam faol bolalarga alohida e'tibor qaratish, ularni rag'batlantirish kerak motor faoliyati, Ularga qiziqarli mashqlarni taklif eting, ko'pincha tengdoshlarning qiziqarli o'yinlariga, har bir bolaga undan qobiliyatlarini ko'rsatishiga yordam berish uchun bir so'z bilan o'z ichiga oladi.



Boshqa bir yondashuv bolalarga o'zlarini talab qiladi, ularning faoliyati kasalliklarga duchor bo'lganidan keyin cheklangan. Ular chiqarib tashlanmaydi quvnoq o'yinlar, Har xil harakatlanishni taqiqlash uchun, ular faol faoliyatiga bo'lgan ehtiyojini pasaytirishga olib keladi. Shifokorga mos keladi va arzon ishtirok etish shaklini toping. Asta-sekin sabab bo'lmagan harakatlarga asta-sekin qo'shing katta yuk: Piyoda, qadam tashlang, to'pni va boshqa narsalarni uzating.

Maktabgacha tarbiyachi uchun mavjud bo'lgan turli xil harakatlar va ularning parametrlari motorli fazilatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi - tezlik, dexutsion, chidamlilik, chidamlilik, moslashuvchanlik. Yugurish, sakrash, otish, toqqa chiqish, ishonchli va tez o'zgaruvchan muhitda qat'iy va to'g'ri harakat qilish qobiliyati - bularning barchasi o'yinda bolalar uchun zarurdir hayotiy vaziyatlar, Sport harakatlarida muvaffaqiyat, harakatlanuvchi o'yinlar bolani o'z motorlari qobiliyatlarini to'liq namoyish etishga imkon beradi.
Download 121,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish