SATTOROV DILSHOD
Mavzu: Bolaning yoshiga mos holda jismoniy mashqlar tanlash.
REJA:
1.Maktabda bolalar jismoniy tarbiyasi.
2.Bolalarning yoshiga mos jismoniy mashqlarni tanlash.
3.Maktabgacha ta’lim muasassasida jismoniy tarbiya.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasi barcha xodimlar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Barcha xodimlar, mudiradan tortib, to texnik xodimgacha hammasi har bir bolaning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash hamda jismoniy tarbiyaning boshqa vazifalarini hal qilishga da’vat etilgandir.
O’qtuvchi jismoniy tarbiyaga doir barcha ishlarni tashkil etish uchun javobgardir. U umumiy ish reja tuzadi, zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi, jismoniy tarbiya vazifalarini hal qilishda bolalar bog’chasi xodimlarining faoliyati ustidan rahbarlik va nazorat o`rnatadi.
Umumiy ish rejasi barcha jamoa ishtirokida tuziladi. «Jismoniy tarbiya» bo`limida kirib kelayotgan yilning asosiy vazifalari qayd qilinadi, o`tkazilishi lozim bo`lgan tadbirlar ko`rsatiladi, ularni o`tkazish uchun zarur bo`lgan tayyorgarlik nazarda tutiladi. Masalan, bolalarni konkida uchish, basketbol, tennis, kurash tushishga o`rgatish kabi vazifalar qo`yiladi. Shunga muvofiq: konki, kerakli kiyimlarni olish, tarbiyachilar (adabiyotlarni o`rgatish, o`rgatish metodikasini ishlab chiqish) ni, bolalar (ularda zarur jismoniy sifatlar va boshqalarni rivojlantirish) ni, ota-onalar bilan ishlash (oyoq kiyimi, kostyumlar, jihozlar) ni tayyorlash belgilab olinadi.
Jismoniy rivojlanish bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo’llanilganda, u antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, qaddiqomatining holati) va boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko’z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Jismoniy tayyorligi bu harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichidir.
Rejada bolalar poliklinikasining davolash jismoniy tarbiya kabinetlari bilan aloqalar aks ettiriladi.
Rejada ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarni yozish va bu aloqalarning shakllari sanab o`tilishi lozim. Shuningdek jismoniy tarbiyani ommalashtirish maqsadida o`tkaziladigan tadbirlar, jismoniy tarbiya bayramlarini o`tkazish belgilanadi. Rejada tadbirlar uchun ma’sul shaxslar va ularni o`tkazish muddatlari ko`rsatiladi. Umumiy reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
O’qtuvchi jismoniy tarbiya zali, maydonchalar, guruh xonalari va maydonchalarni jihozlashni ta’minlashga majburdir: jismoniy tarbiya jihozlari, atributlar, o`yinchoqlar olishi; bino va maydonchalarda sanitariya-gigiyena holatiga rioya qilinishini kuzatish; metodika kabineti uchun adabiyot va materiallarni tanlash haqida g’amxo`rlik qilishi lozim.
O’qtuvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki gimnastika, sayrlarni harakatli o`yinlarni o`tkazilishini kuzatadi va tahlil qiladi. Tarbiyachilarga kerakli maslahatlarni beradi.
Pedagogik jamoaning malakasini oshirish uchun mudira ochiq mashg’ulotlar konsultatsiyalar tashkil etadi. Ilg’or ish tajribasini umumlashtirishga yordam beradi.
O’qtuvchi yosh mutaxassislarga alohida e’tibor berishi; kun sayin mahoratni egallab borishlariga, har bir ish kuniga puxta tayyorlanishlariga, usul va metodlardan samarali foydalanish yo`llarini ko`rsatadi. Jismoniy mashqlar va boshqa tadbirlarni o`tkazishga ota-onalarni faol jalb qila bilishlariga yordam berib boradi.
Jismoniy tarbiya bo`yicha nazariy va amaliy jihatdan tegishli darajada tayyorgarlik bolalar bog’chasi xodimlariga o`z vazifalarini yanada malakali bajarish va bolalar uchun namuna bo`lishlarida yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |