Sana “ ” 201 yil



Download 388,77 Kb.
bet50/141
Sana31.12.2021
Hajmi388,77 Kb.
#253668
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141
Bog'liq
10 sinf ozbekiston tarixi konspekt

Yangi dars bayoni:

O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va ahol isi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan

O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxon daryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekist on SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi.

1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvo⊮q O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi.O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi. O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6 – 12 fevralda eski Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdi

Syezdda O‘zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul sekretarlari qilib Vladimir Ivanov va Akmal Ikromov saylandi. O‘zbekiston Kompartiyasi aslida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning

O‘zbekiston SSRdagi ⊮liali hisoblangan. Sovet hokimiyati yillarida respublika siyosiy hayotida O‘zbekiston Kommunistik partiyasi yetakchi rol o‘ynagan. O‘zbek xalqi tarixida XX asrda yuz bergan ko‘plab fojiali voqealar kommunistik partiya faoliyati bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston partiya tashkiloti respublika va o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olmasdan Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajarib keldi.O‘zbekiston SSR – Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy ittifoqdosh respublika. O‘zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezdida 1925-yil 13-may kuni SSSR tarkibiga qabul qilindi. SSSR 1922-yil 30-dekabrda 4 ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR – Kavkazorti) asosida tashkil topgan edi. 1927-yil 30-martda O‘zSSR Sovetlarining II syezdida O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.O‘zbekiston SSR tashkil qilinganidan so‘ng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.Butun Ittifoqda bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti kasaba uyushmalari (profsoyuzlar) ham partiya komitetlariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qoldi. 1925-yil 21-martda bo‘lgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari I ta’sis syezdida unga asos solindi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika soveti (Uzsovprof) Butunittifoq Kasaba uyushmalari Markaziy Soveti (VSSPS) rahbarligida ish olib borgan.Sovet hokimiyati yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam e’tibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM)ning O‘zbekistondagi organi – O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (O‘zLKSM) shug‘ullangan.


Download 388,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish