Yangi dars bayoni:
Dunyoning yirik siyosiy-geogra$ k mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi – Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lo-
tin tili negizida vujudga kelgan ispan va portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi. Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan janubdagi qismi va Karib dengizidagi orol larda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) mintaqasini tashkil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerika ning Meksikadan boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqli-
gi sababli, Karib havzasi davlatlari deb ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida, Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi.
Lotin Amerikasi davlatlarida, 2017-yil holatiga, jami 650 millionga yaqin aholi yashaydi, va bu Yer shari aholisining 8,5 foizini tashkil qilmoqda. O‘tgan asrda Lotin Amerikasida aholining tabiiy ko‘pa yishi “demogra$ k portlash” bosqichini kechirib, mintaqa aholisi va u ning jahon aholisi tarkibidagi ulushi yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa, Lotin Amerikasi mamlakatlari tug‘ilish darajasi asta-sekin pasayishi bilan tavsifl anadigan demogra$ k o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda. Kuba, Urugvay va Argentina esa demogra$ k o‘tish jarayonini yakunlab, aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan ajralib turibdi.Aholi soni jihatidan mintaqada Braziliya (206 mln, 2016-y., jahon bo‘yicha 5-o‘rin) va Meksika (121 mln, 2015-y., jahon bo‘yicha 11-o‘rin) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya, Argentina, Venesuela va Peru kabi mamlakatlarning aholisi soni 20–50 mln kishi oralig‘ida. Shu vaqtning o‘zida, Vest-Indiyadagi ayrim “mitti” orol davlatlarida aholi soni 0,5 mln kishiga ham yetmaydi. Lotin Amerikasi aksariyat davlatlari yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar guruhiga mansub. Xususan, shaharlashuv ko‘rsatkichi Argentina, Venesuela va Urugvayda 90 foizdan, Braziliya va Chili-
da 80 foizdan oshadi. Lotin Amerikasining Mexiko, San-Paulu, Riode-Janeyro, Lima, Buenos-Ayres, Santa-fe-de-Bogota singari eng yirik shaharlari negizida jahon miqyosida eng yiriklari qatorida joy olgan shahar aglomeratsiyalari vujudga keldi. Lekin bu “gigant” shaharlar-
da millionlab odamlar qishloq joylardan kelib, juda katta maydonlarni egallagan xarob massivlarda turmush kechirmoqda. Masalan, Braziliyaning Rio-de-Janeyro va San-Paulu shaharlaridagi Favela deb ataladigan bunday kvartallar odatda “soxta” urbanizatsiyaning tipik misollari tariqasida keltiriladi. Bunday, shartli ravishdagi shahar joylarida ijtimoiy va ekologik muhit muammoli bo‘lishi tabiiy hol.Lotin Amerikasi aholisining hozirgi irqiy tarkibi xilma-xil bo‘lib, asosan, Yevropa mustamlakachiligi davrida shakllanganKofe eksporti bo‘yicha jahonda Braziliya yetakchilik qiladi. Braziliya yassitog‘ligining janubi-sharqiy yonbag‘irlarida kofe plantatsiyalari katta maydon egallaydi (16-rasm). Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengiziga ro‘pa-
ra bo‘lib turgan Meksika, Markaziy Amerika davlatlari va Kolumbiyaning tog‘ oldi (500–1500 m) hududlarida ham kofe yetishtirishga ixtisoslashgan yirik qishloq xo‘jalik rayonlari shakllangan. Bu yerda yetishtiriladigan “arabika” navli kofe jahon bo‘yicha eng sifatli va qimmatbaho hisoblanadi. Banan Lotin Amerikasiga Osiyodan olib kelinib, o‘tgan asrning
boshida Markaziy Amerika davlatlarida eng asosiy qishloq xo‘jalik e kiniga aylandi. Hozirgi kunda Braziliya, Ekvador, Kosta-Rika, Meksika, Kolumbiya eng ko‘p banan yetishtiradi, bananlarni eksport qilishda esa Ekvador va Kosta-Rika peshqadamlik qiladilar. Banan plantatsiyalari ko‘proq Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan. Soya yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha Lotin Amerikasi davlatlari ichida Braziliya, Paragvay va Argentina, kakao Braziliya, Ekvador va Dominikana Respublikasida, paxta esa Braziliya, Paragvay, Meksika va Argentina tomonidan ko‘p eksport qilinadi.Lotin Amerikasining yana bir yirik qishloq xo‘jalik rayoni – Argentinadagi Pampa deb ataladigan dasht yerlaridir. Argentina Pampasi uchun tekis relyef, issiq va nam subtropik iqlim, serhosil qora tuproq xosligi bois, bu hudud donchilik va go‘sht chorvachiligi uchun juda qulay sharoitga ega. Shu rayondagi fermer xo‘jaliklarining hisobiga Argentina bug‘doy, makkajo‘xori va go‘shtning jahon bo‘yicha yetakchi eks-portyorlaridan biriga aylangan. Xalqaro dengiz transport tizimida alohida o‘rin tutadigan Panama kanali ikkita materik, ya’ni Shimoliy va Janubiy Amerikada joylashgan Panama davlati hududidan o‘tadi. Bu kanal Atlantika okeani havzasiga tegishli Karib dengizi bilan Tinch okeanini tutashtiradigan, eng serqatnov dengiz yo‘llardan biri hisoblanadi. Panama davlati, o‘z navbatida, dengiz kompaniyalari uchun past stavkadagi soliqlarni joriy qilib, jahon bo‘yicha eng katta dengiz fl otiga ega mamlakatga aylandi. Bunga, asosan, xorijiy transport kompaniyalarning rasman Panamada ro‘yxatdan o‘tganligi hisobiga erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |