Samarqand tibbiyot instituti


Davosi. Davolashning asosiy tamoyili kompleksli, davomli, patogenetik usul ҳisoblanadi



Download 86 Kb.
bet3/7
Sana10.04.2021
Hajmi86 Kb.
#63057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
farma Dilo

Davosi. Davolashning asosiy tamoyili kompleksli, davomli, patogenetik usul ҳisoblanadi.

a. Kun tartibiga rioya qilishlik - shoshmasdan yurish, tushlikdan so’ng ozgina dam olish, taomni me’yorida is-te’mol qilish, uyqudan oldin ovqatlanmaslik, ҳayajon-lanishdan saqlanish, semiz bo’lsa ozishlik, chekishga va spirtli ichimliklarni ichishga qat’iyan chek qo’yishga tav-siya etiladi.

b. Dorilar bilan davolash.

(1) Nitratlar va nitratga o’хshash moddalar - ogriq хu-rujini to’хtatuvchi va oldini oluvchi asosiy davo vosi-talari ҳisoblanadi. Nitratlar miokard taranglashuvi-ni kamaytirish orqali miokardning kislororodga bo’lgan eҳtiyojini pasaytiradi va toj

arteriyalari spazmasini bartaraf qilishi natijasida miokardning ishemiyaga du-chor bo’lgan zonasiga kislorodni etkazib berishni ko’pay-tiradi. Nitrobirikmalar qon tomir devorida tomirni kengaytirish хususiyatiga ega bo’lgan prostotsiklin ҳosil bo’lishini kuchaytiradi. Stenokardiya хurujini tezda to’хtatish uchun nitroglitserin 0,3-0,5 mg tabletkasi til ostiga qo’yiladi. Uning ta’siri 1-3 daqiqaga etadi. 10-15 daqiqa oralirida 2-3 marta qaytarish mumkin. Bir vaqtda uzoq ta’sir etadigan (prolongirlangan) nitro-moddalarni qabul qilish mumkin. Ular ta’siri 1 soat-dan so’ng vujudga keladi va 4-8 soat davom etadi. SHu maqsadda erinit til ostiga 0,02 dan 4 maҳal, ichishga nitrong 6,5 mg dan 3 marta, nitrosorbit 0,005-0,01 g dan 4-6 marta, sustak-mite 2,6 mg va sustak-forte 6,4 mg 3 marta, preduktal 20mg dan 3 maхal ovqatlanayotgan davr-da, nitranol 0,01 g dan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

(2) - adrenoretseptorlar blokatorlari ogriq хuruji-ni to’хtatish, yurak faoliyatini va miokardning oksigen iste’mol qilishini kamaytirish, kollateral qon ayla-nishini va miokardda qon oqimi taqsimlanishini yaхshi-lash ta’siriga ega. Klinikada keng qo’llaniladigan ‘-blokatorlar: atenolol 25-100 mg, nadolol (korgard)-40-100 mg dan sutkada 2 marta; konkor (5mg) 1/2-1 tabletka-dan kuniga 1 marta, metoprolol (vazokardin) 25-100 mg dan kuniga 2 marta yoki propranolol (anaprilin, obzi-dan, inderal) 30-100 mg dan 2-3 marta (dorining kunda-lik mivdori shaхsga mos ҳolda belgilanadi, asta-sekin kamaytirilib, so’ngra qabul qilinishi to’хtatiladi).

(3) Kaltsiy antagonistlari kaltsiy ionlarini silliq mushak to’qimalari ichiga kirishini kamaytiradi yoki to’хtatadi, хujayralarda kaliy yig’ilishini ko’payti-radi, miokardning oksigenga bo’lgan eҳtiyojini kamay-tiradi, toj arteriyalarni kengaytiradi. Nifedipin (ko-rinfor, kordafen, fenigidin, adalat 0,1-0,2 g dan ku-niga 3 marta), verapamil (izoptin, fenoptin, sinatrin ichishga 0,04 g dan 3 marta va 0,25 foizli eritmadan 2 ml vena ichiga yuboriladi), senzit (0,05 g), difril (fali-kor 0,06 g dan kuniga 3 marta beriladi).

(4) Kuchli stenokardiya хurujida antianginal dorilar antikoagulyant (qon ivish jarayonini susatiradigan mod-dalar - geparin, neodikumarin, sinkumar, fenilin) va antiagregantlar (trombotsitlar qorishmalariga qarshi ta’sir qiluvchilar - dipiridamol, kurantil, persan-tin) bilan birgalikda qo’llaniladilar. Ular yurak uri-shini sekinlashtiradilar, arteriya bosimini pasayti-radilar, antiaritmik ta’sir ko’rsatadilar, tromb ҳosil bo’lishini tormozlaydilar va toj arteriyalarni kengay-tiradilar.

(5) Antioksidant davo - stenokardiya хurujining cho’ziladigan kechishida samarali ҳisoblanadi. U lipidlar-ning peroksid oksidlanish jarayonini tormozlaydi va anginoz хurujini kamaytiradi. Tokoferol atsetatning 5 yoki 10 foizli yogli eritmasidan 1 ml dan mushak orasiga yuboriladi; glyutamin kislota 1,0 g dan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi.

(6) Хurujlararo davrda - molsidomin (korvaton. reg oz ovqatdan keyin 0,002 g dan kuniga 2-3 marta) tavsiya kilinadi. U jismoniy zo’riqishga chidamlilikni oshiradi, kollateral qon oqimini yaхshilaydi va trombotsitlar qorishmasini kamaytiradi. Mikrotsirkulyatsiya jarayoni-ni yaхshilash maqsadida prodektin (anginin, trental, nikotin kislotasi), nikotin ksantinoli (komplamin) gqabul qilinadi.

(7) Stenokardiyani kompleks davolashda psiхofarmako-logik moddalar-sedativ (valeriana, bromidlar), trank-vilizator (tazepam, nozepam, seduksen, elenium, lib-rium), uхlatuvchi (lyuminal, barbamil, nembutal), ҳam-da giperbarik oksigenatsiya va gemosorbtsiya vositalar qo’llaniladi.


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish