Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti →  paxta tozalash zavodi → ip-



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti →  paxta tozalash zavodi → ip-
yigiruv korxonasi → tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona. 
Bu turda, birinchi navbatda paxta maydoniga boriladi, unda hosilni yig’ib olish 
jarayoni   ko’rsatilishidan   boshlab,   tayyor   mahsulotga   bo’lgan   bir   butun   faoliyatni 
qamrab olinadi. Yuqoridagi sxemaga o’xshab qishloq xo’jaligini boshqa tarmoqlarida 
ham turli turlarni ishlab chiqish mumkin.
Sog’lomlashtirish  va   sog’likni   tiklash   turizmi   bevosita   rekreatsiya   resurslari 
bilan bog’liq bo’lib, kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o’z salomatligini va ish 
qobiliyatini  tiklashga   qaratilgan   faoliyatidir.  Yurtimizdagi   havosi  toza, o’ziga   xos 
tabiatiga ega joylarga boy. Bu mintaqalarda sanatoriya – sog’lomlashtirish majmui 
hisoblangan kurortlarni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Undan tashqari qishloq 
joylarimiz   diniy   turizm   ,   ya’ni   aziz   avliyolar   qadamjolarini   ziyorat   qilish 
maskanlariga  juda boy hisoblanadi. Birgina  Samarqand viloyati Payariq tumanida 
joylashgan     Imom Al-Buxoriy ziyoratgohi misolida oladigan bo’lsak, bu majmua 
mustaqillikdan   keyingi   bunyodkorlik   natijasida     muhim   ziyoratgohga   aylandi.   Bu 
ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim 
sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart -  sharoit yaratish, 
ya’ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisoblanadi. Bu 
yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat 
qilib   ketishlariga   erishishimizdir.   Buning   natijasida   xizmat   ko’rsatish   sohalari 
kengayib, yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Qishloq  joylaridagi  ekologik toza  hudud, ajoyib  tabiat  va boshqa  rekreatsiya 
resurslari ekoturizmni muhim obyekti bo’lib hisoblanadi.  Ekoturistlar uchun qiziqarli 
bo’lgan   obyektlar,   ya’ni   alohida   muhofazaga   olingan   hududlar   (milliy   bog’   va 
qo’riqxona) doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik 
hamda hayvonot olami resurslari, ajoyib tabiat  kompelkslari , tabiat yodgorliklari 
ekoturizmni   rivojlantirishning   muhim   asosi   hisoblanadi.   Bu   hududlarda   tabiat 
ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko’rsatish sohasi (servis)ni yo’lga 
qo’yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish sohani 
rivojida   hamda   qishloq   joylarida   ko’pgina   yangi   ish   o’rinlarini   yaralishiga   zamin 
bo’ladi.   Undan   tashqari   tog’li   hududlardagi   xushmanzara   joylar   nafaqat   mahalliy 
aholini,   balki   chet   ellik   sayyohlarni   ham   o’ziga   jalb   qiladi.   Bu   imkoniyatlardan 
qishloq joylarida samarali foydalanish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishimiz 
lozim:
-
mavjud  qo’riqxonalar,   milliy   bog’lar   va   tog’lardagi   xushmanzara   va   noyob 
tabiat go’shalarini turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o’rganib chiqish;
-
mavjud  qo’riqxonalar,   milliy   bog’lar   va   tog’lardagi   xushmanzara   va   noyob 
tabiat go’shalarini ekoturizm obyekti va rekreasiya resursi sifatida foydalanish 
uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;
-
ekoturizm obyekti sifatida mavjud tabiat go’shalaridan tartibli foydalanish;
-
xududlarni  turistik   rayonlashtirish   va   ularni   ekoturistik   nuqtai   nazardan 
baholash;
-
tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
60


Qishloq  joylarimiz   turizmni   rivojlantirish   resurslariga   boy   ekan,   faqat   undan 
samrali foydalanishda turistlarni joylashtirish va ovqatlantirish, transport xizmatini 
ko’rstish,   umuman   olganda   xizmat   ko’rstish   sohalarini   shakllantirish   asosiy   omil 
hisoblanadi. Bu sohalarning rivojlanishi natijasida quyidagilarga erishamiz:
-
qishloq manzilgohlarida yangi ish o’rinlari ochilib, mehnat resurslari ish bilan 
ta’minlanadi;
-
aholi salomatligi yaxshilanadi;
-
  qishloq   manzilgohlaridagi   turistik   –   rekreasiya   resurslaridan   samarali 
foydalanish   katta   iqtisodiy   foyda   keltiradi   va   shu   joyning   ekologik   holatini 
yaxshilash imkoniyatlari yaratiladi;
-
qishloq  manzilgohlarida turizm rivojlanib, turistik infratuzilma shakllanadi va 
h.k.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish