Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.
Diniy turizm to’g’risida tushuncha bering.
2.
O’zbekistonda diniy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari qanday?
3.
O’zbekistonning islom obidalariga ta’rif bering.
4.
O’zbekistonda  diniy turizmni rivojlantirish masalasida qanday tadbirlar amalga 
oshirilmoqda?
55


VIII.Mavzu. Agroturizmni rivojlantirish resurslari
Reja:
8.1.
Agroturizm tushunchasi va turlari.
8.2.
Qishloq joylarida turizm resurslari.
8.3.
O’zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari.
8.1. Agroturizm tushunchasi va turlari.
Hozirgi davrning muhim masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – 
iqtisodiy   ahvolini   yaxshilashdir.   Respublikamiz   aholisining   60%   dan   ortiq   qismi 
qishloq   joylarida   istiqomat   qiladi.   Shuning   uchun   mehnat   resurslariga   boy 
hisoblangan qishloq joylarida yangi ish o’rinlarini ochish, aholini faravon yashashida 
asosiy   omil   bo’lib   hisoblnadi.   Bu   borada   2007   yil   12   fevralda   O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari   hamda   2007   yil   iqtisodiy   islohatlarni   chuqurlashtirishning   eng   muhim 
ustivor   yo’nalishlariga   bag’ishlangan   majlisida   respublikamiz   prezdenti   I.A. 
Karimovning   «Yangilanish   va   barqaror   taraqqiyot   yo’lidan   yanada   izchil   harakat 
qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir» deb 
nomlangan nutqida qishloq aholisini yashash tarzini yanada yaxshilash, buning uchun 
yangi ish o’rinlarini ochish muhimligini ta’kidladilar.
Bugungi  kunda   turizm   jahondagi   eng   ko’p   foyda   keltiruvchi   biznes 
ko’rinishlaridan   biriga   aylangan.   U   bozor   iqtisodiyotining   ajralmas   qismi   bo’lib, 
danyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa 
aylandi.   Turizm   sohasi   jahon   xo’jaligining   transport,   aloqa,   savdo-sotiq,   qurilish 
industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari 
bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda.
  Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va 
boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun 
yetarlicha   resurslarga   ega.   Mamlakatimizda   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatlari 
bo’yicha   Markaziy   Osiyo   davlatlari   ichida   yetakchi   hisoblanadi.  Respublikamiz 
tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. 
Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekisligi, daryolari, cho’l 
va vaholari, turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda 
56


yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish 
o’rinlari   ochish   imkoniyati   mavjudligini   bildiradi.   Ayni   kunlarda   respublikamizda 
iqtisodiy   faol   aholining   turizm   sohasida   bandlik   ulushi   juda   ham   oz.   Bu   borada 
qishloq aholisining ishtiroki umuman kam. 
Hozirgi  kunda   jahon   tajribasida   turizmning   agroturizm   shakli   keng 
rivojlanmoqda.   Agroturizmni   mamlakatimizda   rivojlanishi   istiqbollari   porloq 
hisoblanadi.   Chunki,   mamlakatimiz   agrar-industrial   xo’jalikka   ega   bo’lib,   asosiy 
mehnat   resurslarimiz   qishloq   xo’jaligida   band.   Undan   tashqari,   mamlakatimiz 
rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, rekreatsiya faoliyati tarmoqlarini rivojlantirish 
mumkin.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tuvchi   mamlakatlar   uchun   moliyaviy   resurs 
manbalari o’ta zarur hisoblanadi. Shu jihatdan oladigan bo’lsak, agroturizm yuqori 
daromat keltiruvchi xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar agroturizmni 
besh turini ajratishadi:
-
Sport;
-
Madaniy – tanishuv;
-
Fermerchilik;
-
Ish yuzasidan faoliyat;
-
Ekologik.
Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish 
ahamiyatiga   ega.   Fermerchilik   asosida   agroturizmni   tashkil   etish   asosida   qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yotsa, ish yuzasidan agroturizm ilmiy 
–   texnik   hamkorlik,   qo’shma   korxonalar   tashkil   etish   va   boshqa   faoliyatlarda 
shakllanadi.
  Agroturizmni   rivojlantirishni   o’ziga   xos   xususiyatlariga   ega.   Bularga 
quyidagilar hisoblanadi:
-
qishloq  joylarida joylashish  va ovqatlanish shaharga nisbatan 2-2,5 marotaba 
arzonligi;
-
qishloq joylarining ekologik jihatdan tozaligi;
-
ekologik toza ovqat turlarining mavjudligi;
-
etnografik turizm obyekti sifatida, qishloq joylarida milliylikni ko’proq saqlanib 
qolganligi va boshqalar.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish