Samarqand davlat universiteti sh. Q. Yuldashev, D. Q. Usmanova, L. N. Xalikova



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/132
Sana04.03.2022
Hajmi4,19 Mb.
#483095
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR

 
 
3.4.Elektron tijorat bozorda raqobat muhitining o'ziga xos 
xususiyatlari 


32 
Elektron tijorat bozori tashkiliy va boshqaruv tuzilishi jihatidan 
boshqaruvning tarmoq shakllariga o'xshaydi. Ushbu tuzilmaning o'ziga 
xos xususiyati bozor kontragentlari va ular o'rtasida uzoq muddatli 
munosabatlarni o'rnatish imkoniyati hisoblanadi va ushbu aloqalar 
yuqori 
organlar 
tomonidan 
tartibga 
solinmaydi 
va 
ta'sirini
o'tkazolmaydi. 
Belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda makroiqtisodiy 
nuqtai nazardan ushbu bozor tuzilishi agentlarga asoslangan yondashuv 
asosida ko'rib chiqilishi lozim gegan xulosaga kelish mumkin. Shunday 
qilib, Internet-muhitni elektron tijoratni bozori muhitining asosi sifatida 
ajratish bilan birga, uning tashkiliy tuzilishi, bozor agentlarining o'zaro 
ta'sirining xarakteri, raqobat muhitining xususiyatlari, infratuzilmasi 
tahlil qilinishi kerak. 
Hozirgi vaqtda "tarmoqli iqtisodiyoti" atamasi keng tarqaldi va u 
bozor ishtirokchilari bitta tarmoq hamjamiyatida aloqadorligi va 
faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. R.I.Tsvylev fikriga 
ko’ra bozor iqtisodiyotida tarmoq xususiyatlarining paydo bo'lishini 
jamiyatning global axborotlashtirish, axborot texnologiyalarining 
rivojlanishi bilan tavsiflaydi: "... natijada gorizontal aloqalarga 
asoslangan tarmoq iqtisodiyoti vujudga keladi”. 
Biroq, bizning fikrimizcha, elektr tijorat bozorini quyidagi nuqtai 
nazaridan ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
- faoliyati to'liq virtual maydonga o'tkaziladigan kompaniya nuqtai 
nazaridan; 
- alohida bitimlar amalga oshiriladigan kompaniya nuqtai nazaridan; 
- virtual muhitda ishlaydigan mijozlar, sherik firmalar bilan o'zaro 
aloqada bo'lgan firma nuqtai nazaridan. 
Shunday qilib, elektron tijorat bozorini makro, mesa va mikro 
darajalarda o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan elektron tijorat
bozorning 
ishlashi 
va 
rivojlanishini 
tashkil 
etish 
asoslari, 
kompaniyalararo tizimi, shuningdek tadbirkorlik faoliyati axborot 
muhitiga ko’chirilgan firmaning tashkiliy va boshqaruv tuzilishining 
xususiyatlarini ko’rib chiqqanmiz. 
Elektron tijorat va kompaniyaning elektron tijorat bozorida
ishlash xususiyatlarini ko’rib chiqishda bozorning boshqa ishtirokchilari 
bilan bog’laydigan aloqalar va axborot oqimlaridan ajratib bo’lmaydi. 
Kompaniyaning marketing muhiti bo’lib o'ziga xos xususiyatlar 
ega Internet muhiti hisoblanadi. Internet muhitini tahlil qilib, undagi 
harakat qiluvchu sub’yektlar va tashqi o’zaro aloqlardan tashkil topadir. 


33 
Elektron tijorat bozorida ishlaydigan kompaniyaning mikromuhiti
to'g'ridan-to'g'ri firma va uning atrofiga tegishli ta’sirlardan iborat 
(mijozlariga, raqobatchilar, etkazib beruvchilar va boshqa aloqador 
auditoriyasi).Shunday qilib, firma mikromuhitning muhim tarkibiy 
qismi raqobatchilik mihit hisoblanadi. 
Umumiy qabul qilingan ta'rifga ko'ra, raqobatchilar marketing 
tizim sub'ektlari bo’lib, firma tomonidan harakatlari bozorlarni, etkazib 
beruvchilarni, vositachilarni tanlashga, assortimentni shakllantirishga, 
tovarlarning turlari, marketing faoliyatining butun majmusiga ta'sir 
qiladi 
Bu firma raqobatbardoshlik muhitni har tomonlama o'rganish 
zarurligini taqozo etadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan raqobat mahsulotlarni 
eng qulay sharoitlarda sotish uchun ishlab chiqaruvchilar va etkazib 
beruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va kurashning iqtisodiy jarayoni. 
Demak, raqobatni bir xil maqsadga erishishdan manfaatdor sub'ektlar 
kurashishi deb hisoblash mumkin (iste'molchilarning to’lovga qodir
talabining cheklangan hajmi va boshqalar uchun kurashish). 
Elektron tijorat bozorini o'rganish sharoitida, avvalambor, 
bozordagi firmalarning to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqani, ya'ni bozor 
raqobatini ko'rib chiqish lozim. 
Raqobatning ikkita asosiy usulini ajratish odatiy holdir: narx va 
narxsiz. Nazariy tadqiqotlar va tijorat faoliyatini amalga oshirish 
amaliyoti shuni ko'rsatadiki, zamonaviy sharoitda tijoratchi o'zi 
tomonidan taklif qilingan mahsulotni (xizmatni) "ajratib turish orqali " 
va qo'shimcha mijozlarni jalb qilish narxlarning pasayishi yo’li bilan 
narxlar raqobati avvalgidek samara bermay qoldi, 
Ayni paytda, "yashirin" narxlar raqobatining usullari keng tarqalgan. 
Narxsiz raqobat mahsulotning iste’mol qiymatidagi sifat 
tushunchasiga asoslanadi. Narxsiz usullarga kompaniyani boshqarish 
marketing usullari kiradi, masalan: 
- yangi mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qiymatining undan 
yuqori darajaga ko’tarish; 
- bozorni har tomonlama o'rganish va marketingni rejalashtirish; 
- savdo apparati ishini tashkil etish; 
- sotishni rag'batlantirish; 
- tashkiliy tuzilmani takomillashtirish; 
- aylanma xarajatlarini kamaytirish; 
- kredit va moliyalashtirish siyosatini takomillashtirish va boshqalar. 


34 
Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqot doirasida, elektron tijorat 
bozoriga xos xususiyatlarni ajratish uchun raqobatning turli jihatlarini 
ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Shunga qaramasdan elektron 
tijorat bozori o'ziga xos noyob xususiyatlarga ega, u raqobat muhitini 
tavsiflovchi umumiy xususiyatlarga ega. Ushbu bozorning to'liq tavsifi 
uchun raqobatning tabiati va intensivligini baholash uchun mavjud va 
mumkin bo'lgan modellar tahlilini o’tkazish lozim. 
Mahalliy va xorijiy adabiyotlarda ishlatiladigan raqobatni 
tavsiflovchi eng mashhur marketing modeli bu Porterning beshta raqobat 
kuchlari modeli hisoblanadi. 
M. Porterning tadqiqotlariga ko'ra, bozordagi raqobat holatini
beshta raqobatdosh kuch bilan tavsiflash mumkin: 
1. Raqobatdosh sotuvchilar o'rtasidagi raqobat - har bir firma 
eng yaxshi o’rinni egallash va raqobatdosh ustunlikdan foyda olish 
uchun o'zining raqobatbardosh strategiyasiga amal qiladi.
2. Narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh tovarlarni o'rnini bosadigan 
tovarlarning raqobati. 
3. Yangi raqobatchilar paydo bo'lishi xavfidan kelib chiqadigan
4. Ta'minlovchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyati
natijasida paydo bo'lgan raqobatdosh kuchlar va etkazib beruvchilarning 
qobiliyatlari. 
5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari
natijasida paydo bo'lgan. 
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatbardosh kurashi nuqtai 
nazaridan 
elektron tijorat bozori, quyidagi xususiyatlarni ta'kidlash kerak: 
- Elektron tijorat bozoridagi firmalar mijozlarning hatti-harakatlarini
o'rganish uchun kuchli vositalarga ega bo’lib, raqobatbardosh 
strategiyani yanada oqilona va aniqroq qurish va uni amalga oshirish 
yo'llarini ishlab chiqadi. 
- strategiyani yangilash muddati sezilarli ravishda qisqarmoqda, bu 
raqobatdosh firmalarning katta harakatchanligi va ularning raqiblarining 
harakatlariga tezkor javob berish qobiliyatlari bilan bog'liq. 
- Garchi an'anaviy tarzda firmalararo raqobat muvaffaqiyatli yoki 
zararli bo’lishi mumkinligi uchun etakchi firmalarga "o'z" bozor 
segmentini olish uchun haqiqiy imkoniyati "sof" monopolistlar toifasiga 
o'tishga imkon bermasdi. 
M. Porterning tadqiqotlarida kirish to'siqlaridan biri sifatida 
yangi texnologiyalarni rivojlantirish, nou-xau va boshqalar bilan bog'liq 


35 
qo'shimcha xarajatlarni qayd etadi. Elektron tijorat bozoriga 
harakatlanuvchifirmalar uchun bunday xarajatlar qo'shimcha deb
hisobkab bo’lmaydi, chunki ular Internet muhitida biznesni amalga 
oshirish imkoniyatlarini belgilaydi.
Ta'minlovchilarning raqobatbardosh ta'siri, asosan, xaridor uchun 
ushbu xarajatning tarkibiy qismlarining qanchalik muhimligiga bog'liq 
(agar ma'lum bir etkazib beruvchilar guruhining ta'minoti umumiy 
xarajatlarning aniq ulushi egallasa, etkazib beruvchilar tomonidan ta'sir 
darajasi oshadi). 
Elektron tijorat bozoridagi ushbu turdagi raqobatni ajratgan 
holda, quyidagilarni ta'kidlash lozim. Biznesni yuritishning yangi 
sharoitlarda ta'minlovchining ta’siri amalda hech qanday cheklovlar 
(moliyaviy, hududiy va boshqalar) mavjud emasligi sababli ta'siri 
kamayadi. Ta'sirni kuchaytiradigan bu omil faqat elektron tijorat 
bozoridan tashqarida bitimlarning bir qismini amalga oshiradigan 
firmalar (an'anaviy sharoitlarda) uchun hosdir. Ushbu firmalarga 
axborot xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etadigan firmalar kirmaydi. 
Xaridorlar tomonidan tovar / xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga 
ta'siri va ularning savdo qilish imkoniyatlari kuchliroq quydagi 
holatlarda: 
- iste'molchilar soni kam va ular tovarlarni katta miqdorda sotib olishadi; 
- iste'mol hajmi sohadagi barcha savdolarning muhim qismini tashkil 
etadi; 
- tovarlarni bozorga etkazib beradigan sanoat juda ko'p sondan iborat 
nisbatan kichik sotuvchilardan tarkib topgan; 
- turli sotuvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar nisbatan 
yaxshi 
standartlashtirilgan va iste'molchilar muqobil haridni osongina 
topishlari mumkin, ularning yangi sotuvchiga o'tish narxi deyarli nolga 
teng; 
- sotib olingan mahsulotlar xaridor tarkibiy qismlarining muhimi 
hisoblanmaydi; 
Elektron tijorat muhitida mijozni boshqa bozor ishtirokchisiga 
o'tkazish imkoniyat omili muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan 
kompaniyaning marketing strategiyasi ishlab chiqishi birinchi navbatda 
mavjud mijozlarni saqlab qolish va qo'shimcha mijozlarni jalb qilishga 
yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bozorda raqobatbardosh vaziyat doimiy 
ravishda o'zgarib boradi, shuning uchun kompaniyaning bozordagi 
raqobatbardosh o'zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borishi zarur. 


36 
Faqatgina ushbu sharoitlarda firma raqobatchilarning imkoniyatlarini va 
o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholashi va maqsadga muvofiq optimal 
marketing strategiyasini ishlab chiqishi, o'zlarining raqobatbardosh 
ustunliklarini yaratish yoki saqlab qolishi mumkin. 


Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish