Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

2. Urug‘larning unib chiqishi. 
Urug‘  pishib  tarqalgandan  so‘ng,  uning  yetilishi  uchun  ma’lum  vaqt  talab  etiladi. 
Urug‘ning yetilishi uchun zarur fermentativ jarayonlar bo‘lib utgandan keyin, unib chiqa oladi. 
Bu  juda  ko‘p  tashqi  va  ichki  omillarning  ta’siriga  bog‘liqdir.  Tashqi  (ekologik)  omillar  ichida 
eng  muhimlari:  suv,  havo  (kislorod)  va  haroratdir.  Bundan  tashqari,  ba’zi  mayda  urug‘larni 
unishi (ayniqsa begona va yovvoyi o‘tlar) uchun yorug‘lik ham kerak bo‘ladi. 
Yetilgan urug‘lar, odatda, juda ham quruq bo‘ladi, ularni nisbiy namligi 5-20 foizni tashkil 
etadi. Shuning uchun ham urug‘lar zarur bo‘lgan suvni shimib olmaguncha una olmaydi. Suvni 
shimilishi natijasida urug‘ bo‘rtadi, uning tarkibida mavjud bo‘lgan fermentlarni faoliyati oshadi, 
nafas  olish  tezlashadi  va  oziq  moddalar  parchalanadi.  Poliribosomalarning  faoliyatida  oqsil  va 
boshqa moddalar sintez yetiladi. Murtak qaytadan bo‘linadi, hujayralar cho‘ziladi. Buning uchun 
to‘xtovsiz ravishda suv va oziq moddalar talab etiladi. 
Urug‘ unishining eng dastlabki davrlarida nafas olish anaerob, keyinchalik urug‘ning po‘sti 
yorilgandan  so‘ng  nafas  olish  aerob  holatda  bo‘ladi.  Agar  shu  vaqtda  tuproq  nam  mo‘l  bo‘lsa, 
urug‘ning  nafas  olishi  qiyinlashadi,  chunki  kislorod  miqdori  yetishmasligi  sababli  urug‘ 
unmasdan qoladi. 
Ko‘pchilik urug‘larning unishi uchun keng doirada (darajada) harorati bo‘lishni talab etadi, 
lekin  har  bir  tur  o‘simlik  o‘zining  minimum,  optimum  (eng  yaxshi,  qulay  yoki  o‘rtacha)  va 
maksimum  (eng  baland,  yuqori)  darajadagi  harorat  chegarasi  bo‘ladi.  Ko‘p  o‘simliklar  uchun 
eng past (minimum) chegara 0+5 C, eng baland yoki  yuqori (maksimum) chegara + 45, +48 C, 
o‘rtacha harorat optimum + 25,+30 C atrofida bo‘ladi.  
Urug‘lar har xil bo‘ladi: 
1.  Uzoq  davom  etuvchi  cho‘qur  tinimdagi  (uyqudagi)  urug‘lar.  Bunday  urug‘lar  bir,  ikki 
yoki undan ham ko‘p yillar mobaynida unish qobiliyatini saqlab qoladi. Ularga ko‘pgina daraxt 
va  o‘tchil  o‘simliklar  kiradi.  Ayniqsa  begona  o‘tlarning  urug‘lari  tuproqda  juda  ko‘p  yillar 
davomida (10, 40 va undan ham ziyod) unish qobiliyatini saqlaydi. Shuning uchun ham begona 
o‘tlarga qarshi kurash qiyin (masalan, shumg‘iya, sariq pechak va boshqalar). 
2.  Pishib  to‘kilgandan  keyin  birdaniga  yoki  bir  oz  vaqt  o‘tgandan  (ko‘pincha  qishlab 
bo‘lgandan) keyin unadigan urug‘lar. Ammo ular ham ko‘p vaqt ichida unish xususiyatini saqlab 
qolishi  (7-12-18  yil)  mumkin.  Bularga  boshoqli  madaniy  o‘simliklar,  poliz  ekinlari  va  yovvoyi 
olda o‘suvchi cho‘l, adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari kiradi. 
3.  Pishib  to‘kilgandan so‘ng  birdaniga unadigan  va  unish qobiliyatini  tezda  yo‘qotadigan 
urug‘lar  kiradi.  Bularga  tol,  terak,  sebarga  va  ko‘pgina  nam  iqlimli  tropika  o‘simliklari  misol 
bo‘la oladi. 
4.  Pishib  etilgandan  so‘ng,  ona  o‘simlikda  turgan  vaqtidayoq  una  boshlaydigan  urug‘lar. 
Bunday o‘simliklar juda  ham oz uchraydigan va  «tiriktug‘ar»  o‘simliklar deb ataladi. Ko‘pgina 
ba’zi  o‘simliklarda  umuman  meva  yoki  urug‘  hosil  bo‘lmaydi,  ulardagi  gul  maydagina 
novdachaga  aylanib  uzilib  tushadi  va  o‘sib  yangi  o‘simlikni  hosil  qiladi  (kalanxoe,  rizofora, 
briofillum va boshqalar). 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish