Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi


 Urug‘, uni shakllanishi va tuzilishi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

 
1. Urug‘, uni shakllanishi va tuzilishi. 
O‘simliklarning  ontogenezi  (yunon.  ontos-mavjud,  genezis-chiqib  kelishi,  hosil  bo‘lishi) 
yoki  individual  taraqqiyoti  urug‘langan  tuxum  hujayradan  boshlanadi  (agar  o‘simlik  vegetativ 
ko‘paysa,  ontogenezi  boshlang‘ich  «ona»  o‘simlikning  somatik  (yunon,  somatik-tana,  gavda) 
hujayralarning  bo‘linishi  bilan  boshlanadi)  va  o‘simlik  hayotining  oxirigacha  (qurib  nobud 
bo‘lgancha  yoki  yangi  bo‘linishgacha)  davom  etadi.  Ontogenez  atamani  fanga  birinchi  bo‘lib 
1866 yili E. Gekkel kiritgan. 
Gulli  o‘simliklarning  eng  asosiy  vegetativ  (lot.  vegetativus  -  o‘sish)  organlari-novda  va 
ildizi  odatda,  yetilgan  urug‘ning  murtagida  shakllangan  bo‘ladi.  Lekin  urug‘  una  boshlagandan 
so‘ng, murtakdan yangi a’zolar: kurtak,novda va yon novdalar hamda yon va qo‘shimcha ildizlar 
ham  rivojlanadi.  O‘simliklarning  keyingi  rivojlanish  davrlarida  reproduktiv  (lot.  re-yangitdan, 
produksio  –  hosil  qilish)  yangi  jinsiy  ko‘payish  organi  (gul,  urug‘)  hosil  bo‘lishi  meristema 
hujayralarining faoliyatiga bog‘liq . 
Urug‘,  yopiq  urug‘li  o‘simliklarning  jinsiy  ko‘payishi  natijasida  urug‘kurtakdan  hosil 
bo‘ladi  va  ko‘payish  organi  hisoblanadi.  Ochiq  urug‘li  o‘simliklarni  urug‘lari  makrosporangiy 
(yunon,  makros-katta  spora  –  urug‘,  giy-nay)  larning  tubida  joylashgan  urug‘kurtakdan  o‘sib 
rivojlanadi.  Bularni  urug‘i  tuguncha  devori  bilan  himoya  qilinmasdan  ochiq  holda  o‘rnashgan. 
Ba’zan,  urug‘  jinsiy  hujayralar  qo‘shilmagan  holda,  urug‘lanmagan  tuxum  hujayralardan  xam 
vujudga  keladi.  Bu  hodisaga  apomiksis  (yunon,  apo-inkor,  ako,  miksis  -  aralashish,  qorishish) 
deb ataladi. 
Urug‘lar  shakli,  katta-kichikligi,  rangi  va  ichki  tuzilishi  jihatidan  bir-biridan  keskin 
ravishda farq qiladi. 
Ontogenez  rivojlanishda  urug‘  o‘simlikning  embrionlik  (yunon,  embrion-murtak)  davri 
hisoblanadi.  Urug‘,  asosan  1-2  qavat  integument  (lot.  integumentum-qoplama)-urug‘kurtak 
qobig‘i-po‘sti nutsellus (lot.  yong‘oqcha-kurtak mag‘zi)ni o‘rab turuvchi po‘st bilan o‘raladi. U 
urug‘langandan so‘ng urug‘ po‘stiga aylanadi. Urug‘ ichida murtak, endosperm yoki perisperm 
bo‘ladi. Ba’zan bir urug‘da ko‘p murtak yetilishi mumkin. Bu hodisaga poliembrioniya (yunon, 
poli-ko’p,  embrion-murtak)  deb  ataladi.  Ko‘p  murtaklik  ochiq  urug‘li,  orxideyadoshlar, 
piyozdoshlar va qoqio’tdoshlar oilasining vakillarida uchraydi. 
Urug‘  po‘sti  yoki  perikarpiy  (yunon,  perm-atrofda,  karpos  meva)  urug‘kurtak 
tugunchasining  qo‘shilib  ustidan  hosil  bo‘ladi.  Odatda  u  ko‘p  qavatli  va  pishiq.  Uning  asosiy 
vazifasi,  murtakni  har  xil  ta’sirlardan  himoya  qilish,  ko‘rib  qolish,  muddatdan  oldin  va 
mikroorganizmlardan  saqlashdan  iboratdir.  Ko‘pchilik  o‘simliklarda  urug‘ning  ustida 
halqasimon bo‘rtma-urug‘ o‘simtasi hosil bo‘ladi. Uning chiqib kelishi har xil. Ba’zan funikulus 
(lot.  funikulus-arkon)  urug‘  kurtakning  bandi  ayrim  hollarda  esa  urug‘kurtakning  integument 
(yunon,  integument-qoplam,  parda)  dan  vujudga  keladi,  urug‘  o‘simtalari  ko‘pincha  mikropile 
(yunon, mikros-kichik, pile-teshik, tirkish) yoki urug‘ yo‘liga yaqin joylashadi va karunkula (lot. 
karunkula-etli, gura, shish) deb ataladi. Ular urug‘ ustida kichkina o‘simtalar shaklida o‘rnashib 


 
137 
har xil rang hosil qiladi va o‘simlik urug‘larini tarqatuvchi hasharotlar, chumolilar va qushlarni 
jalb etib, urug‘larni tarqalishi uchun xizmat qiladi (masalan, normushk, binafsha va hokazo). 
Urug‘  po‘stining  rangi  va  anatomik  tuzilishi  har  xil.  Odatda,  pishgan  urug‘,  mevalardan 
uzilib tushsa, ularni po‘stida urug‘ o‘rni bilan qo‘shiladigan joyi bo‘ladi, bunga urug‘chok  yoki 
urug‘ kertimi deb ataladi. 
Murtak,  urug‘lanish  sodir  bo‘lgandan  so‘ng  zigotadan  (yunon,  zigotos-qo‘shilish)  hosil 
bo‘ladi. Gulli o‘simliklarning yetilgan murtagi morfologik jihatdan boshlang‘ich novda, ildiz va 
bitta  yoki  ikkita  urug‘palladan  iborat  bo‘lib  ular  yosh  sporofit  o‘simlikning  birinchi  barglari 
hisoblanadi.  Urug‘  unib  chiqqanda  ikkita  bargsimon  yashil  palla  (g‘o‘za,  loviya)  hosil  qiluvchi 
o‘simliklar, ikki pallali o‘simliklar deb ataladi. Murtaklari bir urug‘ pallali o‘simliklar bir pallali 
o‘simliklar deb ataladi (bug‘doy, sholi, makkajo`xori va boshq.) (58-rasm). 
 
 
 
 
 
 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish