Changlanish. Changni urug‘chi tumshug‘iga borib tushishiga changlanish deb ataladi.
Changlanish bir necha xil bo‘ladi: o‘z-o‘zidan changlanish yoki avtogamiya (yunon. avto-o‘zi,
gameto-qo‘shilish) va chetdan changlanish yoki allogamiya (yunon. allos-boshqacha).
O‘zidan changlanish – ba’zi ikki jinsli o‘simliklarda og‘izcha o‘z changi bilan changlansa,
urug‘ hosil bo‘lmaydi; bunday o‘simliklar o‘ z i m e v a s i z yoki s t e r i l (lot. stirilis-mevasiz,
pushsiz) o‘simliklar deb ataladi (sholi, arpa, suli, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqalar).
Ba’zan o‘z-o‘zidan changlanish vaqtida hosil bo‘ladigan urug‘larda nasl belgilari sof holda
saqlanib qoladi, bu xil changlanishdan seleksiyada sof individual liniyani ajratib olishda
qo‘llaniladi (53-rasm).
122
Do'stlaringiz bilan baham: |