Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo


ZARAFSHON DARYOSINING TABIIY GEOGRAFIK TASNIFI (XUSUSIYATLARI)



Download 109,15 Kb.
bet15/20
Sana22.07.2021
Hajmi109,15 Kb.
#125863
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
DESSERTATSIYA YANGI

ZARAFSHON DARYOSINING TABIIY GEOGRAFIK TASNIFI (XUSUSIYATLARI)

2.1. Geografik o‘rni, geologik tuzilishi va relefi

Geografik o‘rni. Zarafshon havzasi sharqdan g‘arbga 770 kilometrdan ortiqroq cho‘zilgan bo‘lib, shimoliy chegarasi Turkiston tizmasining suvayirg‘ich chizig‘i, janubiy chegarasi Hisor va Zarafshon tizmalari orqali o‘tadi.

Eng sharqiy nuqtasi Matchox tog‘ uzeliga taqaladi va eng harbiy qismi Dengizko‘l rayoniga qadar etadi. Havza maydoni katta territoriyani tashkil qilgan bu rayonda O‘zbekistonning 1 mln. gektaridan ortiqroq va Tojikistonning 60 mln gektar sug‘oriladigan dehqonchilik erlari joylashgan. qadimgi dehqonchilik rivojlangan Zarafshon vohasida 4 milionga yaqin aholi yashaydi.

Oloy tizmasi Matchoh toh tugunida uchta tizmaga ajraladi: Turkiston, Zarafshon va Hisor. Ana shu Matchoh tugunidagi Zarafshon muzligidan Matchoh daryosi boshlanadi va u Fandaryo bilan qo‘shilgach, Zarafshon deb ataladi. Ana shundan keyin chap tomondan 57 km dan keyin, YAshtut va 88 km dan keyin Mag‘iyondaryolar Zarafshonga qo‘shiladi. Qolgan irmoqlar soylardan iborat bo‘lib, ko‘pchiligi yozda qurib qoladi.

O‘zbekiston territoriyasida Zarafshon suvining asosiy qismi suhorishda ishlatiladi. SHu maqsadda o‘rta va quyi Zarafshonda 99 yirik magistral kanallar qurilgan. Kanallar bilan daryo suvi faqat Zarafshon voha erlari emas, balki Qashqadaryo (Moskva kanali) va Jizzax viloyatlari (Tuyatortar) erlari ham suhoriladi.

Relef xususiyatlariga ko‘ra Zarafshon havzasi uch qismga bo‘linadi: 1) YUqori Zarafshon; 2) O‘rta Zarafshon: 3) Quyi Zarafshon.

YUqori Zarafshon daryo manbasidan, ya’ni Zarafshon muzligidan Panjikent shahriga qadar joylar kiradi. 300 km ga yaqin cho‘zilgan bu rayon daryo va daryo oralihi tog‘lar orasida chuqur va tor vodiy hosil qiladi. Vodiyning kenligi o‘rtacha 10-15 km bo‘lib, ayrim joylardagina 20 km ga etadi. Daryo boshlanishida Turkiston, Hisor va Zarafshon tohlarining balandligi 4000-5000 metrni tashkil qiladi. Zarafshon tizmasidagi eng baland CHimtarha cho‘qqisi 5033 metrga etadi. G‘arbiy tomon tohlar pasayib boradi. Panjikent shahri yaqiniga ham tohlarning cho‘qqilari 2500-3000 metrni tashkil qiladi. Baland tohlar bilan o‘ralgan YUqori Zarafshon havzasining Ko‘histon, ya’ni «tog‘lar o‘lkasi» deb ataladi.

O‘rta Zarafshonga Panjikentdan Navoiy shahri yaqinida (g‘arb tomonda) joylashgan Xazara qisihigacha bo‘lgan joylar kiradi. 200 km dan ortiq cho‘zilgan bu territoriyada daryo vodiysi keskin kengayadi (70-80 km gacha) va daryo ancha sekin oqadi. Atroflaridagi tog‘lar baladligi 1500-2000 metr bo‘lib, g‘arbga tomon pasayib boradi. Eramizdan 2000 yillar oldin dehqonchilik rivojlangan bu vodiy Samarqand vohasi deb ataladi. Bu erda eramizdan oldin qurilgan Darhom kanali va o‘rta asrda qazilgan qator yirik kanallar (Tuyatortar, Eski Anxor, Bulung‘ur, Mirzaariq va boshqalar).

Quyi Zarafshon Xazara qisig‘idan Dengizko‘lgacha bo‘lgan joylar kiradi. Xazara qisig‘iga chiqishi bilan Zarafshon tekislikda yoyilib oqadi. Bu joylar Zarafshon daryosining deltasi hisoblanadi. M.Muxamadjonov (1978) ma’lumoti bo‘yicha bundan 6000 yil oldin Zarafshon Amudaryoga quyilgan. Keyingi suhoriladigan dexqonchilikning vujudga kelishi bilan kanallar qazilib, daryo suvi turli tomonga olib ketila boshlagan, natijada suv Amudaryoga etmay qolgan. Hozirgi paytda Zarafshon daryosining suvi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Xarkur suvi tuguniga borib, juda kamayib qoladi va Buxoro viloyatidagi G‘ijduvon shahrida suv uch tomonga bo‘linib ketadi va daryoning o‘zani Qorako‘lga, Dengizko‘lga tomon asta-sekin kamayib, suvi tugaydi. Biroq Navoiy va Buxoro viloyatlarida sug‘orilgan erlardan tushgan sho‘rtobroq suvlar hisobiga quyi Zarafshon qismi suvlanib turadi.




Download 109,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish