Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo


Ishning strukturasi va hajmi



Download 109,15 Kb.
bet11/20
Sana22.07.2021
Hajmi109,15 Kb.
#125863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
DESSERTATSIYA YANGI

Ishning strukturasi va hajmi. Magistrlik dissertasiyasi kompyuterda terilgan 80 sahifalik hajmga ega boʻlib u kirish (asosnoma), 3 bob, xulosalar, amaliy tavsiyalar, ___ ta rasm, ___ ta jadval va ___ ta (shulardan 11 tasi chet el adabiyotlari, 3 tasi internet va 2 tasi scops.com manbalardan tuzilgan foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati iborat.

1. ADABIYOTLAR SHARHI



1.1. Baliq parazitofaunasining xorijiy mamlakatlarda oʻrganilish tarixi

Baliqchilik rivojlangan mamlakatlarda baliq parazitofaunasini o’rganish borasida ko’plab tadqiqotlar olib borilgan va parazitlar keltirib chiqaradigan keng tarqalgan kasalliklar aniqlangan. Hozirda suv havzalari va baliqchilik xoʻjaliklaridagi baliqlarda keng tarqalgan kasalliklaridan biri ligulyoz hisoblanadi. Markaziy viloyatlarga uchib kelgan baliqxoʻr qushlar parazitning asoiy xo’jayini hisoblanadi. Asosan karp (zogʻora) avlodiga kiruvchi baliq turlari kasallanadi va xoʻjalik katta iqtisodiy zarar koʻradi.

Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi Ligula intestinalis (Ligula intestinalis) va (L. solumbi) bo’lib, gelmintlar baliq tanasida (qorin boʻshligʻida) 10-100 sm kattalikda bo’lib, bir nechtadan parazitlik qilishi mumkin. Kasallangan baliqlar suv yuzasiga chiqadi, harakat koordinatsiyasi buziladi va baliqxoʻr hamda oʻtxoʻr qushlaming oʻljasiga aylanadi.

Verbiskaya va boshqalar [14] ma’lumotlariga ko’ra, sun’iy ko’llarda lesh baliqlarining ligulyoz bilan kasallanishi kuzatilgan. Kabardina - Balgariyaning 10 ta baliqchilik xoʻjaliklaridagi baliqlar keying yillarda davomida tekshirilib tahlil qilinganda Ligula intestinalis amurda, ola peshonadoʻng baligʻida, plotvada va usachlarda parazitlik qilishi aniqlangan.



Omsk viloyatining 43 ta suv havzalari va koʻllarida oʻstirilayotgan baliqlar tekshirilganda karaslar Ligula bilan 1.7% dan 66% gacha zararlanishi va Krutinskiy tumanining ayrim koʻllarida ushlangan baliqlami sotishga ruxsat bermay utilizatsiya qilgani toʻgʻrisida ma’lumot berganlar. Muallifning yozishicha bahor va yoz oylari kasal baliqlaming koʻplab oʻlishi natijasida zararlanish natijasi pasayishi mumkin [36].

Stepanov A.V va Pavlova N.V [55] Yoʻlbars, Bagʻdad, Iroq daryolarining chuchuk suvlarida yashovchi baliqlarini tekshirganda (179 dona) sestoda sinfiga oid gelmintlarning 5 turini, shu jumladan ligulalarni topganlar.

Xianghua Liao, Zhixin Liand [70] Xitoy respublikasining 29 ta provinsiyasi va avtonom rayonlaridagi suv havzalarining 219 turdagi 25800 ekz baliqlari tekshirilganda 43 turdagi baliqlarda ligula lichinkasi (plerotserkoidi) invazion holatgacha rivojlanmasligi toʻgʻrisida ma’lumot berishgan.

Szalol A.J., Vang X, Dies yilning har xil fasllarida Kanadaning Daufin koʻlidagi baliqlami tekshirishganda (18 turdagi) 5 turdagi baliqlarda Ligulalar topilganlar va 5.3% gacha zararlanganligi toʻgʻrisida ma’lumot berishgan.

Baliqlarga gelmentoz kasalliklar gelmint va ulaming invazion tuxumi hamda lichinkalari bilan zararlangan em-xashak, suv, ifloslangan asbob-uskunalar orqali kasallik yuqadi. Koʻp yillik ilmiy tadqiqotlardan ma’lumki, gelmintozlar baliqchilikka juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Shuning uchun, dastaval kasallik keng tarqalib ketganda, baliqchilik xujaliklarida tashkiliy jihatdan turli xil chegaralanishlar oʻtkazilishi lozim. Gelmintoz kasalliklar surunkali tarzda o’tadi. Bunda baliqlar ozib ketadi. Ulaming tana massasi kamayadi va go’shtining sifati pasayadi [79].

Kasallangan baliqlarning go’shti va ichki a’zolarini aksariyat qismi yaroqsizga chiqariladi. Uzoq muddat kasallangan baliqlar kuchsizlanib, turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga moyil bo’lib qoladi. Bundan tashqari, gelmintozlar bilan baliq galasida tanlash, saralash va umuman naslchilik ishlarini yo’lga quyish tadbirlariga o’rin qolmaydi.

Hozirda baliqlarning gelmintoz kasalliklari dunyoning barcha hududlarida keng tarqalgan boʻlib, ulami oʻrganish va veterinariya - sanitariya tadbirlarini takomillashtirish, parazitlarni tarqatuvchi baliqxoʻr qushlar bilan kurashish muammolari ustida ishlash izchillik bilan davom ettirilib kelinmoqda.

Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi sestoda sinfiga mansub Batriotsefalus Govkon genzis (Botrioccpnalus gowken gensis) lentasimon gelmint hisoblanadi. Uning uzunligi 3-32 sm, eni 1-4 mm tashkil etib, baliqlaming ichagida parazitlik qiladi. Batriotsefalyuslar amur, karp, sazan, doʻngpeshona, karas, lesh va boshqa koʻpgina turdagi baliqlarda parazitlik qilishi mumkin. Katta baliqlar bilan shu yilgi chavaqlami birga asrash natijasida botriotsefaluslar bilan zararlanish ortib boraveradi, bu jarayon koʻpincha kuz-qish va bahorning boshlarida kuzatiladi [30].

U.Nogerov [37] tomonidan Kabardini-Balkar avtonom respublikasining oʻndan ortiq baliqchilik xoʻjaliklarida tadqiqot oʻtkazib, amur baliqlarining 2-15%, karpning 13-20 % zararlanganligi va intensiv invaziyalanishi 5- 15 ekz ga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida ma’lumot bergan.

Muallifning qayd qilishicha, invaziyaning koʻtarilishi uch marotaba koʻzga tashlangan. Bu aprel oyida bir yillik chavaq baliqlar orasida 10-15% gacha koʻtarilishi, bu paytda baliqlar tabiiy ozuqalar bilan ozuqalanayotgan boʻladi. Ikkinchi invaziyaning eng yuqori koʻtarilishi avgust oyiga toʻgʻri kelib, segoletkalar 60-70% zararlanadi.

Uchinchi invaziyaning koʻtarilishi sentyabr oktyabr oylariga toʻgʻri kelib baliqlami bu paytda yem bilan boqish toʻxtatilgan boʻladi va ular zooplanton hamda zoobentos bilan oziqlanadilar. Ya’ni Botriotsefalusning lichinkasi bilan invaziyalangan oraliq xoʻjayin-siklonlar bilan oziqlanadi. Natijalarga ko’ra, muallif baliqlarni yil davomida uch marotaba degelmintizatsiya qilish kerak deb hisoblaydi. Muallifning ta’kidlashicha, Taenia solium, Taeniarhynchus saginatus, Echinococcus granulosus, coenurus cerebralis kabi gelmintlar odam va boshqa umurtqali hayvonlarda ham parzitlik qiladi.

Keng tarqalgan gelmintoz kasalliklardan yana biri difillobotrioz - antropozoonoz, tabiiy oʻchoqli invazion kasallik boʻlib, uni qo’zg’atuvchisi Diphyllobothrium avlodiga mansub tasmali sestodalar, odam va goʻshtxoʻr hayvonlaming ingichka ichaklarida parazitlik qiladi. Umurtqali hayvonlardan asosan it, mushuk, tulki va boshqa muynali hayvonlar bu tur gelmintlar bilan zararlanadilar.


Download 109,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish