Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

TO‘RTINCHI BO‘LAKNI QIDIRIB
Jangdan  keyin  muzey  direktori  qahramonlarimizga 
Duraduning qanoti evaziga va’da qilingan xarita bo‘lagini 
topshirdi. Ahmad shu zahoti uchta xaritani birlashtirib ko‘r-
di.  Qora  rangli  mato  bo‘laklari  bir-biriga  shunchalar  mos 
keldiki, xato ulanganda choklari sezilmadi. Ammo dumaloq 
matoning o‘rtasida tangadek keladigan joy ochiq qolgandi. 
Bu joy xaritaning to‘rtinchi bo‘lagiga tegishli edi.
Shu kuni qahramonlarimiz o‘zlari uchun ikki kunlik ta’til 
e’lon qilishdi. Ular bu ikki kun davomida Koinot muzeyida-
gi turli ajoyibotlarni ko‘rishdi, ko‘ngilochar bog‘larda miriqib 
hordiq chiqarishdi. Ta’tildan so‘ng ular qo‘mondon Dordon 
va muzey direktori bilan uchrashishdi.


131
–  Mana,  sizning  qo‘lingizda  koinot  xaritasining  uchta 
qismi yig‘ildi, – salmoq bilan gap boshladi Dordon. – Asli-
da, men koinot himoyachisi sifatida bunga yo‘l qo‘ymasli-
gim kerak. Zero, ajdodlarimiz bu xarita bo‘laklarining yana 
yig‘ilishini sira istashmagan. Bordi-yu xarita yovuz kuchlar-
ning qo‘liga tushib qolsa bormi, hammasi tamom!
Bu gaplardan Margol va Ahmadning rangi oqara bosh-
ladi.  Nahotki,  bu  ikki  rahbar  bir  bo‘lib  ulardan  shuncha 
mashaqqat  bilan  erishilgan  xaritani  tortib  olishsa?  Yo‘q, 
bunga aslo ko‘nib bo‘lmaydi.
– Biz qo‘mondon Dordon bilan kelishib, – endi direktor 
so‘zga kirdi, – sizlarni yolg‘iz qo‘ymaslikka qaror qildik.
Qahramonlarimiz  endi  yengil  nafas  ola  boshladilar. 
Xayriyatki, ularning maqsadi boshqa ekan.
–  Ha,  bundan  keyin  men  o‘zimning  shaxsiy  kemam 
va xos askarlarim bilan sizlarga hamrohlik qilaman. N
2

ni  topib,  Salmirni  halokatdan  qutqarguningizcha  mening 
nazoratimda bo‘lasiz. Safar so‘ngida esa xaritani o‘zimga 
qaytarib berasiz.
– Juda yaxshi, biz qarshi emasmiz, to‘g‘rimi, Ahmad? – 
Margol Ahmadga yuzlandi.
– Albatta, qo‘mondonning kemasi «Ko‘kkezar»ga sha-
takka olinsa bas.
– Unday bo‘lsa, qiladigan ishlarimizni kelishib olsak, – 
dedi Dordon Ahmadga savolomuz boqib.
Lekin hozirgi vaqtda na Ahmadda va na Margolda biror 
reja bor edi. Chunki xaritaning to‘rtinchi bo‘lagi dom-darak-
siz yo‘qolgan. Million yillar oldin meriyalik olimlar uni juda 
maxfiy tarzda yashirib qo‘yishgan. Hozirga kelib qadimgi 
meriya xalqi yo‘q bo‘lib ketgan. Ularning yashirin faoliyati-
dan xabardor biror jonning borligi esa katta shubha ostida 
edi. Shuning uchun qahramonlarimiz to‘rtinchi bo‘lakni to-
pish oson bo‘lmasligini, ularni hali oldinda juda og‘ir sinov-
lar kutayotganini yaxshi his qilib turishgan edi.


132
Kutilganidek,  to‘rtinchi  bo‘lakni  qidirish  jarayoni  qiyin 
 kechdi.  Mana,  bir  necha  oy  o‘tsa  hamki,  xaritadan  biror 
darak  yo‘q.  Bu  vaqt  oralig‘ida  fazogirlarning  galaktikada 
bormagan joyi deyarli qolmadi. Tarixchilar, yozuvchilar, et-
nologlardan
5
 so‘rab-surishtirishdi, ammo birorta kimsadan 
jo‘yali ma’lumot chiqmadi.
Shunda Ahmad va Margol koinot o‘tmishini boshqalar-
dan yaxshiroq biladigan galaktikadagi eng kuchli tarixchi-
ni  topib  u  bilan  suhbatlashishga  qaror  qilishdi.  Endi  ular 
ko‘proq o‘sha tarixchini qidirishga vaqt sarflay boshladilar. 
Yaxshi tarixchilarni esa galaktikaning eng qadimiy yulduz-
lari yaqinidan topish mumkin edi. Sababi, bunday yulduzlar 
tizimidagi sayyoralarda galaktikaning eng qadimiy xalqlari 
yashar, bu xalqlar koinotda sodir bo‘lgan barcha voqealar-
dan xabardor bo‘lib turar edilar.
‒ Xo‘sh, o‘sha qadimiy yulduzni qayerdan topamiz? – 
so‘radi bir kuni qidiruv ishlaridan charchagan Dordon.
–  Bunday  yulduzlar  galaktikamizda  ko‘p  bo‘lsa  kerak, 
– javob berdi Ahmad. – Masalan, 2014-yilda yerlik olimlar 
galaktikadagi  eng  qari  yulduzning  birini  aniqlashgan.  Bu 
yulduzning yoshi 13,5 milliard yilga teng, «Katta portlash»-
dan ko‘p o‘tmay paydo bo‘lgan. Yulduz Yer sayyorasidan 
6000 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Yulduzlar qariga-
ni sari kichrayib, soviy boshlaydi va o‘zidan juda kam yo-
rug‘lik nuri chiqaradi. Keksa yulduzlarni shu jihatiga qarab 
ham aniqlab olish mumkin.
‒ Yo‘-o‘q, – e’tiroz bildirdi Margol. – Bizga undan ham 
qari yulduz kerak. Aytishlaricha, bunday keksa yulduzlarni 
faqat galaktikamizdagi ikkinchi Qora tuynuk yaqinidan to-
pish mumkin ekan...
5  
Etnolog ‒ jahon xalqlarining kelib chiqish tarixi, madaniyatini 
oʻrganuvchi mutaxassis.


133

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish