Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

MUZOKARA
Direktor zudlik bilan xavfsizlik kengashini chaqirdi. Ken-
gashda «Ko‘kkezar» fazogirlari ham qatnashdi.
– Hozir general Obma bilan gaplashdim, – gap boshladi 
yuzi oqarib, terlab ketgan direktor. – Obma sizlarni unga 
topshirishimni talab qilyapti. Agar uning talabini bajarma-
sam, Koinot muzeyiga hujum qilmoqchi.
– Nega endi?! Biz sizning mahbusingiz emasmiz. Biz 
erkin fazogirlarmiz, – e’tiroz bildira boshladi Margol. – Siz 
qanotni  olib,  bizga  va’da  qilingan  xarita  bo‘lagini  topshi-
ring. Bir daqiqada ko‘zdan g‘oyib bo‘lamiz.
– Xo‘sh, sizlar ketganingizdan keyin-chi? – o‘rnidan tur-
di muzey qo‘shini sarkardasi. – Bizning sayyora bir say-
yohlik markazi, xolos. Katta qo‘shin saqlamaymiz. Qaroq-
chilar o‘n daqiqada muzeyimizni yakson qilib yuboradi.
– Sarkarda to‘g‘ri aytyapti. Bizning boshqa choramiz yo‘q, 
Obma menga 30 daqiqa muhlat bergan, – dedi direktor.
– Qanday qilib? – ajablandi Ahmad. – U 30 daqiqadan 
so‘ng hujumga o‘ta olmaydi. U kichkinagina yulduzlararo 
uchar kema bilan sayyorangizni yakson qilib tashlaydimi?
– Ahmadning gapi to‘g‘ri, – dedi Margol. – Hozir qaroq-
chilar biz salmirliklarning ekspeditsiyalar uchun mo‘ljallan-
gan  kemasida  uchib  yurishibdi.  Ularning  asosiy  kemasi 
800  yorug‘lik  yili  uzoqlikda  joylashgan.  Bu  yergacha  ikki 
oyda yetib kelsa ham katta gap!
– Josuslar bu gapni tasdiqlaydi, janob direktor, – o‘rni-
dan turib dedi boshqa bir harbiy.
– Menimcha, ularni qaroqchilarga topshirsak, juda katta 
xato bo‘ladi, – endi qahramonlarimizga yordam bergan di-
rektor kotibi ham o‘rnidan turdi. – Agar galaktikada Koinot 
muzeyi rahbariyati kelgan mehmonlarni qaroqchilar qo‘liga 
topshiribdi degan gap tarqalsa, hammasi tamom. Bizning 
muzeyga sayyohlar kelmay qo‘yadi. Bankrot bo‘lamiz!


123
Bu  gapdan  so‘ng  barcha  majlis  ishtirokchilari  sergak 
tortib qoldi. Haqiqatan ham kotibning e’tirozi juda o‘rinli edi.
– Unda nima qil deysiz? – jahl qildi direktor.
– Bizni qo‘yib yuboring, – Ahmad gap boshladi. – Biz 
to‘g‘ri Miks sayyorasiga uchib, katta qo‘shin bilan qayta-
miz.  Qaroqchilar  o‘zlarining  asosiy  kemalari  bilan  qaytib 
kelgunicha biz Miks qo‘shini bilan himoyalanishga ulgura-
miz.
– Miks qo‘shini bizga yordam berarkanmi? – ishonqira-
madi direktor.
– Yo‘q, ular sizga emas, bizga yordam berishadi. Miks 
qo‘mondoni Dordon har qanday vaziyatda yordamga shay 
ekanini aytgan. U bir so‘zli harbiy.
Ahmadning taklifi bu vaziyatda eng ma’quli edi. Direktor 
ham  muzey,  ham  sayyohlar  manfaatidan  kelib  chiqib  bu 
taklifga ko‘ndi. Ammo ular katta qo‘shin bilan ortga qayt-
maguncha xaritani bermasligi va adolat yuzasidan qanotni 
ham olmasligini aytdi.
«Ko‘kkezar» ekipaji majlis tugashi bilan Miks sayyora-
siga uchib ketdi. Direktor 30 daqiqadan keyin Obma bilan 
bog‘lanib, xotirjam ohangda mehmonlarning qochib ketga-
nini aytdi. Bir kunning o‘zida ikkinchi marotaba chuv tush-
gan Obma sharmandalarcha ortga qaytishga majbur bo‘l-
di. Endi u Koinot muzeyiga qaroqchilarning katta qo‘shini 
bilan qaytishga qasd qilgandi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish