Roning totalitar siyosati jamiyatda shaxs maqomini susaytirishga, barchani birdek o


II BOB LIRIK KECHINMA VA BADIIY IFODA



Download 146,92 Kb.
bet3/15
Sana14.07.2022
Hajmi146,92 Kb.
#797851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
asadddd

II BOB

LIRIK KECHINMA VA BADIIY IFODA
Dunyoda hech bir materiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Mazkur anglangan haqiqatni she’rga nisbatan qo‘llasak, uning ham o‘z-o‘zicha dunyoga kelmasligi ayon bo‘ladi. Xo‘sh, she’r ortida nima bor va u qanday tug‘iladi? Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, she’r qanday voqea-hodisa ostida yozilmasin, ma’lum tuyg‘u va kechinma ta’sirida dunyoga kelar va ularni poetik ifoda qilar ekan.
Lirik kechinma tushunchasi nisbatan yangi istiloh sanalsa-da, uning asosiy jihatlari to‘g‘risida qadimdan shakllangan estetik qarashlar mavjud. Jumladan, mashhur yunon faylasufi Aristotel’ ijod mohiyatini to‘rtta xususiyat (maqsadga muvofiqlik-aniqlik-uyg‘unlik-o‘ziga xoslik) belgilab berishiga urg‘u bergandi. Chunki poetik asar birdan dunyoga kelmaydi. Tuyg‘u kechinmaga aylanishi uchun bir nechta «bosqich»ni bosib o‘tadi: Chinakam lirika boshqa har qanday haqiqiy poeziya kabi inson yuragining chinakam mazmunini ifoda qilib berishi kerak. Biroq hamma narsa va hatto eng xolis, eng predmetli va eng moddiy hodisalar ham lirik mundarija kasb etarkan, shaxsan his qilingan, ko‘ngil ko‘zgusida yo‘g‘rilgan, tasavvur qilingan hamda o‘ylangan holda gavdalanmogi kerak. Bir tomondan, shoir ijodkor sub’ektiga muvofiq so‘zlar topishi kerak bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u ohang, qofiya, janr kabi ko‘proq she’rning shakliga tegishli bo‘lgan vosita-usullar bilan ish ko‘rishi shart.
Atama adabiyotshunoslikda XX asrning o‘ttizinchi yillaridan ishlatila boshlandi va inson tuyg‘usi, o‘y-xayollari majmui ma’nosini bildirib keldi. «Kechinma – lirikaning muhim mezoni bo‘lib, ijodni harakatga keltiruvchi ilk dard va uning hosilasidan iborat», - deb yozadi taniqli adabiyotshunos-olim Olim Sharafiddinov. Rus shoiri V.Mayakovskiy esa «kechinma tabiatida musiqa, ohang va rang uyg‘unlashib ketishi»ni alohida qayd qiladi. Rus munaqqidi M.Polyakov kechinma zalvorining tuyg‘u va assotsiatsiya nisbatidan tashkil topishini e’tirof etadi. Keltirilgan ta’riflar rang-barangligining o‘ziyoq lirik kechinma tabiatining murakkabligidan – ko‘p qatlamliligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi nazariy mulohazalardan kelib chiqqan holda she’r ortida turgan estetik hodisalar tasavvur aniqligi, tuyg‘u ta’sirchanligi, taassurot haqqoniyligi va kechinma yaxlitligidantashkil topadi.
Anglashiladiki, istiloh zamirida ifoda mustaqilligi hamda tasvir tiniqligi yotadi. Zotan, ijodiy originallik badiiy xoslanganlik darajasini belgilab beradi. O‘z navbatida, ichki mundarijada hissiyot va ong uyg‘unlashib ketadi. Binobarin, tasavvur va taassurot orasidagi zohiriy yaqinlik muayyan ma’noda she’r negizini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan alohida ta’kidlash joizki, sharh tadrijini kechinma emas, balki poetik turtki – dastlabki hosila ta’minlaydi. Tashbeh qo‘llanmasining ruhiy holatga munosabati qay darajada moslashuvchanlik kasb etishi lirik kechinma tabiatini izohlaydi, tartibga soladi hamda poetiklashtiradi.
Lirik kechinma tabiatining eng birinchi xususiyati uning samimiyligida namoyon bo‘ladi. Tuyg‘u chin bo‘lmasa, asar badiiyati kemtikligicha qoladi. Bu holat she’r suratidan siyratiga o‘tadi. Shoir ba’zi o‘rinlarda o‘z qalbidagi tuyg‘ular harakatini anglab etmasligi ham mumkin. Inson intellekti unutib yuborgan biror hodisa yoki holatni, ko‘pincha odamzotning qalb xotirasi qayta tiklaydi:
Yana yozilmagan qancha quvonch, mung –
To‘kilmay ko‘ngilda yotgan tuyg‘ular.
Garchand –
Hidlay desang havoning isi yo‘q,
Tinglasang sasi.1
deb kuylaydi H.Xudoyberdievaning lirik qahramoni. Satrlarning voqeiy mazmuni bizga shoira qalbida nish urgan va teranlashayotgan dard-tuyg‘ulari haqida tasavvur beradi. G‘ayrishuuriy ifoda originalligi ham she’riy kechmish qirralaridan biri hisoblanadi. Zero, ehtiros to‘la ma’nodagi xususiy hodisadir. Shunday ekan, ijodda tasvir originalligini ob’ekt mazmuni emas, balki hissiy ta’sir yo‘nalishi belgilab beradi.
Lirik kechinma tabiatining namoyon bo‘lish tarzini quyidagi xususiyatlar belgilab beradi:
Birinchidan, san’atkor ko‘ngil dunyosida voyaga etayotgan orzu-istaklar bilan tashqi muhit realligi orasida ziddiyat paydo bo‘ladi. Mazkur ixtilof ko‘lami hayotiy umumlashma yoki timsol aniqligi misolida namoyon bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, bu o‘rinda dardning turmush tafsilotlariga maksimal darajada yaqinligi asosiy me’yor hisoblanadi. Aniqrog‘i, ichki mushtaraklik estetik jozibani yuzaga chiqaradi:
Taqdir saroyiga farrosh tutindim,
Dilimga suv sepib g‘amni supirdim.
Kelmadi mehmon-ey,
Kelmadi mehmon.
Aziz Said ijodidan keltirilgan parchada xohish va imkon o‘zaro to‘qnashadi. She’rning har bir komponenti – so‘z, konstruktsiya, misra, tashbeh, istiora – barcha-barchasi shoir qismatidan aks-sado bo‘lib chiqayotgan mahzun, ayni paytda dilrabo nidoning tabiatiga muvofiq jaranglaydi, shoir niyatiga ajoyib tarzda singishib ketadi, uning a’lo darajada ro‘yobga chiqishini ta’min etadi. She’r masnaviy janrida yozilgandek taassurot uyg‘otsa-da, unda mumtoz shakl qoidalariga qat’iy rioya qilinmagan. Ilinjning hayot zarbalariga urilishi kechinma yaxlitligini belgilab beradi.
Ikkinchidan, tabiatdagi dialektik uyg‘unlik ham ijodkor zavq-shavqini uyg‘otadigan, estetik jihatdan mushtaraklik hosil qiladigan vositaga aylanishi mumkin. Mazkur hamohanglik ehtirosning bosqichma-bosqich quyuqlashishiga zamin hozirlab, tuyg‘u va ong o‘rtasidagi zinapoya vazifasini bajaradi:
…Endi safsar kechalarda oq,
mash’alalar tutib, ulug‘vor.
Kengliklarda kezar chiroyli
kunduzlarni axtarib bahor.
Shavkat Rahmon qalamiga mansub satrlarda manzara va hissiyotning majoziy uyg‘unlashuvi suvratlangan. She’r ruhiy holatning inson tasavvuriga o‘tkazgan shuuriy bosimi hosilasi sifatida maydonga kelgan. Tabiatni moddiylashtirishga moyillik shoir kechinmalarini ifodalash vositasiga aylangan. E’tiborli jihati, kayfiyat chizgisi bahor jozib nafosatiga hamohang-hamjins-hamnafaslikda ayonlashadi. Rus adabiyotshunosligida kechinmani obraz shaklida talqin etish tamoyili ko‘zga tashlanadi: Lirik obraz – bu obraz kechinmadir. Obrazda aks etgan, ifodalangan kechinma etakchi o‘rinda turgan she’rlar adabiyotda ko‘pchilikni tashkil etsa-da, kechinma nafaqat obraz, balki tuyg‘u, o‘y, fikr, ohang, ritm shaklida ham shoir ko‘nglidan o‘tadi. Shu o‘rinda bir qiziqarli holatga duch kelamiz. Lirik kechinma va she’riyat munosabati, badiiy asar va pafos munosabatiga o‘xshab ketadi. Badiiy asarning pafosi uning umumiy ruhini bildirsa, kechinma she’rdagi asosiy g‘oya singdirilgan tuyg‘uni ifodalab beradi. Lirik kechinma tuyg‘uga nisbatan keng tushunchadir. Aniqrog‘i, kechinma tuyg‘uni kamrab oladi, ammo har qanday tuyg‘u kechinma bo‘lolmaydi. Shoir she’rga asos bo‘ladigan kechinmani yuzlab hislar orasidan tanlab, ajratib oladi. Taqsimotning shartlaridan biri kechinmaning estetik tomoni – go‘zalligidir. Ayni paytda, mazmuniy ifoda etakchi ahamiyat kasb etmaydi. Chunki kechinma asl holatda yoqishi yoki yoqmasligidan qat’iy nazar, san’at asarida qayta tiklanar ekan, muqarrar badiiy zavq manbaiga aylanadi, ya’ni albatta yoqimlilik kasb etadi. Kechinma tanlashning yana bir sharti esa o‘sha tuyg‘uni istagi shoir uchun ijodkor va inson sifatida zaruratga aylanishi shart: «Umuman, she’riyat kishi qalbiga, eng avvalo, ruhiy tashnalik, cheksiz ehtiyoj, ajib bir sehr tariqasida kirib keladi, shekilli. Shuning uchun men she’rni ehtiyoj farzandi, deb atayman.
Odatda, ulkan va iste’dodli san’atkorlarning butun bir ijodigina emas, balki har bir asari o‘nlab, yuzlab olimlar tomonidan batafsil tadqiq qilinadi, sinchiklab o‘rganiladi. Mabodo, ular bir joyga jamlangudek bo‘lsa, ajoyib bir tafakkur chamanzori dunyoga keladi. Undagi bir-biriga mutlaqo o‘xshamagan har bitta gul o‘z rangi hamda tarovati bilan ko‘ngillarga orom beradi va ijodkor gulzorining turfaligini ko‘rsatuvchi fazilatga aylanadi. Masalan, ulug‘ Alisher Navoiy ijodi 500 yildan buyon tadqiq etilyapti, bundan keyin ham o‘rganilaveradi. Bu bilan Navoiy ijodi haqida aytiladigan fikr qolmadi, degan muammo kelib chiqmaydi. Aksincha, fikr fikrni uyg‘otadi deganlaridek, ijodkor uslubi va mahoratining yangi-yangi qirralari ochilaveradi. Chunki haqiqiy iste’dodli san’atkorning ijodiy merosi ummonga o‘xshaydi. Unga sho‘ng‘igan g‘avvos nasibasiga yarasha duru gavharlarni terib chiqaveradi, ular esa mutlaqo tugamaydi. Zamonamizning iste’dodli shoiri Erkin Vohidov ijodi ham ana shunday ummonlardan biridir. Agar shoir ijodi haqidagi ilk maqolalar matbuotda e’lon qilinganiga yarim asrdan oshganini inobatga olsak (T.To‘la. “Sharq yulduzi”ni varaqlab... “Sovet O‘zbekistoni” gaz. 1961. O.Sharafiddinov. Talant va mas’uliyat. “O‘zbekiston madaniyati” gaz. 7.08.1962), hozirgacha bu ummondan yig‘ib olingan javohirot xazinasining hisobiga yetish mushkul ekanligi ayon bo‘ladi-qoladi. Shundan buyon o‘tgan davr mobaynida biron bir o‘zbek adabiyotshunosi yo‘qki, o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarida, hech qursa, bir marta Erkin Vohidov nomini tilga olmagan, shoir ijodiga xos yangi bir fazilatni kashf etmagan bo‘lsin! Shunga qaramay, bu san’atkor ijodining ochilmagan qatlamlari juda serob. Men ham ana shu qatlamlar qa’riga kuchim va nafasim yetgancha sho‘ng‘ib, Erkin Vohidov she’riyatining o‘zim ilg‘agan ayrim fazilatlari haqida fikr yuritmoqchi bo‘ldim.
Avvalo, Erkin Vohidov poetik tafakkuri g‘oyat keng va tiniq shoir ekanligini ta’kidlash zarur. Hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga teran nigoh bilan qarash, ularning tub mohiyatini anglashga intilish, qaysi biri xayrli, qay biri soxtaligini aniqlay olish istagi shoirning ilk ijodiy qadamlaridan buyon yo‘ldosh bo‘lib kelayotir. Shoirning badiiy tafakkuri doimiy harakatda bo‘lgani tufayli o‘zining sarxil mevalarini tez va mo‘l-ko‘l bera boshladi. Natijada, E.Vohidov ijodi jadal sur’atlar bilan kamolot cho‘qqisiga ko‘tarildi va ustoz adabiyotshunos Umarali Normatov lutf qilganlaridek, shoir qalamiga mansub har bir so‘z, har bir satr chindan ham “Ko‘ngillarga ko‘chgan she’riyat”ga aylandi.
Juda yaxshi eslayman: 1961 yilda Erkin Vohidovning mo‘‘jazgina “Tong nafasi” deb atalgan she’rlar to‘plami bosilib chiqdi va tez orada qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Ayniqsa, biz kabi yoshlar (o‘shanda 1-kurs talabasi edim) bu kitobchadagi barcha she’r­larni yodlab olib, davralarda, to‘y-ma’rakalarda, qizlar bilan uchrashuvlarimizda “o‘zimizniki” qilib o‘qib yurardik. Albatta, ba’zan dakki ham eshitardik, negaki, o‘sha paytda Erkin Vohidovni o‘qimagan odam yo‘q edi-da! Lekin biz bu tanbehlardan ranjimasdik, sababi Erkin Vohidov degan shoir o‘zimizning Oltiariqdan, demak, biz bitta odammiz degan yupanch bizga dalda bergan. Ha, Erkin aka birinchi she’rlar kitobi bilanoq o‘zimizniki bo‘lib qolgan, uning she’rlari bizning ko‘nglimizga ko‘chib kirgan, hecham chiqib ketgisi kelmasdi va hozirgacha ham bemalol yashayapti. Endi ayting-chi, shoir uchun bundan ortiqroq baxt, bundan buyukroq taxt bormi?!
Mana, shundan buyon 50 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu davrda Erkin Vohidov ijodi ham bo‘yiga, ham eniga, ham aylanasiga beqiyos darajada o‘sdi, vazni va salmog‘i ortdi. Bugun Erkin Vohidov o‘zbek adabiyotining yorug‘ yulduzi, katta ijodiy maktab yaratgan ulkan san’atkor bo‘lib tanildi.
Ma’lumki, Erkin Vohidov tengdosh bo‘lgan avlod adabiyotga o‘tgan asrning 60-yillarida kirib keldi va o‘zbek she’riyatini ham shaklan, ham mazmunan tubdan yangiladi. Aynan shu yillarda qo‘liga qalam olgan shoiru yozuvchilar yuragi ozodlik, erk tuyg‘usi bilan to‘lib-toshgan edi. Hurriyatga, erkka intilgan bu ijod ahli o‘z asarlari ruhiga, eng avvalo, millatning qadr-qimmatini ulug‘lashni, milliy iftixor tuyg‘usini singdirishni istadi va bunga dadil kirishdi. Natijada, bu avlodning ilk she’rlariyoq o‘sha paytdagi jamiyatda chuqur tomir otgan yolg‘onga, soxtalikka, balandparvozlikka qarshi isyon sifatida jarangladi. Ammo bu isyonni ochiq-oshkora bayon etish mumkin emasdi. Chunki yakkahokimlikni boy berib qo‘yishni istamagan kommunistik mafkura zaharli tishlarini qayrab turardi. Xayriyatki, she’riyatda fikrni ramziy timsollar orqali ifodalash, tikonni gulga o‘rab “tortiq” qilishning turli usullari va vositalari bor. 60-yillar ijodkorlari ana shu usul va vositalardan unumli foydalanib, odamlar yuragiga kirib bordilar. “Mening ham o‘sha yillarga mansub she’rlarimning har uchtadan bittasida jamiyatdagi yolg‘onu aldovlarga qarshi isyon tuyg‘usi bor” deydi bu haqda E.Vohidov (“Bu obod kunlarga yetdik sog‘-omon...” Suhbat. “Tafakkur” j., 2011, 3-son).
Aslida, bu avlodning xizmati shu bilangina cheklanmaydi. Chunki ular o‘z qutlug‘ qadami bilan she’riyat sohasidagina emas, balki ijtimoiy-siyosiy jabhalarda ham, ma’naviy-ma’rifiy maydonda ham tub o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Har bir ijodkor qullikka mahkum etilgan xalq o‘zining ayanchli turmushi mohiyatini chuqurroq anglasin, unga tanqidiy nuqtai nazardan qarasin, degan qutlug‘ niyat bilan qo‘liga qalam oldi, butun adabiyoti, ma’naviyati, ma’rifati tarixida tom ma’noda yangi sahifalar ochdi. Ular badiiy so‘z vositasida odamlarning mudroq qalbini uyg‘otdi, ong-shuurida isyon yasadi.
Odamlarga faqat she’rigina emas, balki o‘zi ham kerakligini chuqur his etib yashash istagi Erkin Vohidovni hamisha ana shu avlodning oldingi safida yurishga undadi. Shoir ijodining ilk qadamlaridan ijodkorlik va fuqarolik mas’uliyatini chuqur his etib, uning zalvorli yukini ongli ravishda zimmasiga ortgan holda yashab va ijod qilib kelmoqda. Agar sinchiklab qaralsa, Erkin Vohidov asarlarida millat sha’niga maqtov yog‘dirishdan, unga hamdu sanolar o‘qishdan ko‘ra, ko‘proq insonning hayot oldidagi burchini anglashi, zamon uning yelkasiga ortayotgan tahqirli yukdan qanday qilib ozod bo‘lish yo‘llarini izlashi lozimligi to‘g‘risida yozishni muhimroq deb bilganini anglash qiyin emas. Shu boisdan, u butun hayoti davomida ham ijodiy, ham ijtimoiy faoliyatini bir-biriga qo‘shib olib bordi va bu uzviy bog‘liqlik shoir she’rlariga o‘ziga xos mazmun hamda rang bag‘ishladi.
Erkin Vohidov har doim ijodining boshlanishida aytgan:

Download 146,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish