VI
bo'lim «Jamoat tashkilotlari» deb nomlangan va bu hujjatlar 596, 27,
81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279- fondlarda saqlanmoqda.
VII
bo'lim «Diniy nazorat fondi» deb nomlangan. Bu haqdagi
ma'lumotlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda.
Ko'rsatkichga ilova sifatida VIII bo'limda geografik va shaxsiy ko'rsatkichlar,
sharq tillaridagi ayrim so'z va terminlarga izohlar ham berilgan.
O'zbekiston Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan bu bebaho hujjatlar XIX
asrning ikkinchi yarmidan to XX asrning boshlari gacha bo'lgan O'rta Osiyo, shu
jumladan, o'zbek xalqlari tarixini, ayniqsa jonajon o'lka tarixini o'rganishda katta
manba bo'lib xizmat qiladi.
Arxiv ishlari, uni tartibga solish va rivojlantirish faqat 20- yillardan keyingina
to'liq amalga oshirila boshlandi. Dastlabki kunlardan boshlab arxiv ishlarini
tartibga solish va qayta qurish tadbirlari amalga oshirildi. 1918 yil 1 iyunda sobiq
Sovet hukumatining «RSFSRda arxiv ishlarini qayta qurish va markazlashtirish
to'g'risida» deb chiqargan dekreti asosida Turkiston ASSRda, so'ng O'zbekiston
SSRda ham arxiv ishlari qayta ko'rib chiqildi va markazlashtirildi.
1931 yil 20 mayda O'zbekiston Markaziy Ijroiya Qo'mitasining qaroriga
asosan O'zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi tashkil etildi. O'sha paytgacha 20
— 30- yillarga doir hujjatlar O'zbekiston SSR Markaziy arxiv ishlari
boshqarmasining xar xil sektsiyalarida saqlanib kelinar edi.
Tarix va madaniyat, yuridik va iqtisodiy bo'limlardagi 122 ta fonddagi 188
710 ta (ed. xr.) ish yoki hujjat 1926 yilga qadar arxiv ishlari boshqarmasining 3
sektsiyasida saqlanib keldi.
1924 yili O'rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o'tkazilishi munosabati
bilan Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Sovet Xalq Respublikalari tugatilib,
ularning o'rnida O'zbekiston SSR tashkil topgach, soha arxivlaridagi barcha
hujjatlar O'zbekiston Markaziy davlat arxiviga topshirildi va arxiv fondlari shu
hujjatlar hisobiga boyidi. SHundan so'ng, O'zbekiston SSRning barcha
tashkilotlaridagi hujjatlar muntazam ravishda Markaziy arxivga kela boshladi.
Ministrlar Sovetining 1958 yil 20 noyabrdagi 750- sonli qaroriga asosan
Markaziy Davlat arxivi qayta tuzilib, uning fondlari asosida o'lkani industrlash
bo'limi tashkil qilindi. 1959 yilning 1 yanvariga kelib bu bo'limdagi fondlar soni
1527 taga va undagi hujjatlar soni 503 604 taga etdi. Bu esa O'zbekistonda arxiv
ishlarining nihoyatda rivojlanib ketayotganligidan darak beradi. Hozirgi kunda
juda ko'p sonli hujjatlar tartibga solingan, chiroyli qilib tematika asosida batartib
taxlab qo'yilgan har bir fonddan xech qiynalmay foydalanish mumkin bo'lgan
ko'rsatkichlar, har bir mutaxassislik bo'yicha maxsus sistematik kataloglar tuzib
chiqilgan. Har bir fondga obzorlar berilgan. Xullas, arxivda saqlanayotgan juda
ko'p va turli-tuman sohalarga, tarmoqlarga bo'lingan bu xujjatlardan kerakligini
osongina topib foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bu bo'limda Turkiston ASSR,
Buxoro va Xorazm Xalq respublikalari va O'zbekiston SSRning tashkil topgan
davrdan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan, davlat, jamoat va kooperativ
muassasalari, respublika ahamiyatiga molik bo'lgan tashkilotlar: sud va
prokuratura organlari, ilmiy-tadqiqot, o'quv-tarbiya, madaniy-maishiy, ma'rifat va
maorif, kasaba soyuz va jamoat tashkilotlari hamda ayrim shaxsiy fondlar ham
mavjud.
Bu hujjatlar 1917 yil fevral’ oyidan to hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z
ichiga oladi.
Markaziy arxiv fondlaridan joy olgan bu hujjatlar faqat o'zbek xalqining
tarixinigina emas, balki turkman, tojik, qirg'iz, qozoq va boshqa qardosh xalqlar
tarixini ham chuqur va har tomonlama o'rganishda katta ahamiyatga egadir.
O'zbekiston Markaziy davlat arxivi fondlarida ham tadqiqotchilarning qo'li
tegmagan Turkiston xalqlarining 1918—1920 yillarda olib borgan milliy ozodlik
va erk uchun kurashlari. Turkiston Sho'rolar hukumatining Turkiston muxtoriyatini
tan olmaganligi, uni ag'darib tashlagani va yo'q qilganligi, milliy mustaqillik uchun
kurash olib borgan Qo'qon, Andijon, Marg'ilon, Namangan kabi shaharlar
aholisining sho'rolar tomonidan shafqatsizlik bilan qirib yuborilganligi, milliy
siyosatni amalga oshirishda sho'rolar hukumatining yo'l qo'ygan xatolari natijasida
birgina Farg'ona vodiysida 180 dan ortiq shaharlarning shafqatsizlik bilan yo'q
qilib yuborilganligi haqida juda qimmatbaho hujjatlar mavjud.
O'zbekiston Markaziy arxivi Chilonzor ko'chasidagi to'rt qavatli hashamatli
binoda joylashgan. Bu bino arxiv saqlashga moslab qurilgan uning arxiv hujjatlari
saqlanayotgan xonalaridan tortib, to o'quv zaligacha hozirgi zamon talabiga javob
beradigan qilib jihozlangan. Uning o'quv zali bilimga tashna bo'lgan insonlar bilan
har doim to`la.
Arxiv hujjatlari asosida juda ko'p ilmiy ishlar qilindi. Hozirgi kunga qadar
shu materiallar asosida 200 dan ortiq dissertatsiya yoqlandi.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi tarix va arxeologiya instituti ilmiy xodimlari
to'rt jildli «O'zbekiston SSR xalqlari tarixi»ni arxiv hujjatlari asosida yaratdilar.
«O'zbekiston xalqlari tarixi» ning uch jildligini yaratishda ham arxiv hujjatlaridan
keng foydalanadilar. Nashrdan chiqqan ko'pgina yirik ilmiy ishlar shu arxiv
hujjatlaridan foydalangan holda maydonga keldi. O'tgan davrda o'zbek xalqi
erishgan yutuq va kamchiliklar haqida ma'lumotlar olishda arxiv materiallaridan
juda ko'p foydalanildi va yirik ilmiy ishlar qilindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish va o'rganishga bo'lgan qiziqish kundan kunga
ortib bormoqda. Hozirgi kunlarda pedagogika institutlarining tarix fakul’tetlariga
«O'lkashunoslik» kursining kiritilishi talabalarning arxiv hujjatlarini o'rganishga
bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Ko'pgina talabalar o'zlarining kurs ishlari
va diplom ishlarini mana shu arxiv materiallari asosida yozmoqdalar.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtirish maqsadida «Ko'rsatkich»
(Putevoditel’)lar nashr qilingan. Bular esa arxivda saqlanayotgan fondlarning
mano va mazmunini ochib beradi, hujjatlarni o'rganuvchilarga qulaylik tug'diradi.
Ko'rsatkich 8 bo'limdan iborat bo'lib, ular tarmoqlar va sohalarga moslashtirilgan.
Har bir bo'lim va boblarda voqealar tartib bilan tavsiflangan va xronologiyaga
asoslangan. Ko'rsatkichda ayrim fondlarning ilmiy jihatdan muhimligigni aks
ettiruvchi individual xarakteristikalar ham berilgan. Har bir individual
xarakteristika to'rt qismdan, ya'ni fondning nomi, fond haqidagi spravka-
ma'lumotlar, fondning tashkil qilingan vaqti va materiallarning sahifalari, fond
materiali haqida annotatsiya qismlardan iborat. Ma'lumotnomadan fondning
raqami, fondi saqlanayotgan ishning hajmi, hujjat yozilgan yil, ilmiy-axborot
apparatlarining
hammasi
ko'rsatkichga
kiritilgan.
Annotatsiyalar
fond
materiallarining asl mohiyatini, qisqacha mazmunini, faolligini ochib beradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining «Turkiston ASSRning
tashkil topishi» degan bo'limidagi fondlarni, shu davr uchun nashr qilingan
Ko'rsatkich bo'yicha ko'rib va tanishib chiqamiz.
Ko'rsatkichning birinchi bo'limi «Turkiston hududida Muvaqqat hukumatning
tuzilishi va ishchi-soldat deputatlari Soveti (oktyabrgacha») deb nomlangan.
Bunda Vaqtli hukumatning Turkiston Qo'mitasi xaqidagi hujjat (1760-fondda) va
Turkiston o'lka soldat va ishchi depuuatlari Soveti (1-chaqirig'i) haqidagi hujjatlar
(1613-fondda) saqlanmoqda.
«Davlatning oliy organlari va davlat boshqarmalari» deb nomlangan ikkinchi
bo'lim ham o'z navbatida 5 bobdan iboratdir. Birinchi bob — Turkiston ASSRning
davlat organlari va davlat boshqarmalari deb atalgan hujjatlar (17, 13, 16, 25, 20,
18, 111, 39, 621, 38, 35, 606, 34, 208, 33, 37, 337, 29, 182, 184, 215, 41 va 21-
fondlarda); II bob — «Buxoro Xalq Respublikasi davlat organlari» (46, 47, 48, 49,
50, 1616, 56, 57, 61, 63, 58, 62, 51, 52, 68- fondlarda saqlanmoqda); III bob —
«Xorazm Xalq Resiublikasi davlat hokimiyati organlari va boshqarmalari»ga doir
hujjatlar (71, 72, 73, 74, va 75- fondlarda); IV va V boblar — «O'zbekiston Davlat
organlari va davlat boshqarmalari faoliyati»ga doir hujjatlar (87, 86, 225, 837,
1807, 85, 95, 81, 2027, 1, 9, 11-fondlarda); Adliya va sud organlari» deb
nomlangan uchinchi bo'lim hujjatlari 904, 344, 343, 354, 345, 1713 va 1714-
fondlarda asralmoqda.
«Xalq xo'jaligi tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining faoliyati»ga doir
to'rtinchi bo'limning o'zi xam 7 bobga bo'linadi. Birinchi bob — «Planlashtirish va
statistika» deb ataladi (88, 10 va boshqa fondlarda); «Moliya» deb nomlangan
ikkinchi bobdagi hujjatlar 93, 1680, 335, 634, 2086, 430, 333, 332, 436- fondlarda;
«Sanoat» degan uchinchi bobdagi hujjatlar 89, 283, 103, 1977, 2117, 109, 2113,
87, 132, 1867, 1023, 2097, 2105, 2106 va 2038- fondlarda; «qishloq xo'jaligi» deb
nomlangan to'rtinchi bobdagi ma'lumotlar 90, 611, 233, 226, 674, 218, 756, 473,
301-fondlarda saqlanmoqda; «Savdo, ta'minot va tayyorlov tashkilotlari» deb
atalgan beshinchi bobdagi materiallar 91, 274, 320, 701, 141, 272, 1753, 293 va
1943- fondlarda; «Transport va aloqa» bobi 233, 608, 2, 235, 244, 2085 va 5
fondlarda va nihoyat ettinchi — «Loyihalash va qurilish» bobidagi xujjatlar 169,
170, 610, 114, 2061, 2048, 2092 va 1956- fondlardan joy olgan.
Beshinchi bo'lim «Madaniy va maishiy tashkilotlar» deb ataladi va bunga oid
hujjatlar ham 4 bobdan iborat. Birinchi bob — «Xalq maorifi va fan», bundagi
materiallar 94, 368, 375, 374, 633, 414, 364, 632, 631, 630, 361, 2091, 2082, 743,
394, 412, 1876- fondlarda va «Matbuot» deb nomlangan boblar esa 402, 431, 155,
405, 404, 403, 408, 409- fondlarda saqlanadi. «San'at» bobidagi hujjat lar 2087,
2062, 2088, 2089 va 417- fondlarda; «Sog'liqni saqlash» sohasidagi to'rtinchi
bobga doir hujjatlar 131, 350 va 2096-fondlardan joy olgan.
«Mehnat va sotsial ta'minot tashkilotlari» deb nomlangan oltinchi bo'limdagi
hujjatlar arxivning 97, 328, 96, 419 va 421- fondlarida saqlanadi. «Kasaba
uyushmalari va jamoat tashkilotlari» deb nomlangan bo'lim ham uch bobdan iborat
bo'lib, birinchi bobga «Kasaba soyuzlar» haqidagi hujjatlar arxivning 735, 805, 20,
747, 792- fondlarida saqlanadi. “Jamoat tashkilotlari” nomli bobdagi hujjatlar 44,
245, 126, 406, 840, 423, 239, 348 va 424- fondlarga kiradi. «Sport
tashkilotlarining hujjatlari» 2043, 2053, 2047- fondlarda va nihoyat «SHaxsiy
fond» deb nomlangan oxirgi bo'lim 7226, 1591-fondlarda saqlanadi.
O'lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri hisoblangan arxivshunoslik
Vatan tarixini, shu jumladan, o'z o'lka tarixini har tomonlama va chuqur
o'rganishda talabalarga katta yordam beradi.
SHuni ta'kidlab o'tish kerakki, respublikamizning hamma rayonlarida va
oblastlarida rayon va oblast’ davlat arxivlari mavjud. Rayon arxivlari o'z qo'l
ostidagi barcha muassasa va tashkilotlardagi davlat ahamiyatiga ega bo'lgan
hujjatlarni yig'ib oladi va ma'lum muddatdan so'ng ularni oblast’ davlat arxivlariga,
ular esa o'z soha va tarmoqlari bo'yicha respublika arxivlariga yoki boshqarma yo
vazirliklarga, ular xam o'z navbatida bir qancha muddat saqlaganlaridan so'ng
Markaziy davlat arxivining qonun-qoidalariga rioya qilgan holda hujjatlarni
tayyorlab, so'ng Markaziy davlat arxiviga topshiradi. O'zbekiston Markaziy davlat
arxividagi hujjatlar o'z ahamiyatiga qarab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki
akt qilib yoqib tashlanadi.
Bundan tashqari, Toshkentda respublika partiya tashkilotlari, ya'ni rayon,
oblast’, respublika partiya tashkilotlarining ham maxsus arxivlari mavjud. Bu
arxivlarda boshlang'ich partiya tashkiloti hujjatlari saqlanadi. Bu arxivlardan
tashqari yana bir necha tarmoqlarni o'z ichiga olgan arxivlar ham bor.
O'qituvchi arxiv hujjatlaridan muntazam ravishda, har bir mavzuni bayon
etish jarayonida o'rinli va unumli foydalanishi uchun oldindan qaysi arxivning
qanday fondidan qaysi mavzuni o'tishda qo'llash mumkin bo'lgan materiallarni
aniqlab olishi zarur.
Agar o'qituvchi partiyaning agrar siyosatini o'quvchilarga tushuntirayotgan
vaqtida O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining 1, 9, 25, 29, 167,
218, 301, 473, 674, 754- kabi fondlarida saqlanayotgan 1917—1920 yillarda xalq
xo'jaligini qayta qurish va tiklash, kooperativ rejani amalga oshirish uchun olib
borilgan kurash, meliorativ shirkatlar va «Qo'shchilar soyuzi»ning ish faoliyati
xalq xo'jaligini rayonlashtirish, irrigatsiya va suv xo'jaligini qayta qurish va
takomillashtirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, paxta mustaqilligi va
yakka hokimligining kelib chiqish sabablari o'sha hujjatlardan foydalangan holda
bayon qilinsa juda maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Buning uchuy o'qutuvchining o'zi arxivdan foydalanish yo'llarini yaxshi
bilishi shart.
Arxiv hujjatlari har bir darsning g'oyaviy, siyosiy tomonlarini faktik
materiallar bilan boyitishdan tashqari, uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatini
oshiradi, yosh yvlodni esa vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosini o'rganishga
bo'lgan qiziqishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |