Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Karimov I. A. O'zbekiston: Milliy istiqlol, iktisod, siyosat, mafkura.
Toshkent. «O'zbekiston» 1996 yil.
2.
Nabiev A. «Tarixiy o'lkashunoslik» Toshkent. «O'qituvchi» 1978 yil.
3.
Sulaymonova F. SHarq va G'arb. Toshkent. «O'zbekison» 1997 yil.
4.
CHoriev Z. Tarixiy atamalarni kiskacha izoxli lugati, Toshkent. 1999 y.
5.
Jabbarov I. “ O'zbek xalq etnografiyasi” Toshkent. 1964 y.
Mavzuga oid tayanch so'z va iboralar:
1. Etnografiya
9. Qang'li - qipchok
2. Etnologiya
10. Nukus- mang'it.
3. San' at
11. Fol’klorit
4. Etnik va oilaviy tuzum
12. Leksikograf.
5. Etnogenez
13.
Diplomatik
missiya.
5-MAVZU:TARIXIY O‘LKASHUNOSLIKNI O‘RGANISHDA YOZMA VA
ARXIV MANBALARNING TUTGAN O‘RNI
REJA:
1. Oʻlkamiz qadimgi yozma manbalarda
2. Ogʻzaki manbalar. Folklorlik asarlarni toʻplash
3. Oʻlkamizni oʻrganishda davriy matbuotdan foydalanish
4. O'lkashunoslikni rivojlantirishda arxivshunoslikning o`rni
5. Muassasa va davlat arxivlari.
1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning yozuvlari qaysi davrda
shakllanganligi haqida aniq malumotlar yoʻq. Ayrim kam monli topilmalar
(Qadimgi Xorazm sokol idishlari sirtidagi yozuvlar va saklarning «nomalum
xatlari») bu jaraen miloddan avvalgi V-IV asrlarda boshlanganligi dalolat beradi.
Ammo bu malumotlar toʻliq emas. Dastlabki yozuvlar tashqi shaklning
takomillashuvi, alifbo tuzulishi qonunlari va tillarning ichki mazmuni koʻp
tomondan nomalum boʻlib, yaxshi oʻrganilmagan, bu jaraenni aniqlash uchun juda
koʻp manbalarga asoslanish lozim. Afsuski, Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi
VII-VI asrlarga oid tanga pullar (tanga yozuvlari), sopol e»och va boshqa
buyumlarga bitilgan yozuvlar eki hujjatlar topilmagan. Albatta, yuqorida
koʻrsatilgan davrda yurtimiz shaharlarida tanga pullar zarb etilmagan chunki huddi
shu paytda (mil.avv.VII-VI asrlar) eng qadimgi tangalar dastlab Kichik Osiyoda
vujudga kelgan. Bundan oldingi asrlarda esa savdo-sotiq munosabatlarida pul
vazifasini kumu shva oltin, qimmat baho buyumlar va yaltiroq toshlr, don va
chorva mahsulotlari bajargan. Miloddan avvalgi III-I asrlarda Markaziy Osiyoga
oid koʻplab tangalar topilgan boʻlib, ular ulkamiz tarixini oʻrganish uchun kata
ahamiyatga ega. Bundan tashqari to oʻrta asrlarga qadar etib kelgan koʻplab noyob
yozuv yodgorliklari tosh, sopol, kumush, egʻoch, chori va qogʻoz buyumlariga
bitilgan turli xil malumotlardan iboratdir. Miloddan avvalgi I ming yillikning
birinchi yarmida yurtimizda joylashgan turli xalqlar qadimgi sharq-eroniy tillar
shevalarida gapirganlar. Ularning etnik qiefasi va tillari bir-biriga yaqin boʻlgan.
Shuning uchun ham su»dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar qarindosh xalqlar
boʻlib, bir-birlarini yaxshi tushunganlar. Qadimgi sharq-eroniy tillarni urganishga
oid kata ilmiy adabiyot mavjud. Ushbu tillar guruhini Avesta tli, sugʻdlar,
xorazmiy ular va aqtriylar tillari tashkil qilgan.
«Avesto» -zardushtiylik dinining muhaddas kitobi boʻlib, dindagi
xalqlarning shariat qonunlari majmuidir. Zamonamizga etib kelgan «Avnsto»
qismlar milodning III-VII asrlarida tahrir qilingan «Avesto» boblari «pahlaviy»-
oʻrta fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iboratdir. «Avesto» oʻrta fors
tilidan «Apastak» eki «Asos» deb tarjima qilinadi. «Avesto» tili eroniy tillarning
eng qadimgi shevalaridan biri boʻlgan va olimlar fikriga koʻra, qadimgi fors tiliga
nisbatan ancha oldingi bosqichda, milodin avvalgi II ming yillikning I ming
yillikning boshlarida paydo boʻlgan. «Avesto» birinchi boʻlib, XVIII asrda frantsuz
olimi Anketil Dyuperron tomonidan tarjima qilingan. Uning qoʻyidagi
qoʻzyozmalari XIII asrga oid boʻlgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi bu xumning sirtida
tasvirlangan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U kata Oybuyirqala shahar xarobosida
topilgan. Arxeologiya malumotlarga koʻra bu yozuv miloddan avvalgi V-IV
asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid yana bir qadimgi Xorazm
yozuvi Quyqirilgan qalada topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu manba
yagona «aspabarak», «otliq», «chavondoz» soʻzidan iboratdir.
Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy alifbosiga asoslangan, Oromiylar-miloddan
avvalgi I ming yillikning boshlarida Mesopotomiya hududida joylashgan qadimgi
xalqdir. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga kelib 22 ta harfdan iborat boʻlgan oromiy
alifbosi Oʻrta Sharqning idora qilish, ish yuirituvchi va mamuriy tli vazifasini
bajargan.
Baktriya tili va yozuvi bu Oʻzbekiston janubida va chegaradosh Tojikstonda,
Shimoliy Afgʻoniston yerlarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat aholisining tili
hamda yozuvidir. Baktriya yozuvi ikki xil oromiy va qadimgi Yunon alifbosiga
asoslanib rivojlangan. Baktriya yozuvi topilmalari asosan milodning birinchi
asrlariga taalluqlidir.
Sugʻd, Sugʻdiena tarixiy madaniy viloyat bulib, Zarafshon, Qashgʻaare
vohalarini oʻz ichiga olgan. Milodiy I-IV asrlardan boshlab, sugʻd yozuvlari keng
hududda tarqalgan. Bu jaraen sugʻdlarning yangi erlarni uzlashtirish faoliyati va
sovdagarlarning «Buyuk ipak yoʻli» dagi harakatlari bilan bo»langan, shuning
uchun ham sugʻd tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Qozogʻiston, Sharqi
Turkiston, Pokiston va Mugʻiliston tuprogʻida topib tekshirilgan. Sugʻd yozuvi ish
yuritishda, savdo va madaniy aloqalarda kata ahamiyatga ega boʻlib, qadimgi
uygʻur, moʻgʻoʻl va manjurlar yozuvlari paydo boʻlishiga asos boʻldi.
Saklar-Markaziy Osiyo va Qozogʻistonning dashtlarida, choʻllarida va
togʻlarida joylashgan qoʻchmanchi kabilalar. Olimlar fikriga koʻra, sak tilida
eritilgan eng qadimgi manba bu olmaota atrofida ssiq qur»onida topilgan kumush
idishdagi yozuvdir. U miloddan avvalgi V asr bilan sanaladi.
Tilshunoslik fanlarida issiq yozuviga uxshagan belgi yozuvlari «nomalum
xat» deb ataladi.
Sak tillarida eritilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning
Xotan vohasidan topilgan. Ular VII-X asrlarga oiddir. Bk yozuvlarni oʻrganishga
G.V.Beyli,
M.J.Drezden,
A.G.Gertsenberg,
.M.Oranskiylar
katta
hissa
qoʻshganlar.«Avesto» sugʻdiylar, Parfiylar va xorazm tillaridagi bazi atamalar,
tushunchalar va nomlar zomonaviy tillarda saqlanib ishlatilmoqda. Jumldan, avesto
soʻzlari «brator»-»birodor», «aka» (rus tilida ham «brat»), «Xapto», «hafta»,
«etti», «band»-»Bogʻlab quyish», «zar», -»oltin», «nau (nav»-»Yangi» «ap»-»ob».
«framano»-»farmon» va hakozo.
Ayniqsa koʻp nomlar sugʻd soʻzi-»kand» (Kent)-»shahar» Bilan bogʻlangan
(Toshkent, Chimkent, votkent). Samarqand, Panjikent nomlari VII asir oxiri VIII
asrga oid sugʻd hujjatlarida uchraydi «Shoqor» tuchunchasi parfiylar soʻzi «shahar
dan kelib chiqqan. Ayrim tushunchalar sugʻd soʻzlari-«kas» (qurilish, gulobod) va
«kat» (uy-joy, makon) bilan bogʻlangan (chortak, peshtok, kitob, navqat, surkat).
Oʻzbekiston hududida tillarning rivojlanishi bir necha ming yillar Bilan
bo»lanadi. Yozma manbalarga koʻra yurtimizda eng qadimgi mahalliy tillar:
turkiy, fors, arab va eski oʻzbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va mamuriy,
adabiy va xalqaro, mahalliy qishloq va shahar tillari vazifasini bajargan.
Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari oʻz tarixini yozma ravishda
eritmaganlar. (eki zamonamizgacha maqlanib qolmagan). Hududimizga tegishli ilk
yozma manbalar-»Aevsto», ahamokiylar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi
Dune (Yunon-rim) davriga taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir.
Oʻlar qadimgi Sharq va Dune tarixida birinchi boʻlib, ulkamizdagi xalqlarning
nomlarini alohida joylar, togʻlar, daryolar va koʻllarning nomlarini afsonaviy
qahromonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini,
madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi malumotlarni oʻz
ichiga oladi.
Dastlabki yozma manbalardan flydalanishda juda ehtiet boʻlmoq kerak. Bazi
bir malumotlar afsonolarga asoslangan va ularni haqiyqiy tarixdan ajratib olish
lozim. Boshqa manbalarning mualliflari (masalan. eng qadimgi yunon
tarixshunoslari) hech qachon Markaziy Osiyoda boʻlmaganlar va oʻz hikoyalarini
surishtirib bilganlari asosida ezganlar. Shunga qaramasdan, bu malumotlar muhim
ahamiyatga egadir.
Dastlabki «Avesto» 21 ta kitobdan iborat boʻlgan, Hozirgi vaqtgacha uning
ayrim qismlari saqlanib qolgan Yasna-»qurbonlik keltirish», Visprat -»hamma
hukmronlar», yasht-»qadrlash», «ulugʻlash», «Videvdat»-»devlarga qarshi qonun».
Bularning hammasi sosoniylar davrida tahrir qilingan.
Yasna kitobi 72 bobdan iborat, Visport 24 bobdan iborat boʻlib,
zardushtiylarning ayrim xudolarga bagʻishlangan madhiyalaridir. Ular bayram va
diniy marosimlarda ijro etilgan. Yashtaing 21 bobida yozuvsiz zamonlarga oid
eroniy
qabilalarning
tasavvurlari
saqlangan.
Yasht
kitobida
afsonaviy
qahramonlarga va ulugʻ xudolarga bagʻishlangan madhiyalar toʻplangan. Videvrat
22 ta bobdan iborat. «Avesto» ning ayrim soʻzlaridan Azremon, Servar, Humaya-
hozirgi Narimon, Sarvar, Humaye nomlarining kelib chiqishini koʻrish mumkin eki
.M.Steblin-Kamenskiy fikriga koʻra, Vorukash koʻli-Balxash, Frazdan daryosi-
Razdan daryosi nomlarida takrorlangan. Ereerur to»i va Erebuni shahri soʻzlarida
saqlangan boʻlishi mumkin.
«Avesto» da eng qadimgi viloyatlarning nomlari Yasht kitobining uchinchi
va Videvdatning birinchi bobida sanab oʻtilgan Videvdat kitobisha koʻra,
zardushtiylilarning ulugʻ va donishmand xudosi Axuramazda paygʻambar
Zardushtraga bunday habar qiladi. «o Chpitano Zorotushtra, yashaydigan joylarga,
bu erlarda baxlik qancha kam boʻlsa-da tinchlik tortiq qildim. Birinchidan, odamlar
yashashi uchun eng yaxshi mamlakatni, Vaxvi Date daryosidagi Arenam Vayjoga
asos soldim. kkinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va ulkalardan
boʻlgan Gava Sugʻda makoniga asos soldim.
Uchinchidan, men, Axuramazda eng mamlakatlar va ulkalardan boʻlgan
qudratli Mauruga asos soldim.
Turtinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va ulkalardan
boʻlgan, baland bayroqli goʻzzal Baxdiga asos soldim.
Bunda olimlar firicha Xorazm, Sugʻdieno, Mare, Baktriya nazarda tutiladi.
«Avesto» ga koʻra, Sharqiy Eron podsholarining ruyxati qoʻyidagicha: «Xaoshen-
eroniyliklarning birinchi afsonaviy podshosi «Shohnomo» raxushat), keyin Yimo
(Jamshod)-podsho-podechi, Sevarshon (Sievush), Kovi Xaosrov (Kay-Xisrov).
Axmoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va
viloyatlari toʻgʻrisida turli malumotlar bor. Bu ezvular miloddan avvalgi VI-IV
asrlarga oid boʻlib, Bexustun va Nahish Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persegol va
Hamodan shaharlarida topib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilida turli ijtimoiy,
siyesiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat.
Bexustun ezvuida shoh Doroning nutqi keltiriladi: «Axuramazda irodasi Bilan
quyidagi davlatlarni qoʻlimga kiritib: ularning podshosi boʻldim: Fors, Elam,
Bobil, Ossuriya, Arobiston, Misr, Lidiya, Moniya, Midiya, Armaniston,
Kappadokiya, Parfiya, Dranevisna, Are, Xorazm, Baktriya, Su»diena, Gandxara,
Saja, Sattagadiya, Araxoziya, Maka, hammasi boʻlib 23 davlat. Soʻz shahrida
topilgan yozuvlarda Doro I bugʻqay elon qiladi: «Suzadash Saroyni men bino
qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan Uaka yozuvi-
Ganoxaradan, oltin-Sard va Baktriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard-
Sugʻdiynadan, firuza Xorazmdan kumu shva bronza-Araxoziyadan, tosh ustunlari-
ekamdan etkazib berilgan.
Erondagi qadimgi Persopol baqtriyaliklar, xorazmliklar, sugʻdlar va
saklarning uyib ishlangan rasmlari topilgan, unda ularning xiroj keltirish manzarasi
tasvirlangan.
Doro I yozuvlarida Mar»ilonda Frada boshchiligidagi qoʻzgʻolon, saklar
yurtiga qarshi yurishlar va ularning kuroshlari haqida malumot beriladi.
Gerodot mil.avv. 484 yilda Kichik Osiyodagi Galikarnass shahrida tu»ilgan.
(mil.avv. 431-425 yillar oʻrtasida vafot etgan). U «Tarix» kitobini mil.avv. 455-
445 yillar davomida ezgan. Unda Gerodot Baqtriya, Baqtra, baktriyaliklarie 13
marta, sugʻdlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni
19 marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-oda lari, din iva tarixi haqida
hikoya qiladi. Bu asarda Tumaris va Kir II oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar,
Markaziy Osiyo xalqlarining Kserks qushinlari ichira Yunon-fors urushlarida,
Marafon va Salamin janglarida qatnashganlari va boshqa malumotlar mavjud.
Yunon tarixshunosi Ktesiy mil.avv. 414 yildan boshlab aqamoniylar
podshosi Artaksarka II saroyida tabib vazifasini bajargan. U mil.avv. 398 yildan
keyin «Persika» asarini ezgan, asaming bir qismini baktriyaliklar tarixiga
ba»ishlagan. U Ossuriya podshosi Nin va Baktriya podshosi Oksikrt urushlari
haqida malumot beradi.
Gekatey Miletlik Yunon tarixshunosi (mil.avv. VI-V asrlar). U birinchi
boʻlib ahamoniylar oʻlkalarning ruyxatini keltirgan va yurtimiz xalqlari haqida
ham xabar qilgan. Gerotdan oldin, Baktriya xalqi» tushunchasini buyuk Esxil
«forslar» degan fojiasida ishlatgan. («sahnoda mil.avv. 472 yilda ijro etilga).
Asarda esh baktriyalik jangchilardan Tenagon va Aritomlarning ismlari tilga
olingan ular Salamin jangida halok boʻladi.
2. Koʻhna obidalardan topilgan buyumlarda tasvirlangan turli afsonaviy
obrazlar usha davrda mifologik janrda xalq ijodi nomunalari mavjudligidan darak
beradi. Sharq xalqlarining durdonasi bulmish Firdavsining «Shohnoma» Sida
qoʻyilgan ayrim rivoyatlar ham asli «Avesto» da keltirilgan afsonaviy obrazlarni
eslatadi.
Tarixiy manbalar ham hozirgi Oʻzbekiston hududida yashovchi elatlar
eramizdan avvalgi V-IV asrlarda boy ogʻzaki poetik ijodga ega ekanligi toʻgʻrisida
xabar beradi. Bundan malumotlarning Oʻrta Osiyo xalqlari ogʻzaki ijodi yaratgan
bazi asarlarda aks sadosi seziladi. Masalan. oʻzbek dostonlarida qadimgi sak-
massaget qabilalari eposidagi bazi elementlar saqlangan. «Oysuluv» nomli oʻzbek
dostonning syujeti eramizdan avvalgi VI asrda ruy bergan Tumarisning kurashini
eslatadi. 1928 yili xalq shoiri Fozil Yoʻldosh u»lidan ezib olingan «Rohiya va
Suxongul» nomli oʻzbek dostonida ham Tumaris toʻ»risidagi rivoyatning ayrim
epizodlari keltirilgan.
Sharqshunos olim V.V.Bartold tadqiqotlari boʻyicha Firdavsiy «Shohnoma»
asarini yaratishda su»dlar va saklar yashagan Chochda (Toshkent) istiqomat
qiluvchi bir dehqon toʻplab bergan materiallardan foydalangan.
«Shirin va Shakar» dostonida Sievush obrazini koʻrish mumkin. X asrda
yashagan tarixchi Narshaxiy urta asrlarda Buxoroda Sievushga ba»ishlangan
ashulalar borligini qayd qilgan. Sievush obrazining Turon afsonaviy qahromoni
Afrosiyob obraziga juda yaqinligi ham tasodifiy emas oʻzbek folklorida mashhur
boʻlgan Afrosiyob toʻ»risidagi (uni na Alp Artung deb ham ataganlar) rivoyatlar
XI asrga oid turkiy tillardagi manbalarda uchraydi. U toʻgʻrisidagi malumotlar
atoqli tilshunos olim Mahmud Qash»ariyning «Devonu lu»atit turk» va Yusuf
Balosugʻuniyna «Qutudgʻu bilik» asarlaridp saqlangan M.Qash»ariy Alp Er
Tungaga bagʻishlangan marsiyaning parchalarini xalq ogʻzaki ezib olgan.
Abdurokf Fitrat bu: marsiyasini tartibga keltirib «Eng eski turi adabiyoti
namunalari» (1927) kitobida Chop ettirdi.
Alp Er Tunga oʻldimi,
Emon dune qoldimi
Zamona uchin oldimi,
Endi yurak yirtulur» Xalq orasida eng keng tarqalgan va sevimli janrlardan
biri epik asarlar dostonlar boʻlib, ular bizning davrimizgacha uzoq oʻtmish
zamonlardan ogʻzaki poeziya ananalari tufayli etib kelgan. Dastonlarni avaylab
saqlashda baxshilarning urni bor. Mashhur baxshi va shoirlardan Ergash
Jumanbulbul u»li (1868-1936) Fozil Yoʻldosh ugʻli (1872-1955), Mahummad
Jamrad ugʻli Pulkan (1874-1941), Islom Nazar ugʻli (1874-1953), Abdulla shoir
Nurali ugʻli (1870-1975), Qurvon smoil ugʻli (1869-1940) kabilar juda boy epik
merosni qoldirganlar.
Oʻzbek xalqining uzoq oʻtmishidagi chet El istilochilariga qarshi
qahromonona kurashi «Yusuf va Axmad», «Malikai Ayer», « ntizor», «Raxon
arab», «Orzigul», «Shirin va Shakar», 40 yaqin Gurugʻli tsikliga kirgan bir qator
qahramonlik va romantik dostonlarda aks ettirilgan. Bunday ajoyib o»zaki ijod
namunalari Oʻrta Osiyo turkiy xalqlari oʻrtosida juda keng tarqalgan. Barcha epik
asarlarda xalqning ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, zulm va zurovonlikka qarshi
cheksiz nafrati ifodalanadi. Qoraqalplarda «Alpomish» dostoni folklorist Abubakr
Dinaev tomonidan Jiemurat jirov Bekmuxamedovdan ezib olingan. «Ediga»
dostoni birinchi marta qoraqalpoq folkloristi Qalli Ayimbetov tomonidan ezib
olinib, Moskvada Chop ettirilgan. «Qirq qiz» dostoni birinchi marta folklorist
Sadrboy Mavlonov va Shamurat Xoʻjaniezovlar tomonidan 1940 yilda Qurbonboy
jirovdan ezib olingan.
Folklorlik asarlarni yigʻish tarix uchun kata ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonnning birinchi folkloristi, professor X.Zarifov 1927 yilda yuqor»i
qoraqalpoqlar orasida boʻlib, qozoqlar Bilan qoraqalpoqlar oʻrtasidagi etnik
bogʻlikliklar toʻgʻrisida malumotlar ezib oladi. Unda Jiydali Boysunda 4 son
qoraqalpoq 6 son qozoqlar yashagan Qoraqalpoqlarda Oʻrmon biy degan bek
boʻlgan. Uning faqat qizi boʻlgan. Uning biy bulishligi qarshilik boʻlib,
qozoqlardan biy quyilgan. Shunday qilib ular qoraqalpoqlarning joylovini bosib
olib, bu er Jayq deb atalgan» delinadi. Bu Urmambet biy haqida folklorist
Q.Ayimbetov va A.Karimov Nurabulla jirovdan «0ʻrmambet tul»avining 243
qatarini ezib oladi. U tarixda boʻlgan shaxs. XVI asrda Nubay urdasining mashhur
biyi boʻlgan. U haqirivoyatlar mavjud. Ularda koʻrsatishicha qoraqalpoqlarga
qozoq xoni Taukening ugʻli Botir boshchilik qilgan. Lekin qoraqalpoq biylaridan
Tobetbiy bunga norozi boʻlgan. Uning bu ishlari tufayli xalq ogʻzaki Botirning
onasining soʻzi saqlangan. « yt nomli elni buzar demadimi, Boyagi Tauke
xonnning soʻzi keldi» (Boshida Tauke xon Tobetbiyga shubha qilgan edi). Ushbu
rivoyat boʻyicha qoraqalpoq Ulu» To»da joylashgan Tobetbiy Botirni
oʻldirganidan soʻng kuchishga majbur boʻladi. Etnograf X.Esbergenov bu davoni
XVII asr voqealari deb hisoblanadi.
Oʻtmishga xalqimizning maishiy turmushi va ijtimoiy hayoti juda keng
tarqalgan ogʻzaki janri-xalq qushiqlarida hayajonli va jushqin tasvirlangan. Ularda
malum tarixiy voqealar berilishi mumkin.
Masalan:
Uylarimiz Shumanayning boʻyida
Bizga bir qirchimoy tuynak yuborsin
Ota-onasi bermaymiz desa
Uch boʻlib, oʻzining poyini yuborsin» Kabi qoraqalpoq ogʻzaki ijodietidagi
qushiqlarda tarixiy haqiqatlik tasvirlanadi. Bu erda masalan XIX asrdagi
«Shumanay arna» dagi suvsizlik koʻrsatilgan.
Umuman-ogʻzaki xalq ijodietiga kiruvchi miflar, rivoyat, afsonalar, qushiq,
doston va hakozolar tarix uchun kata ahamiyat kasb etadi.
3. Oʻlkamizni oʻrganishda davriy matbuot manbalari ham ahamiyatli.
Oʻzbekistonda XIX asrning II yarmidan boshlab dastlabki gazetalar paydo boʻldi.
Bu «Turkiston viloyati gazetasi» sonlari hozirgi davrda kutubxona arxivlarida
saqlanib kelayapti. Ayniqsa jadidlarning gazetalari tarixchilarning tadqiqiy ishlari
uchun manba boʻlib xizmat qiladi.
Qoraqalpogʻistonda 1924 yildan boshlab gazetalar chiqarildi. Usha yili 2
gazeta: «Birinchi qadam» (Xoʻjalida) va «Erkin Qoraqalpogʻiston» (Turtkulda)
gazetalari bosmadan chiqarildi. Mutaxassislar yoʻqligi sababli «Birinchi qadam»
gazetasi epilib qoladi. «Erin Qoraqalpogʻiston» keyin «Mehnatkash qoraqalpoq»
deb nomlanadi. 1931 yildan «Qizil Qoraqalpogʻiston» nomi bilan atalgan bu gazeta
hozir Yana «Erkin Qoraqalpogʻiston» gazetasi deb nomlanadi.
1932 yilda «Mehnat adabiyoti» dastlabki qoraqalpoq tilidagi jurnal chiqorila
boshlagan. U 1956 yilda «Qoraqalpo»iston adabiyoti» va badiiy hunari»
nomlanadi. 1958 yildan esa Amudaryo nomi bilan chop etilmoqda.
O`lka tarixini o'rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy
madaniyat yodgorliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik, ya'ni arxiv xujjatlaridan
foydalanishning axamiyati benixoya kattadir. Arxiv xujjatlarini kidirib topish, ular
ustida ishlash va olingan ma'lumotlarni xayotga tadbik kilish bu juda murakkab
ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sov-xozlar, ayrim
shaxslarning kup yillik faoliyatlari xaqida ma'lumot va xujjatlar saklanadi.
O`lka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bo'lgan arxiv
xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shugullanish juda muhim axamiyatga
ega.
Arxiv ishlarini o'rganish maktab va Oliy ukuv yurtlarida jonajon vatanimiz
tarixidan ukilayotgan lektsiya va seminar mash-gulotlarida faktik material bo'lib
xizmat kiladi va maktab o'lkashunoslik muzeyini tashkil kilishda yordam beradi.
Xozirgi kunda O'zbekiston respublikasida juda kup arxivlar mavjud bulib,
ularni shartli ravishda 2 guruxga bulish mumkin: muassa arxivlari va davlat
arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy
boshkaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshkalar) turli tashkilotlar,
korxona va jamoat tashkilotlari xaqida joriy arxivlar mavjud.bunday arxivlar
muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar ma'lum muddat
saklanadi. SHu boisdan bu arxivlarda saklanayotgan xujjatlarning tarkibi uzgarib
turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi xujjatlar davlat
arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlari-ning faoliyati, bu arxivlarda
saklanayotgan xujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar
asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar turli muddatlar davomida
saklanadi. Xujjatlarning saklanishi mazkur muassasalr faoliyati bilan boglikdir.
Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma'muriy tu-zilishi nizomida
tashkil kilingan.
Respublika davlat arxivlari tizismiga kuyidagi arxivlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |