Rim podsholik davrida


Rimni Italiyani bosib olishi



Download 407,5 Kb.
bet4/5
Sana03.06.2022
Hajmi407,5 Kb.
#631581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rim respublikasi

Rimni Italiyani bosib olishi
Rimdan etrusk podsholari haydalgandan keyin qisqa bir davrda Rimning Latsiy viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. o‘sha vaqtda rimliklar qo‘shinlari Sabin, Ekv, Vol’sk, Tuskul boshchiligidagi Latin shaharlari ittifoqi bilan uzoq umshlar olib borishlariga to‘g‘ri keldi. Faqatgina er av 493-yildagina Rim va boshqa Latin shaharlari bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erilishdi. Bu ittifoq er avV asr davomida saqlanib qoldi va rimliklami bir qancha qo‘shni viloyatlami bosib olishiga qulay shart-sharoit yaratdi.
Qo‘shni. hududlarni bosib olishi natijasida Rimning hududi ancha kengaydi. Urushlar natijasida qo‘shnilar hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo‘shib olindi. Er av 396-yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bilan ularning soni 25 taga yetdi.
Er av 390-yil Alp tog‘lari orqali Po vodiysini egal lagan gall qabilalaridan bin senonlar yo‘lboshchi Brenn boshchiligida Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim etrusklarga harbiy yordam bermadi, lekin rimliklar gallarga elchilarini yubordilar. Elchilar gallar bilan dumoqdorlik bilan gaplashib ziddiyat keltirib chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy qamalini tashlab Rimga yurish qildilar. Ular Rimni urushsiz egalladilar, uni talab yondirib yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya qildilar, lekin oxir-oqibatda gallaiga oltin bilan katta miqdorda tovon to‘lashga majbur bo‘ldilar (rivoyatlarga ko‘ra aynan shu vaqtda Brenn «yengilganlami holiga voy!» mashhur so‘zini aytgan).
Rimni zaiflashganidan qo‘shni latin, vol’sk, ekiv va etrusklar foydalandilar. Rim lotin ittifoqi (er av 384-yilda uning a’zolari 47 latin jamoasi bo‘lgan edi) yana tarqalib ketdi. Rim Latin shaharlarini yana qayta kuch bilan bo‘ysundirishga majbur boidi. Latin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan qayta tiklandi. Er avIV asr o‘rtalarida Rim kuchli qo‘shin bilan Italiyani bir qancha hududlarini egallab oldi.
Er avIV asr o‘rtalarida Rim Respublikasi faqat Latsiya viloyatida emas, balki butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi. Er avIV asr boshlarida Rim boshchiligidagi latin ittifoqi bilan janubiy Apeninda samnit qabilalari tuzgan samnit ittifoqi bilan kuchli qarama-qarshiliklar boshlandi5.
Rim uzun nayza va to‘g‘ri to‘rt burchakli qalqonlar bilan qurollangan dovyurak tog‘li qabilalar samnitlar bilan urush boshladi. Rimning samnit urushlari latin ittifoqining barcha qatnashchilari uchun og‘ir majburiyat bo‘ldi. Samnit urushidan faqat Rim foyda ko‘rdi, rimliklar samnitlardan bir qism yerlarni tortib oldilar. Latin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday olmay, Rim bilan urush boshladilar, lekin ular yengildilar. Natijada Latin ittifoqi tugatildi. Shundan so‘ng rimning samnitlar bilan kurashi qayta boshlanib bir necha o‘n yillarga cho‘zilib ketdi. Urush faqatgina er av III asr boshlarida tinchlik shartnomasi bilan tugallandi. Samnit qabilalari o‘z mustaqilliklarini saqlab qoldilar, ammo Rim hududi Kampaniya, Lukaniya va Apulyagacha kengaydi. Bu yerlarda Rim koloniyalari barpo etildi.
Oradan o‘n yil o‘tgach, Janubiy Italiyadagi yunon shahri Tarent Rim elchilarini haqoratlashda ayblanib, Rim Tarentga qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir podshosi Pirrni yordamga chaqirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga bostirib kirib Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor-mor qildi.
Er av 275-yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo‘shinlarini yanchib tashladilar. Bir necha yildan so‘ng Tarent shahri va u bilan ittifoqchi bo'lgan samnitlar, lukanlar va Bruttiya shahri aholisi Rim hokimiyatini tan olishga majbur boidilar. Er. av. 265-yilda rimliklar etrusklarni markazi bo'lgan Volsiniya shahrini bosib oldilar. Natijada butun Apenin yarimoroli Po vodiysigacha Rim Respublikasi tarkibiga kirdi.
Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi sine suffragio (xalq yig‘inida ovoz berish huquqidan mahrum) huquqini oldi. Bu o‘z- o'zini boshqarish huquqidan va jamoa yig'inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lish edi. Shahar ishlarini Rimdan yuborilgan prefekt boshqarar edi.
Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli huquqlaiga ega bo‘lgan toifalarga bo‘ldilar. Faqat Rim fuqarolari patritsiylar va plebeylar hamda Rimga qo‘shib olingan latin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko‘chib o‘tgan barcha latinlar huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim qonunlari bo‘yicha nikoh o‘qitish, mulkini erkin tasarruf qilish, o‘z moddiy manfaatlarini himoyasi uchun sudga murojaat qilish, yig‘inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mumkin edi. Bu to‘la huquqli fuqarolar Rim triblariga doimiy birkitilgan edi. Bundan tashqari, Italiyaning turli muhim strategik markazlaridagi Rim koloniyalarining aholisi ham to‘la huquqli fuqarolar hisoblandi. Koloniyalar o‘z-o‘zini boshqaruvga ega edi.
Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi («sives sine suffragio») ham mavjud edi. Ular Rim odati bo‘yicha nikoh bitimi tuzishlari, o‘z mulklarini tasarruf qilish huquqiga ega edilar, lekin Rimda mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega shaharlar munitsipiylar deb atalar edi. Ulaming ba’zilari Rimdan yuborilgan prefekt tomonidan boshqarilar edi.
Ozod qo‘yilgan qullar Rim qonuni bo‘yicha ochiq nikoh o‘qitishlari mumkin emas edi. Ular faqat tribat komissiyalarida ovoz berish huquqiga ega edilar. Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqeilariga ko‘ra latin koloiiiyalari aholisiga yaqin turar va latin huquqiga ega edilar. Munitsipiylar boshqaruvda avtonom bo‘lib, o‘z tangalarini zarb qilish huquqiga ega edilar. Rimliklar bunday munitsipiylardan yordamchi harbiy qism—kogortalar olish majburiyatini o‘tashni talab qilar edilar.
Italiya aholisining «sotsii» (ittifoqchilar) deb atalgar yana bir toifasi Rim bilan yanada zaifroq bog‘langan edi. «Tsvitates federat» huquqidagi ittifoqchi shaharlar ham Rimga qo‘shinlar bilan yordam berishlari shart edi. Lekin ular o‘zlarining cheklangan davlat suverenitetini saqlab qoldilar, ularga Rimni ruxsatisiz shartnomalar tuzish, mustaqil tashqi siyosat yuritish, o‘z tashabbusi bilan urush olib borish taqiqlangan edi. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari Rim ittifoqchilarini alohida toifasini tashkil etar edi. Ular Rimga faqat harbiy flot bilan yordam berish majburiyatini olgan edilar.




Download 407,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish