Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING TA’LIM JARAYONIDAGI PEDAGOGIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI



Download 27,87 Mb.
bet138/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING TA’LIM JARAYONIDAGI PEDAGOGIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI


Razakova Zamira Boymurodovna Namangan viloyati
To’raqo’rg’on tuman 53- umumta’lim maktabi
1-toifa boshlang’ich sinf o’qituvchisi

2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’lim sohasini isloh qilish, tizimni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha muhim vazifalar belgilandi.


Buning amaliy ifodasi sifatida 2019-2020 yillarda xalq ta’limi tizimida ko’plab yangiliklar hayotga tadbiq etildi. T’lim-tarbiya sohasini takomillashtirish, fanlarni o’qitish sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim maskanlarida zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, pedagog kadrlar salohiyatini yuksaltirishga doir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirish bevosita yoshlarni barkamol insonlar sifatida voyaga yetkazish masalasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maktabga ilk qadam qо‘ygan о‘quvchi qarshisida yangi, jozibali о‘zga bir dunyo paydo bо‘ladi. Bola maktabda mо‘jizakor olam yangiliklari bilan tanishadi, hayot haqidagi his-tuyg‘ularini boyitadi, iroda va xarakterini tarbiyalaydi, о‘rtoqlari, katta yoshdagilar bilan muloqotda bо‘lishga о‘rganadi. О‘qituvchi endigina qutlug‘ ostonaga qadam qо‘ygan murg‘ak bolaga razm solar ekan, unga alohida e’tibor, mehr, qalbiga yо‘l topa bilishi lozimligini tushunib yetadi va kasbiy faoliyati davomida о‘quvchilarning aqliy qobiliyatini, irodasini mustahkamlab, xarakterini tarkib toptira boradi.
O’zbekiston Pespublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qilingandan so’ng mamlakatimiz ta’lim tizimida, xususan boshlang’ich ta’limda keng qamrovli ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi.
Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida “Boshlang’ich ta’lim jarayonini rivojlantirishda o’qituvchining kasbiy kompetentligi va o’qimishlilik darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va bu sohadagi ilg’or tajribalar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim konsepsiyasi va kompetensiyaviy yondashuv asoslarini bilishi boshlang’ich ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega” ekanligi takidlangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy va madaniy sohalardagi islohotlarning asl maqsadi о‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatimiz uchun munosib – bilimli, yuksak intellektual salohiyatga ega, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish bо‘lib, bu vazifalar har tomonlama salohiyatli, boy tajribaga ega, zamon talablari asosida faoliyat yurituvchi sharafli kasb egalari – о‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Shu bois ham bugungi kunda xalq ta’limi xodimlari, pedagog, tarbiyachilarning ijtimoiy yetukligi, faolligini yuksak darajaga kо‘tarish mustaqil yurtimiz kelajagini hal qiluvchi muhim strategik masalalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Hozirgi zamon о‘qituvchisi ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda о‘quvchilarning pedagogik-psixologik tabiatiga e’tiborini qaratishi va ta’lim jarayoniga innovatsiyani olib kirishi, hamkorlik asosidagi bahs-munozaraga imkon yaratishi, hamkorlik asosidagi iroda mustahkamligini, muomala madaniyatini, iste’dodini tarbiyalashi lozim.
Boshlang’ich ta’limning samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining shaxsiy sifatlari va pedagogik mahorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi ko’p jihatdan o’quvchi uchun o’rnakdir. Shuning uchun ham, u birinchi navbatda, ularni o’ziga jalb eta olishi kerak.
Shu nuqtai nazardan, o’qituvchi faoliyatida motiv tushunchasini konkretroq tushunish lozim bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z kasbining mutaxassisi sifatida takomillashib borishi quyidagilarda namoyon bo’ladi. Aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonn samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish, izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirib faoliyatiga joriy etish, ilg’or texnologiyalar, metod hamda vositalardan habardor bo’lish, faoliyatiga fan-texnikaning so’ngi yangiliklarini samarali tadbiq etish, kasbiy malakalarnitakomillashtirish, ko’nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo’lida olib boriladigan amaliy harakati uning o’z ustida ishlasi va kasbiy kompetentligi takomillashtirishning asosiy omillaridanbiri hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining pedagogik mahoratini takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Pedagogika-psixologiyaga oid bilimlarini takomillashtirib borish;
O’z ustida ishlash;
Ta’lim jarayonida o’quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;
Axborot kommunikatsion texnologiyalarini bilishi, bilimlarini oshirib borishi va kasbiyfaoliyatida ulardan samarali foydalanish;
Ta’lim muhitiga yangilk kiritish;
Hozirgi zamon ta’lablaridan kelib chiqqan holatda xorijiy tillardan birini bilish ham o’qituvchining kasbiy kompetentligini takomillashtirib borishning asosiy shartlaridan biridir.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ularni har tomonlama o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi. Pedagogik jarayonda muayyan mavzu, fan asoslaridan o’quvchilarga ko’nikma darajasida tez va qulay bilim berish ham ta’lim texnologiyasini muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. R. Choriyev fikricha, o’qituvchi mahoratiga to’rt yo’l bilan erishiladi:

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish