Режалаштириш моделлари


ILOVALAR  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana13.08.2021
Hajmi2,18 Mb.
#146485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
ayrim iqtisodiy masalalarni yechishda kompyuterlardan foydalanish

ILOVALAR 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 

 

 

KIRISH 

 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimov  rahbarligida  o`z  siyosatida 

rivojlanishning ijtimoiy yo`naltirilganligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 

o`tishni    eng  ustivor  yo`nalish  deb  tanladi.  Bunda  jahonda  o`xshashi  bo`lmagan 

rivojlanishning “O`zbek modeli” yo`li ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tarix 

uchun  uncha  katta  bo`lmagan  qisqa  muddat  ichida  bu  “O`zbek  modeli”  o`zining 

nechog’lik  to`g’ri  tanlanganligini  va  bugungi  kunda  natijalarini  butun  dunyoga 

ko`rsatib  berdi.  Bugun  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  jahonda  juda  kamchilik 

davlatlarda  kuzatilayotgan  yuqori  sur`atlar  bilan  o`sib  bormoqda.  Bu  yutuqlar 

qatorida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  va  Internet  imkoniyatlari 

tatbiq  etilayotgan  sohalarning  ham  o`ziga  yarasha  ulushi  bor.  Bunda  mazkur 

sohalar  uchun  yaratilayotgan  shart-sharoitlar,  imtiyoz  va  ustunliklar  ancha  qo`l 

kelmoqda. 

XX  asr  ikkinchi  yarmiga  kelib  insoniyat  ilm-fan  sohasida  ulkan  yutuqlarni 

qo`lga  kirita  boshladi.  Bunday  yutuqlarning  eng  muhimlaridan  biri  elektron 

hisoblash  mashinalarini  ishlab  chiqish  va  ularni  amaliyotga  chiqish  bo`ldi  desak 

adashmagan bo`lamiz. CHunki bu sohadagi tadqiqotlar birinchidan, komp’yuter va 

axborot  texnologiyalarning  yangidan-yangi  vakillarini  ishlab  chiqishga  qaratilgan 

bo`lsa,  ikkinchidan,  bu  sohadagi  barcha  yutuqlar  nafaqat  boshqa  fanlarni,  balki 

ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot,  madaniyat,  ma`rifat,  ma`naviyat  kabi  barcha 

sohalarning rivojlanishida muxim vositalardan, ta`bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, 

asosiy  xarakat  mexanizmlaridan  biriga  aylanib  ulgurdi.  Uchinchidan,  aholining 

turmush  darajasining  o`zgarishiga  sabab  bo`ldi.  Bugunga  kunga  kelib  insoniyat 

axborot  omili  va  axborot  tarqatishda  misli  ko`rilmagan  natijalarga  erishib 

kelmoqda. Global axborot tarmog’i deb hisoblanayotgan Internet o`rgimchak to`ri 



 

 



singari butun dunyo davlatlarini qamrab oldi va shu sababli hech kimni axborotsiz, 

axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo`q.  

Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida moddiy muhitning ob`ektlari asosiy 

mehnat  predmetlari  bo`lib  kelgan.  Davlatning  qudrati  esa,  eng  avvalo  oltin 

zaxirasi,  mehnat  va  tabiiy  resurslari,  xududi,  joylashgan  o`rni,  aholi  soni  va  shu 

kabilar bilan aniqlanadi. endi esa bu mezon o`z mohiyatini o`zgartirib bormoqda. 

Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: 

-  birinchidan,  inson  tomonidan  to`planayotgan  bilimlar  hajmi  nihoyatda 

yuqori sur`atlar bilan ortib bormoqda. Masalan,  XVIII asrlarda bu hajm har 

50 yilda ikki marta oshgan bo`lsa, 1950 yilga kelib har 10 yilda, 1970 yilda 

har  5  yilda,  hozirga  kelib  esa  har  2  yilda  ikki  martaga  oshib  bormoqda 

(eslatib o`tamiz, bu ham muvaqqat) . 

-  ikkinchidan,  ushbu  bilimlar  manbasidan  foydalanish  samaradorligining 

o`sishi  hamda  inson  faoliyati  davomida  qayta  ishlanadigan  axborot 

hajmining  ortib  borishi  mehnat  resurslarining  moddiy  ishlab  chiqarishdan 

axborot  muhitga  qayta  taqsimlanishiga  olib  kelmoqda.  Buni  ayniqsa 

rivojlangan  davlatlar  misolida  yaqqol  ko`rishimiz  mumkin.  Masalan,  1880 

yilda AQSHdagi axborot muhitda ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning 

5 % ini, 1900 yilda 10 % ni, 1946 yilda 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990 

yilda  esa  51  %  ni  tashkil  etgan.  Hozirda  bu  ko`rsatkich  60  %  ni  tashkil 

etmoqda . 

SHunday  qilib,  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  resurslar  bilan  bir  qatorda 

yangi  -  axborot  resurslari  tushunchasi  ham  sekin-asta  etakchi  o`rinlarni  egallay 

boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda “axborot sanoatlashgan jamiyat”da “bilimlar 

iqtisodi”, ”axborot sanoati” kabi tarmoqlar vujudga kelmoqda, axborot va axborot 

texnologiyalari  ishlab  chiqarish  tarmog’i  esa  shiddatli  rivojlanuvchi  va  eng 

daromadli  tarmoqlardan  biriga  aylanib  bormoqda.  Agar  sanoatlashgan  jamiyatda 

kapital strategik resurs bo`lib hisoblansa, axborot-sanoatli jamiyatda resurs sifatida 

axborot, bilimlar va ijodiyotni ko`rishimiz mumkin. 

Ko`pgina rivojlangan davlatlar o`zlarining eksport-import siyosatlarini qayta 




 

 



ishlab  chiqib,  chetdan  ko`proq  zarur  bo`lgan  tabiiy  resurslarni  olib,  tashqariga 

ko`proq  g’oya,  ilmiy  texnikaviy  bilimlarni  va  axborot  texnologiyalarni  sota 

boshladilar.  Masalan,  YAponiya,  1990  yillardan  boshlab  ko`proq  mashinalar  va 

qurilmalarni  emas,  balki  yangi  ilmiy-texnikaviy  ma`lumotlarni,  axborotlarni  va 

axborot 

texnologiyalarni 

(“know-now”, 

ya`ni 


so`zma-so`z 

“bilaman, 

qandayligicha” ma`nosini anglatuvchi mahsulotlar va texnologiyalarni) chetga sota 

boshladi. 

Endilikda  "Ogoh  bo`lsang  olam  seniki"  degan  ibora  tobora  ommalashib 

bormoqda. Aynan mana shunday sharoitlarda axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish 

va  qayta  ishlash  jarayonlariga  nisbatan  qo`yiladigan  talablar  tobora  ortib  va 

qat`iylashib  bormoqda.  CHunki,  bu  jarayonlarni  amalga  oshirishning  sifati  va 

tezkorligi ham mos ravishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib bormoqda. 

Jahon  bozorining  zamonaviy  rivojlanish  yo`nalishlariga  ko`ra,  axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning 

samarali  qo`llanilishi  korxonalarda  boshqaruv  va  texnologik  jarayonlarning 

samaradorligini oshirishga  zamin  yaratib, iqtisodiyotning  turli  jabhalarida  mavjud 

tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit 

yaratadi va shu orqali aholi turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Bu 

haqda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  shunday  deb  ta`kidlaydi: 

“Bugungi  kunda  hayotimizni  komp’yuter  texnikasi,  axborot  texnologiyalari, 

Internet, mobil’ telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi” . 

Bunday  xolatda  ta`lim  muassasalari  bitiruvchilarini  zamonaviy  hayotga 

faoliyatga  tayyorlash  uchun  ta`lim  tizimni  qayta  ko`rib  chiqishni,  o`qitishning 

zarur xollarda islohotlarni amalga oshirishni talab chiqadi.   

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  “Barkamol  avlod  yili” 

Davlat  dasturida  ta`lim  jarayoniga  yangi  axborot-kommunikatsiya  va  pedagogik 

texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali 

mamlakatimiz  ta`lim  tizimi  sifatini  tubdan  yaxshilash,  ta`lim  muassasalarining 

o`quv-laboratoriya bazasini,  zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, 

komp’yuter  texnikasi  bilan  mustahkamlash,  raqamli  va  keng  formatli 



 

 



telekommunikatsiya  aloqa  vositalari  hamda  Internet  tizimini  yanada  rivojlantirish 

zarurligi  asosiy  vazifalardan biri deb  etib belgilangan.  

Ta`lim  tizimida    qo`llanilayotgan      innovatsion    texnologiyalaridan    biri 

masofaviy  ta`lim    tizimi,  bu    axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalariga 

asoslangan ta`lim shaklidir. Masofadan o`qitish ta’lim jarayonida an`aviy o`qitish 

vositalari  bilan  birga  innovatsion-komp’yuter  texnikasi  va  telekomunikatsiyalarga 

asoslangan  hamda  ta`lim  texnologiyasi  sohasida  erishilgan  oxirgi  yutug’lardan 

foydalaniladi. 

Masofaviy  ta`lim  tizimining  elektron  axborot  muhiti    mamlakatimiz  ta`lim 

tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi: 

- ta`lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish; 

- aholining ta`lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish

- xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish

- ta`lim  jarayoni ishtirokchilari o`rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi 

texnik vositalarning paydo bo`lishi va tez rivojlanishi

- ta`lim sohasida xalqaro integratsiyani o`stirish. 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“Zamonaviy 

axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va  rivojlantirish  chora-

tadbirlari  to`g’risidagi”  2012  yil  21  martdagi  PQ-1730-sonli  Qarorining  ijrosini 

ta`minlash  borasida  mamlakatimizda  barcha  tarmoqlar  va  sohalarda  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  sohasidagi  yangi  yutuqlarni  joriy  etishga 

doir  izchil  chora-tadbirlar  hayotga  tatbiq  etilmoqda.  Axborot  asri  deb  nom  olgan 

XXI  asrda  hayotimizning  hech  bir  lahzasini  axborot  -  kommunikatsiya 

texnologiyalarisiz  tasavvur  qilib  bo`lmaydi.  Zamon  shiddatining  o`zi  bizni 

tezkorlik  sari  chorlamoqda.  Bunda  bizga  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar, 

Internet resurslari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qo`l 

keladi.  Bugun  bu  masala  davlat  ahamiyati  darajasiga  chiqib  ulgurdi.  An`anaviy 

hukumatdan  elektron  hukumatga  izchillik  bilan,  bosqichma-bosqich  o`tib  borar 

ekanmiz, say-harkatlarimizning asosi sifatida Internet resurslari va imkoniyatlarini 

majburiy rekvizitlardan biri sifatida belgilash imkonini berdi. 




 

 



Globallashuv  jarayonlari  chuqurlashayotgan  va  milliy  iqtisodiyotning 

raqobatbardoshligi o`sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiyotning 

alohida  olingan  sohasi  sifatida  rivoj  topishi  hamda  iqtisodiyotning  boshqa 

sohalarida 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini 

qo`llanilishiga 

doir 


masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlarning kengayishi va 

mazkur 


sanoatning 

salohiyatini 

amaliyotda 

to`laqonli 

qo`llash 

milliy 


iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  kuchaytirishda  muhim  rol  o`ynaydi  va  shu 

tarzda xususiy va davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini ta`minladi. 

Hozirgi  kunda  mutaxassislar,  guruhlar,  yirik  ishlab  chiqarish  korxonalari 

yoki  muassasalarining  faoliyati  ko`p  jihatdan  ularning  qay  darajada  zaruriy 

ma`lumot  va  axborotlar  bilan  to`la  ta`minlanganligiga,  hamda  ushbu 

ma`lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib 

qolmoqda. 

Avvalo  bir  echimga  kelishdan,  qaror  qilishdan  oldin  ushbu  masalaga 

(sohaga)  aloqador  bo`lgan  juda  ko`plab  ma`lumotlarni  to`plash,  ularni  qayta 

ishlash va tahlil qilish zarur bo`ladi. Ba`zan bunday ma`lumotlar miqdori shu qadar 

ko`payib  ketadiki,  ularni  qayta  ishlash  va  tahlil  qilishni  maxsus  texnik  tizimlar 

yordamisiz  amalga  oshirib  bo`lmay  qoladi.  Bundan  tashqari,  kundalik  hayotda 

qabul  qilish,  qayta  ishlash  zarur  bo`lgan  axborotlar  hajmi  nihoyatda  ortib 

borayotganligi  sababli,  ba`zan  ularni  guruhlar  bo`yicha  jamlash,  maqsadli  tarzda 

taqsimlash va ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda.  

Axborot hajmining bu qadar ko`payib ketishi hamda ma`lumotlar oqimining 

tezlashib  borishining  asosiy  sabablaridan  biri  axborot  texnika,  texnologiyalarning 

rivojlanishi  zamonaviy  eng  yangi  texnologiyalarini  qo`llash,  ikkilamchi  xom-

ashyolardan  oqilona  foydalanish,  energetik  resurslarni  tejamkorlik  bilan  ishlatish, 

inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir. 

Bu  esa,  o`z  navbatida,  yuqori  darajada  axborotlashgan  jamiyat  bo`lishini  talab 

etadi.  


Jamiyatning axborotlashuv atamasi - D.Benk va E.Masudolar tomonidan ilk 

bor qo`llanilgan bo`lib, bugungi kunda mavjud bo`lgan ziddiyatlardan xoli bo`lgan, 




 

10 


 

komp’yuterlar,  informatika,  elektronika  bilan  uyg’unlashib  ketgan  jamiyat 

ma`nosini  anglatadi.  Kengroq  ma`noda  olsak,  axborotlashgan  jamiyatda  – 

jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib 

hisoblanadi.  Bu  inson  faoliyatining  barcha  sohalariga  intellektual  mehnat  quroli 

sifatida  axborotlarni  tezkorlik  bilan  yig’ish,  qayta  ishlash,  jarayon,  voqea  va 

hodisalarni 

modellashtirish, 

ularni 

tahlil 


qilish 

imkonini 

beruvchi 

komp’yuterlashtirilgan  tizimlar  va  boshqa  axborot  texnologiyalari  kirib  kelishini 

anglatadi.  Ana  shunday  texnologiyalardan  biri  –  shak  shubhasiz  MICROSOFT 

EXCEL dasturi xisoblanadi. 

 


Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish