Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar


XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining



Download 249,32 Kb.
bet12/95
Sana01.01.2022
Hajmi249,32 Kb.
#295331
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Bog'liq
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastla

3. XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining

ijtimoiy-siyosiy qolati hamda istilochilar siyosatiga qarshi

maorifatparvarlik g’oyalari
XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo hayotidagi murakkab davrlardagi parchalanishlarning salbiy oqibatlari. XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo hayotida murakkab va keskin burilish davri bo’ldi. Uning murakkabligi avvalo, Amir Temur imperiyasining parchalanishi hamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan bog’liqdir. Doimiy ixtiloflar maydoniga aylanib qolgan Movarounnaqr SHayboniyxon lashkarlari tomonidan bosib olinadi. Yurtda egasizlik, boshboshdoqlik qukm suradi. Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm o’rnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada aniq va tabiiy fanlar quvqunga uchraydi, ayniqsa matematika va astronomiya orqada qoladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlarning ilqor g’oyalarining o’zaro faol taosiri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining asosiga, hokimiyat uning raqnomalari qo’lida manfaatlarini niqoblovchi mafkuraga aylanadi. Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. har qanday ijodiy qur fikr taoqibga olinadi. SHunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa fanlari, meomorchilik, tasviriy sanoat rivojlandi, qator madrasa va machitlar qurildi. Jumladan, Ibn MuHammad Yusuf Al-qoraboqiy, MuHammad SHarif, Mashrab va So’fi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz O’tar, Bedil, Fuzuliy, Aqmad Donish, Muhimiy, Ogaqiy, Furqat, Mulla Olim Maqdum qoji ijodiyotida ilqor ijtimoiy g’oyalar yaratiladi.

Ehtirofli jihati shundaki, shu davr ijodkorlari qaysi sohada ijod qilmasin, shaxs va ziyoliylikka xos qudratda ularning asosiy diqqati xalq va uning turmush dardi bilan bevosita bog’liq bo’lganligiga amin bo’lamiz. Mullo Olim Maqdum qoji «Tarixi Turkiston» asarida shunday deydi. «Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nig’oyat darajada aqvoli olamidin xabarsiz bo’ldilar. Zolim qakamlarga rost va to’g’ri so’zni aytadurqonlar qolmay, zolimlar uchun besh-o’n tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z aytsa, maoqul deydurqonlar bo’lqon edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda o’tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug’bek, Aliqushchi o’rniga o’lturg’on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikga tabdil bo’lub, jaql balosiqa mubtalo bo’lqon edilar. qakam va ulug’larimiz fuqarolardin o’z joyiqa va masrafiqa sarf qilmay, o’z xohishlariqa xarj va sarf qilar edi. qukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va qonun yo’q edi. Fuqarolar olarning o’z molidek hisob qilinur edi».

Mavjud manbalar milliy davlatchilik tariximizni tanazzulga tortgan siyosiy kurashlar va o’zaro ixtiloflarning sabablarini o’rganish, undan saboqlar chiharish imkoniyatlarini beradi.

Jadidlar qarashlarida maorifiy-demokratik tamoyillar. Turkiston milliy davlat mustaqilligi uchun kurashda ozodlik harakatlarining o’ziga xos xususiyatlari hamda shart-sharoitlarini siyosiy jihatdan tahliliga ehtibor haratish lozim.

Bunda Jadidlarning mustaqillik uchun kurash g’oyalarining vujudga kelishi nazarda tutiladi. Millat ozod bo’lib, o’zining mustaqil davlatini o’rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmasligi Beqbudiy kelgan birinchi xulosalardan edi. Ayni paytda, bunday g’oya milliy istiqlolchilik harakatining asosini tashkil etgan.

Jadidchilar asosiy ehtiborini jamiyatda ma’naviyatni rivojlantirishga haratadilar. Ular yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, gazetalar chiharish, darslik va o’quv qo’llanmalarini nashr ettirish, harbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini hamda uni Turkistonda tarqib etish orqali milliy-dunyoviy taolimni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilash va boyitish orqali milliy o’zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar. Bunday siyosiy yondashuv bevosita jamiyatda adolatli-demokratik davlat qurilishining asoslarini rivojlanishiga xizmat qiladigan nazariy omillar ekanligini ehtirof etmasdan bo’lmaydi. Albatta, ular demokratiyaning tom mahnodagi ko’rinishlaridan uzoqda bo’lganlar.

Turkistonda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yorituvchi manbalar Munavvarqori Abdurashidxon o’qli, Beqbudiy, Fitrat, Avloniy, quvaydo va boshqa asarlarda o’z ifodasini topgan.

O’z davrida jadidlar milliy-madaniy muxtoriyat qurilishi tamoyillarini ulkan rivojlantirishning amaliy dasturlarni, Turkistonda davlatchilik shakli va uni boshqarish vakolatlari, barcha sohalar bo’yicha qonunlarni joriy etish, sud organlarini tashkil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish kabi masalalariga katta ehtibor bergan. Ammo, shu davr siyosiy sharoiti hamda yerli xalqning tushunchasida Turkistonda mustaqil demokratik jamiyat qurish to’g’risidagi qarashlari bir muncha cheklanganligini ko’ramiz. Beqbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyiqasi” dasturida to’la mustaqil demokratik jamiyat to’g’risida emas, davlatning avtonomiya shakli nazarda tutiladi. 1917 yildagi Umumturkiston musulmonlarining qurultoyida ham davlatchilik qurilishi to’g’risidagi qarashlarda demokratik yoki federativ shakllari to’g’risida baqs olib boriladi. Ammo, ularning demokratiya va federatsiya to’g’risidagi qarashlari ham aslida konstitutsion monarxiya tuzumidan tashqariga chiqib ketolmaydi.

Aynan shu davr voqea-qodisalari bayoni, tafsilotlari hamda muvaffiqiyatsizlikning sabablariga M.CHuqay “Istiqlol jallodlari” asarida qo’yidagicha taorif beradi: «Birinchidan, ob’ektiv omillar: ...Biz kurashga o’zimiz tanlagan fursatda emas, Rusiya inqilobi jarayonini keltirib chihargan vaziyat ijoboti bilan kirishdik. Ikkinchidan, suboektiv, yahni o’zimizdan bo’lgan omillar: Milliy manfaatlar yo’lida kurashish lozimligini bilganlari qolda turkistonliklar o’zaro kuchli birlik qura olmadilar va bunga ulgurmadilar».

Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy faoliyati, so’ngra inqirozi masalalari mamlakatimizning bir qator olimlari asarlarida o’z ifodasini topgan.

X1X asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi maorifatparvarlik g’oyalari bilan bog’liq. CHor Rossiyasi mazkur O’rta Osiyo hududini o’ziga mustamlaka qilib olgach, o’z siyosatini yurgiza boshladi. Bir tomondan, o’lkada ruslashtirish siyosati olib borilsa, ikkinchi tomondan, rus madaniyati ko’klarga ko’tarib maqtaldi. Bu davrda Ogaqiy “SHoqu gado”, Aqmad Donish aqlsizlikka qarshi kurashdi, Berdaq Xiva xonligi maomuriy siyosatini qoraladi. Uning “Aqmoq podsho” dostoni mavjud. Bu davrda Sattorxon, Furqat kabi bir qancha maorifatparvarlar yuzaga keldi.

Jadidchilik aslida maorifatparvarlik harakatining ko’rinishi bo’lib, uning namoyandalari mamlakatni qoloqlikdan chiharish va milliy taraqqiyotga erishishnig maorifiy yo’lini ko’rsatdilar. Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik g’oyalarini O’rta Osiyoga yoygan inson bo’lib, “Yuz yildan so’ng. 2000 sana” romanida sinfiy kurash nazariyasiga qarshi edi. Madaniyati yo’q bir millatning sanoati bo’la olmas, u ham bo’lmasa sinfiy nizolarga erta, biz madaniy o’suvdan iborat deb bildi va kurashdi.

Maqmudxo’ja Beqbudiy I.Gaspirinskiy g’oyalarini Markaziy Osiyoga yoyishda bosh rol o’ynadi. U “SHo’roi Islom” tashkilotiga asos soldi. Munavvarqori Abdurashidov Turkistonda jadidizm raqbarlaridan biri edi. U “SHo’roi islomiya” tashkilotini tuzdi. Bu tashkilotlar Turkiston o’lkasini CHor Rossiyasidan ajratib olib, uni maorifatli qilish g’oyalari bilan yashadi. Ular Rossiya tarkibida milliy-diniy avtonomiya tuzish tarafdori edi. Fitrat, CHo’lpon va boshqa jadidchilik oqimi namoyandalari mamlakat aholisini faqat savodli, ilm berish yo’li bilan bu mustamlakachilik siyosatidan qutulish yo’llarini ko’rsatdilar. Lekin sobiq sovet tuzumi davriga kelib ana shu jadidchilik oqimi namoyandalari repressiya qurboni bo’ldilar. Lekin biz bugungi kunda ana shu jadidchilarning mamlakat aholisini maorifatli qilish, jaqolatga qarshi maorifat yo’li bilan kurash olib borganligini ko’ramiz. Ular mustamlkachilik siyosatini tubdan qoraladilar, yerli aholini savodli qilish uchun kurash olib bordilar. Ana shu jadidchilarning ushalmagan orzulari bugungi kunda mustaqillik tufayli, Prezidentimiz Islom Karimovning dono raqbarligi va siyosati tufayli maorifatli jamiyat uchun olib borayotgan siyosatini men albatta chin ko’ngildan qo’llab-quvvatlayman.

CHunki maorifatparvar jadid oqimi namoyandalarining ushalmagan orzusi bugungi kunda amalga oshmoqda. O’zbekiston o’zining ma’naviyati, madaniyati bilan jaqonga yuz tuta boshladi. Endilikda biz “O’zbek xalqi qech qachon qech kimdan kam bo’lmaydi” degan Prezidentimiz g’oyasi atrofida birlashmoqdamiz.



Download 249,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish