Reja: Kirish Kimyoviy texnologiya fani va vazifalari


Kimyoviy texnologiyaning ko‘rsatgichlari



Download 64,75 Kb.
bet3/5
Sana02.07.2022
Hajmi64,75 Kb.
#730735
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya fani mustaqil

Kimyoviy texnologiyaning ko‘rsatgichlari

Kishilik jamiyati o„zining moddiy farovonligini oshirish uchun tabiat bilan


kurashda turli-tuman yangiliklar yaratib, undan ustunlik qilmoqda. Kimyo fanining
eng so„nggi kashfiyotlari va ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish sohasida
erishilgan muvaffaqiyatlar yangi-yangi sun‟iy va sintetik materiallarni vujudga
keltirishga imkon bergan. Bu materiallardan tayyorlangan sun‟iy va sintetik
gazlamalar, trikotaj, mo„yna, poyabzal va boshqalar pishiqligi, mustahkamligi,
arzonligi bilan ajralib turadi.
Inson ming yillardan beri o„zi uchun kerakli barcha buyumlarni, ya‟ni
gazlama va kiyimlarni tabiiy tolalar: jut, paxta, kanop, jun va zig„irdan tayyorlagan
va ularga turli-tuman pardoz bergan.
To‘qimachilik materiallarini pardozlash kimyoviy texnologiyasi fani,
maqsad va masalalari. Xalq iste‟mol mahsulotlarini sifatini yaxshilish,
raqobatbardoshligini ta‟minlash, dunyo namunalari darajasida ishlab chiqarish
O„zbekiston Respublikasning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy
yo„nalishi hisoblanadi. Bu maqsadga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan
pardozlash korxonalari texnologlarini yetishtirib berish orqali erishish mumkin.
TMPKT – bu to„qimachilik materiallarini pardozlashga tayyorlash, bo„yash,
gul bosish va yakuniy pardozlash jarayonlarini nazariy va texnologik mohiyatini
ilmiy-texnik muammolarni hal etuvchi fandir.
Pardozlashning kimyoviy texnologik jarayonlari asosan tolali materillarga
kimyoviy, fizik-kimyoviy yo„llar bilan ta‟sir etish orqali amalga oshiriladi Bunday
jarayonlarga oxorsizlantirish, qaynatish, oqartirish, merserlash, karbonlash,
bo„yash, gul bosish, appretlash, termoishlov berish va boshqalar misol bo„la oladi.
To„qimachilik korxonalaridagi kimyoviy-texnologik jarayonlarning asosiy
vazifasi mahsulotlarga ma‟lum xossalar berishdan iboratdir. Bular: kapillyarlik,
oqlik, kamkirishuvchanlik, kamg„ijimlanuvchanlik, namga chidamlilik, ko„rkamlik
va boshqalardir. To„qimachilik materillarini pardozlashning kimyoviy jarayonlari
bilan bir qatorda mexanik jarayonlar ham bajariladi (tuk qirqish, paxmoqlash,
dazmollash, en kengaytirish va boshqalar).
To„qimachilik materiallarini pardozlash qadimdan ma‟lum bo„lib, hozirgi
kunda u og„ir qo„l mehnatidan to uzluksiz tez sur‟atlarda olib boriladigan
jarayonlargacha rivojlanib kelmoqda. XVIII asrgacha zig„ir tolali matolarni
oqartirishga butun yoz mavsumida erishilgan bo„lsa, XIX asrga kelib ba‟zi
kimyoviy materiallarni qo„llanilishi sababli bu jarayonga ikki oy mobaynida
erishishga muvaffaq bo„lganlar. Hozirgi kunda yuqori harorat, bosim hamda turli
faol kimyoviy moddalarni ishlatish orqali matolarni oqartirishga bir necha soat
sarflanadi xolos.
XIX asr o„rtalarigacha bo„yash va gul bosishda faqat tabiiy bo„yovchilardan
foydalanilgan. 1842 yili Qozon universiteti professori N.N.Zinin tomonidan kashf
etilgan anilinni olish texnologiyasi sanoat miqyosida ko„pgina bo„yovchi
moddalarni ishlab chiqarishga asos bo„ldi. Matolarni badiiy bezash uchun
bo„yovchi moddalar, bo„yoqlar va pigmentlar ishlatiladi.
Bo„yovchi moddalar – rangli organik birikmalar bo„lib, to„qimachilik
materiallari va boshqa jismlarga bir tekis va mustahkam rang beradi.
Bo„yoq - matolarga gul bosish uchun ishlatiladigan bo„yovchi modda,
quyuqlovchi va yordamchi moddalardan tashkil topgan murakkab tarkibdir.
Pigmentlar – suvda va ko„pchilik organik erituvchilarda erimaydi, tola
yuzasiga bog„lovchi moddalar yordamida bog„lanadi.
Pardozlash-bo„yash korxonalari ko„p miqdorda suv iste‟mol qiluvchi sanoat
tarmog„iga kiradi. Jarayonlardan hosil bo„lgan oqova suvlarni tarkibida bo„yovchi
modda, ishqor, kislota, tuz va sirt aktiv moddalarning bo„lishi ularni tozalash
jarayonini qiyinlashtiradi.
Hindiston, Xitoy va Misr matolarga gul bosishning vatani hisoblanadi. Ilgari
matolarga qo„lda gullar chizilgan, so„ng maxsus qoliplar orqali, keyinchalik esa
gul bosish jihozlarida matolarda turli gullar hosil qilingan.
Matolarga yakuniy pardoz berish xamma jarayonlardan so„ng kashf etilgan.
XVIII-XIX asrlarda matolarga kraxmal bilan ishlov berib, uni sifatini oshirish
ma‟lum bo„lgan. Bu jarayonda mato o„ziga olgan yangi xususiyatlar birinchi
yuvishdanoq chiqib ketgan.
XX asr o„rtalariga kelib matolarga yakuniy pardoz berishning yangi turlari
kashf etildi (kam kirishuvchan, kam g„ijimlanuvchan, suv o„tkazmaydigan,
olovbardosh, bakteriyalardan himoyalanuvchan).
Turli ishlab chiqarishdagi pardozlash jarayonlarining iqtisodiy baholash va
o„rganish, bu jarayonlarni olib borishning eng maqbul sharoitini tanlash,
yordamchi materiallar va jihozlar tanlash, ishlab chiqarish jarayonlarni nazorat
qilish muammolarini hal qilish, gigienik va xavfsiz mexnat qilish sharoitini
ta‟minlash to„qimachilik materillarini pardozlash texnologiyasi vazifasini tashkil
etadi. To„qimachilik materiallarini pardozlash jarayonlarini effektiv olib borish
kimyo va fizika qonuniyatlarini muhandis, iqtisod va boshqa fanlarni amalda
qo„llashni o„rganuvchi bilimlar majmuasiga asoslanadi.
Pardozlash korxonlarini rivojlanish istiqbollari. To„qimachilik materillarini
pardozlash jarayonlari bo„yash - pardozlash yoki pardozlash korxonalarida olib
boriladi. Pardozlash korxonalari tarkibida quyidagi asosiy bo„limlar faoliyat
ko„rsatadi: oqartirish, bo„yash, gul bosish va yakuniy pardoz berish. Asosiy
bo„limlar bilan bir qatorda yordamchi bo„limlar ham bo„lib, ular: xom-ashyo,
tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, kimyoviy moddalar va ehtiyot qismlar
omborxonasi; kimyoviy stansiya, bo„yoq qaynatish xonasi, ishlatilgan eritmalarni
regeneratsiya qilish bo„limi, qoliplarni tayyorlash yoki gravyura xonasi.
Pardozlash korxonalarining rivojlanishi quyidagi omillarga asoslanadi;
1. Aralash tolali matolar miqdori va turlarini ko„paytirish, eni enli matolarni
ishlab chiqarishga o„tish.
2. Jarayonlarni birgalikda olib borish, texnologik ketma-ketlikni qisqartirish,
hamda jarayonlarni faollashtiruvchi, yangi fizik va kimyoviy usullarni keng
qo„llash orqali pardozlash jarayonlarini jadallashtirish.
3. Kichik modulli, ko„pik, azotrop, yuqori konsentratsiyali, yuqori haroratli,
suyuq ammiakli va shu kabi yangi progressiv texnologiyalarni qo„llash.
4. Kompyuter texnologiyalarini qo„llab texnlogik jarayonlarni avtomatik
nazorat qilishni keng qo„llash va kimyoviy modda miqdorini avtomatik boshqarish.
Tolali materillar yuqorida ko„rsatilgan jarayonlarni amalga oshiruvchi
obyekt bo„lib, xossalari va strukturasi bo„yicha juda murakkab sistemalardir.
Tolalarni sinflanishi. Kelib chiqishi bo„yicha barcha ma‟lum tolali materillar
ikki guruhga bo„linadi: tabiiy va kimyoviy. Bevosita tabiiy materiallardan
olinadiganlarga tabiiy tolalar deyiladi. Ular asosan organik va ayrim hollarda
mineral tabiatli bo„ladilar. O„z o„rnida organik tolalar yana ikki guruhga:
jonivorlardan olinadigan va o„simliklar asosidagi tolalarga bo„linadi, bular paxta,
len, pelka, jut, rami va jun, tabiiy ipak. Bu tolalar tola hosil qiluvchi polimerlar
bo„yicha sellyulozali va oqsilli bo„ladi. Mineral tola guruhiga texnika sohasida
ahamiyatli hisoblangan asbest kiradi.
Tabiiy yoki sintetik yuqori malekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlab
hosil qilingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar sun‟iy va sintetik
tola guruhlaridan tashkil topgan.
Tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni qayta ishlash orqali sun‟iy tolalar
hosil qilinadi. Bularga quyidagi tolalar kiradi:
Sellyuloza asosli: viskoza, polinoza, mis-ammiakli, triatsetat, atsetat tolalari;
Oqsil asosli: kazein, zein tolalar.
Quyi molekulyar birikmalardan sintez yo„li bilan olingan sintetik polimerlar
asosidagi tolalar sintetik tolalar guruhini tashkil qiladi. Asosiy zanjirdagi
elementlar tarkibi bo„yicha sintetik tolalar geterozanjirli (polamid (PA)-kapron,
anid, enant; poliefir (PE)-lavsan;) va karbozanjirli (poliakrilonitril (PAN)-nitron;
polivinilxlorid (PVX)-xlorin; polivinilspirt (PVS)-vinol).
Noorganik kimyoviy tolalar guruhiga shishali tola, keramikali tolalar, metall
va yarim metalli iplar mansubdir.
Oraliq mahsulotlar va bo‘yovchi moddalar sintez qilish reaksiyalari va ularning mohiyati. O‘rinbosarlarning aromatik birikmalar xossalariga ta’siri. Anilin bo‘yoqchilik sanoatining rivojlanish tarixi. Oraliq mahsulotlar va bo‘yovchi moddalar sintezi haqida umumiy ma’lumot.
Bo‘yovchi moddalar kimyosi fanining maqsadi va vazifalari, anilin-bo‘yoqchilik sanoatining rivojlanish tarixi. Bo‘yovchi moddalar sintezi ketma-ketligi, oraliq mahsulotlar va bo‘yovchi moddalar olishda ishlatiladigan reaksiyalarning turlari. Aromatik moddalar xossalariga o‘rinbosarlarning ta’siri. Organik birikmalar rangdorlik nazariyasi.
Organik birikmalar rangdorlik nazariyasining fizik asoslari. Rangdorlikning fizik asoslari. Rang sezish jarayonlari.
Organik birikmalar rangdorlik nazariyasining fiziologik asoslari
Rangdorlikning uch komponentli nazariyasi, ko‘zning tuzilishi. Ko‘zning nur sezgir elementlari, kolbochkalar va tayoqchalar. Rang sezish mexanizmi. Rang o‘lchash. RGB va XYZ – koloristik sistemalari. Molekulalarning qo‘zg‘alish energiyasi. Molekulaning energetik pog‘onalari. Molekulaning qo‘zg‘alish energiyasi. Molekuladagi σ, π elektronlarning energetik holati va ularning qo‘zg‘alish energiyasi. Rangdorlikning ilk kimyoviy nazariyalari.
Organik birikmalar xozirgi zamon kimyoviy rangdorlik nazariyasi.
Tutash qo‘shbog‘ sistemaning nur yutishga ta’siri. Tutash qo‘shbog‘ sistemaga ulangan ED- va EA- o‘rinbosarlarning, ularning ionlanishini nur yutishga ta’siri. Molekulaning fazoviy tuzilishining nur yutishga ta’siri. Kompleks
Kimyoviy texnologik jarayon va uskunalarni sinflanishi. Kimyoviy texnologik jarayonlar. Umumiy kimyoviy texnologiya asoslari. Fanning maqsadi va vazifalari. Kimyoviy texnologiya haqida tushuncha. Kimyoviy texnologiyaning asosiy tushunchalari. Kimyoviy texnologik jarayonlar va uskunalarni sinflanishi. Kimyoviy jarayonlarni boshqarish usullari. Kimyoviy jarayon tezligi. Kimyoviy jarayonlarni boshqarish usullari. Sanoat katalizi. Kataliz mohiyati va turlariGeterogen katalitik jarayonlar mexanizmi. Katalizatorlar, qollanilish doirasi. Qattiq katalizatorlar texnologik tavsifnomasi. Kimyo sanoatida suv
Suvning sifat ko‘rsatgichlari. Suv qattiqligi. Sanoat miqiyosida suv tayyorlash usuli. To‘qimachilik korxonalari oqava suvlarlari tarkibi. Suvni tozalash usullari. Kimyoviy maxsulotlar texnologiyasi. Ishqoriy birikmalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishqoriy birikmalar manbaalari, olish usullari. Ammiak asosida soda olish texnologiyasi, jarayonga ta’sir etuvchi omillar. Azotli mineral o‘g‘itlar olish usullari, texnologiyasi. Sulfat kislotasi ishlab chiqarish texnologiyasi
Sulfat kislotasi ishlab chiqarish uchun xom-ashyo manbaalari. Sulfat kislotasi ishlab chiqarish bosqichlari va mahsulot hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar. Sulfat kislotasi ishlab chiqarishning kontakt va nitrozil usullarini tavsifi. Nitrat kislotasining ishlab chiqarish texnologiyasi. Nitrat kislotasi uchun xom-ashyo bo‘lgan tabiiy azotni bolash usullari. Nitrat kislotasining ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari Kontsentrlangan nitrat kislotasi olish texnologik sxemasi. Yoqilg‘ni qayta ishlash. Yoqilg‘i manbalari, ularni qayta ishlash usullari. Neftni fizik va kimyoviy qayta ishlash texnologiyalari. Gazsimon yoqilg‘ini klassifikatsiyalash. Tabiiy gaz va uni qo‘llanilish soxalari.
Organik sintez. Organik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Organik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi, o‘ziga xos xususiyatlari. Metanol sintez texnologiysi. Jarayon tezligiga, mahsulot miqdori va sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Formaldegid sintez texnologiyasi, jarayon tezligiga, mahsulot miqdori va sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Atsetilen ishlab chiqarish texnologiyasi. Atsetilenni organik va noorganik xom-ashyolardan olish texnologiyalari tavsifi. Sirka aldegidini ishlab chiqarish. Sirka kislotasini ishlab chiqarish. Etil spirtini ishlab chiqarish texnologiyasi. Etil spirtini sanoatda qo‘llanish doirasi. Etil spirtini olishga ta’sir etuvchi omillar. Tabiatda ekologik muvozanat, uni saqlash usullari.



Download 64,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish