Reja: Kirish I. Bob. Tana zaboni va uni tushunish qismlari



Download 31,64 Kb.
bet5/8
Sana27.05.2023
Hajmi31,64 Kb.
#944957
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1541905577 72932

5. Tana harakatlari. Tana zabonida juda katta axborot yuz mimikasi va tana harakatlari orqali uzatiladi. Yuz mimikasi inson psixologiyasi, insonning ichki kechinmalari va xis-tuyg‘ulari bilan kuchli bog‘langan bo‘ladi. Shu bois, insonning nima deyayotganligiga qaramay, yuz mimikasi o‘ziga xos tabiiy munosabatlarni bildirib turadi. Yuz mimikasi orqali juda katta ochiq, aniq va to‘g‘ri axborot uzatiladi va qabul qilinadi. Shu bilan birga tana harakatlari ham insonlararo yaqinlikni ko‘rsatib turadi. Siz, o‘zingizga yaqin odamga yaqinroq turasiz, uning tanasiga vaqti vaqti bilan qo‘l tekkizib turasiz, u bilan o‘pishasiz, orqasini silab qo‘yasiz, ammo sizga uzoq bo‘lgan va tanimagan odamga nisbatan hech vaqt bunday tana harakatlarini ishlatmaysiz. Yuz ifodasi, mimika, ko‘z qarashlar, qanday qadam tashlashingiz, imo-ishoralaringiz, qo‘l harakatlaringiz – bularning barchasi tana harakatlari bo‘lib, ular o‘zaro munosabatlar borasida aniq ma’lumot beradi. Inson mimikasi juda katta axborot tashuvchi hisoblanadi. Hayrat, esankirash, hursandlik, shodlik, jahl, sevinch, savol bilan qarash, tushkunlik, o‘ylanish, g‘azab, hafagarchilik, yig‘i, tanglik kabi xissiyotlar inson qiyofasida to‘liq, darrov va adekvat, ya’ni to‘laqonli aks etadi hamda boshqalar aynan mana shu xususiyatlarini, aynan mana shu kayfiyatlarni qabul qiladi. Shu bois, sizning jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa-yu, opponentingiz “Mana jahling chiqayotibdi” desayu, siz “Yo‘q, mening jahlim chiqmayotibdi, senga shunday ko‘ringandir”, deb aytsangiz ham, opponentingiz sizning so‘zlaringizga emas, balki o‘z ko‘zlariga ishonadi.
6. Shaxsiy makon. Inson uchun o‘z shaxsiy makonini muhofaza qilish muhimdir. Shaxsiy makonning himoya qilinganligi insonni tinch va havfsiz muloqot olib borayotganligini ko‘rsatuvchi xususiyat hisoblanadi. Muayyan bir vaziyatda sizning va sizning suhbatdoshingizning qanchalik bir biringizdan uzoqlikda turishingiz, siz bilan suhbatdoshingiz o‘rtasidagi makon shaxsiy makon hisoblanadi. Har bir insonning esa o‘z shaxsiy makoni bo‘ladi. Bu makonga boshqalarning kirib borishi ularning sizga aloqadorligi, yaqinligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar notanish odam sizga juda yaqin kelsa, siz tabiiy ravishda undan chetlashishga harakat qilasiz. Siz tanimagan odam hech qachon sizning shaxsiy makoningizni buzishga harakat qilmaydi. Agar tanimagan odam sizning shaxsiy makoningizni buzib kirishga intilsa, sizning ko‘nglingizda havf uyg‘onadi, siz sezgir tortasiz. Masalan, siz tanimagan odam birdaniga sizni quchoqlab ketmaydi. Demak, muloqot olib borilganda inson shaxsiy makoni borligi va uni buzib bo‘lmasligi tamoyillariga rioya qilmoq zarur. Agar siz birovning o‘z shaxsiy makoniga ruhsatsiz kirib borsangiz, uning shaxsiyatiga bosim o‘tkazganingiz, uning xavfsizligiga tahdid ko‘rsatganingiz bo‘ladi.
Qoidali nutq - foydali nutq. Nutqning to‘g‘riligi, deganda, dastavval, uning adabiy til me’yorlariga mos kelishi tushuniladi. Busiz boshqa aloqaviy sifatlar bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham birinchi xususiyat sifatida e’tirof etiladi. Hatto, oddiy so‘zlashuv jarayonini busiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Nutq esa, sof holda adabiy til normalariga muvofiq bo‘lgan namunaviy nutq bo‘lishi zarur.
Nutqning to‘g‘riligi haqida fikr bildira turib filologiya fanlari doktori, professor, akademik Vitaliy Grigorevich Kostomarov (1973-2000, Pushkin nomidagi Rossiya davlat rus tili va adabiyoti instituti rektori bo‘lgan) shunday yozadi: «Nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan normasiga qatiy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug‘at va grammatik normalarini egallashini tushunish lozim bo‘ladi».
Demak, nutqham nazariy, ham amaliy hodisa. Uni bilish, his etishgina emas, amalda o‘rinli, qoidali qo‘llay olish nutqning muhim talablaridan biridir. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi urg‘u hamda grammatik normani puxta bilishni talab qiladi. Matnni o‘qishda, so‘zlab berishda bu mezon to‘la amal qiladi. Urg‘u har bir tilning tabiatiga ko‘ra turli o‘rinlarda qo‘yiladi. So‘zlardagi ba’zi bo‘g‘inlarning zarb bilan aytilishi, ya’ni urg‘uning ma’no va mazmunni ifodalashdagi ahamiyati katta.
Shunday ekan, biz ko‘rgan-bilgan, eshitgan, o‘qib o‘rgangan yoki shohid bo‘lgan harbir narsa-hodisaning o‘z tayanch nuqtasi bor. Bu faqat kurrai zaminimizdagi voqelikka taalluqli bo‘lib qolmasdan, galaktikadagi barcha sayyora, yulduz, samoviy jinslarga ham dahldor. Tayanch nuqtasi bor bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q bo‘lgan taqdirda ham, u omonat. E’tibor bering. Hashamatli, naqshinkor, baland imorat oldida turibsiz. Qanchalik ko‘kka bo‘y cho‘zmasin, yoki qanchalik «viqor»li bo‘lmasin, uning tayanch nuqtasi-poydevori bo‘lmasa, u hech nimadir. Erta-indin qulashi, xarobaga aylanishi tayin. Hatto, yerning ham tayanch nuqtasi bor. Beruniy, Arximedlar bu xaqda qanchalik o‘y surib, umrini band etgan bo‘lmasin, tayanch nuqta mutloq haqiqat ekanligini anglab yetishgan. Yerning tayanch nuqtasi bo‘lmaganda edi, u allaqachon orbitadan chiqib ketgan bo‘lardi.
Insoniyatning, ellarning, tillarning ham o‘z tayanchi, suyanchi bor. Tinchlik, totuvlik, o‘zaro birdamlik har bir damda, har qadamda bir-birini tushunishlik xalqlar osoyishtaligi va farovonligining tayanchi bo‘lsa, har bir tilning tayanchi esa ayni xalq nutqida istifoda etiluvchi so‘zlardan iborat.
Ajdodlarimiz so‘zni, nutqni ilohiy ne’mat va hikmat deb qarashganliklarini yuqorida qayd etib o‘tkanimizdek, Kaykovus «Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir»,- degan bo‘lsa, Navoiy «Ko‘ngil durji ichra guhar so‘z durur. Bashar gulshanida samar so‘z durur», - deb yozgan edi. G‘arbda ham xuddi mashriq zamindagi singari so‘z qudratiga katta ishonch bilan qaralgan. Siyosatshunos olim Emil de Jirarden (1806-1884) «So‘zning kuchi behaddir. Chekinayotgan qo‘shinni to‘xtatish, mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va mamlakatni qutqarib qolish uchun goho, o‘rinli aytilgan birgina so‘z ham kifoya bo‘lgan», — deb yozadi. Faylasuf olim Ralf Uoldo Emerson (1803-1882) esa «Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi», - deydi.
Shunday ekan, o‘rinli so‘z, jozibali nutq xalq bilan bog‘liqlik va birlikning tayanchidir. Ayniqsa pedagog, shu bilan birga elektron ommaviy axborot vositalari — televidenie va radioda faoliyat ko‘rsatuvchilar nutqining ko‘rki va jozibasi xalq tilining boyligi va nafosatini ko‘rsatuvchi omildir.
Nutqqa xos bo‘lgan, yuqorida ko‘rib chiqqanimiz aniqlik va to‘g‘rilik sifatlarisiz nutqning mantiqiyligini tasavvur etish qiyin. Aniq va to‘g‘ri bo‘lmagan nutq mantiqsiz hamdir. Chiroyli ibora va so‘zlarni qo‘llagan bilan nutq mantiqli va mazmunli bo‘lmasligi mumkin. Jumlalarning grammatik jihatdan noto‘g‘ri tuzilishi va unda ishlatilgan so‘zlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi mantiqning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun o‘qituvchi matnni o‘qishdan oldin bir necha bor tahririy nazar bilan ko‘rib chiqqani durust.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi bu faqat til hodisasi emas, balki tafakkur dialektikasi bilan ham bog‘likdir. Mantiqiy fikr yuritish uchun esa, keng qamrovli bilim ham kerak. Shuning uchun ham faylasuf olim Nikolay Gavrilovich Chernishevskiy (1828-1889) «nimani noaniq tasavvur qilsang, shuni noaniq ifoda etasan, noaniqlik va ifodani chalkashtirish fikrlar chigalligidan dalolatdir», - deyishi bilan haqli edi. So‘ylab turib o‘ylash, fikr yuritish va uni yetkazish nutqning muhim omillaridandir. So‘z birikmalari o‘rtasidagi grammatik aloqani his etmasdan aytishlik eshituvchiga malol keladi va mantiqni buzadi.
Mohiyati har xil bo‘lgan so‘zlarni avtomatik ravishda uyg‘unlashtirish mantiqli nutqqa ziddir. Shunday xususiyatlarning yana biri so‘z tartibining buzilishidir. So‘z o‘rnining almashinishi jumlada mantiqning aniq va tiniq bo‘lishiga ta’sir etadi.
To‘g‘ri, nutqda pauza, intonatsiya orqali nuqsonni to‘g‘rilab ketish mumkin. Lekin matn silliq, ravon va tushunishlik bo‘lishi uchun mantiqiylikka rioya etilishi zarur.
So‘zlarni bilib-bilmasdan tushirib qoldirilishi ham nutqdagi mantiqni buzadi. Bu xususiyat ham ko‘pincha nutqda unchalik sezilmasa-da, diqqat bilan tinglagan kishi notabiiylikni sezadi.
"O‘ylamasdan, e’tiborsizlik bilan qo‘llangan so‘z ma’noni xiralashtiradi, mazmunni buzadi, e’tiborni susaytiradi. "O‘ylaganda ham, so‘ylaganda ham o‘zni nazorat etish lozim. Nutq, notiq, mantiq so‘zlarining bir o‘zakdan yasalgani ham bekor emas”.



Download 31,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish