Reja: Kirish. Asosiy



Download 0,52 Mb.
bet2/6
Sana02.02.2020
Hajmi0,52 Mb.
#38553
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURSOVOY

«AN-2YE» jarayonida bosim ostidagi neytrallash orqali bu kamchilik bartaraf etilgan. Neytrallanish 180°S haroratda o‘tkaziladi, bu neytrallagichda bosimning 0,4 va 0,8 MPa orasida (jarayonda ishlatiladigan nitrat kislota konsentratsiyasiga bog‘liq xolda) o‘zgarishi orqali ta’minlanadi. Shunday qilib, faqatgina reaksiya issiqligidan foydalanish hisobiga ammoniy nitrat eritmasining konsentratsiyasini 99,7% gacha oshirish imkoniyati yaratiladi.

Bu issiqlik bug‘latish jixozining issiqlik almashtirgichiga — neytrallagichdan olinadigan va unga nisbatan past haroratda issiqlik almashtirgichdan qaytariladigan sirkulyatsiyali suyuqlik oqimi orqali uzatiladi. Bunday sirkulyatsiya neytrallagichdagi eritma haroratini boshqarish imkoniyatini yaratadi. Bu usulning afzalligi texnologik jarayonda tozalanmagan bug‘ hosil bo‘lishi kuzatilmaydi.

Ammiakli selitra ishlab chiqarish turli jarayonlarida reaksiya issiqligi bug‘ hosil qilish uchun ishlatiladi. Atmosfera bosimiga yakin bosim ostida (0,12 MPa) va 135°S haroratda neytrallanishda 85% konsentratsiyali eritma hosil kilinadi; 180-185°S haroratda yuqori bosim [-0,4 MPa ostida 75-77% li, 180°C haroratda 0,4-0,8MPa bosim ostida («AN-2YE» usuli bo‘yicha) esa 65% li eritmalar olinadi. Yuqorida konsentratsiyalari keltirilgan eritmalar — neytrallagichga -60% konsentratsiyali nitrat kislota berilishiga muvofiq keladi.

«AN-2YE» jarayonida neytrallagichdagi haroratni va shu harorat bilan reaksiya harorati orasidagi farqni o‘zgartirish, shuningdek bug‘latish bo‘limidagi vakuumni o‘zgartirish orqali turlicha belgilangan konsentratsiyali ammiakli selitra eritmalarini hosil qilish mumkin. Jarayon shunday boshqariladiki, bunda neytrallagichdagi bosim doimo ayni haroratdagi eritma kaynash bosimidan yuqorida ushlab turiladi. Bu xolda texnologik bug‘ hosil bo‘lmaydi va odatdagi texnologik sxemalarda ammiakli selitra tomchilarini tutib qolishi uchun va kondensatni texnologik bug‘dan tozalash uchun qo‘llaniladigan qurilmalar talab etilmaydi. Neytrallanish jarayonida azotning yo‘qotilishi nixoyatda oz darajada bo‘ladi.

Jarayonining soddalashtirilgan texnologik sxemasi tasvirlangan. Neytrallagichdan bug‘latish bo‘limiga issiqlikni tashuvchi ammiakli selitra oqimining sirkulyatsiyasi jarayonning asosi hisoblanadi. Issiqlik almashtirgichdan so‘ng eritma neytrallagichga qaytariladi. Eritmaning sirkulyatsiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi.
Bug‘latish bo‘limiga selitra eritmasi oqimining kritilishidan oldin bosim ostidagi eritma redusirlanadi (ya’ni, suyuqlik ustidagi bosim pasaytiriladi), bu esa uning haroratining pasayishiga olib keladi. Eritmaning bug‘latish haroratini pasaytirish uchun esa standart vakuum qurilmalari ishlatiladi.

Neytrallagich vertikal ko‘rinishdagi idish bo‘lib, yuqori bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan, jixozning ichida tik qiyalikda quvur joylashtirilgan, u orqali eritma bug‘latish jixoziga konsentrlash uchun yuboriladi.

Neytrallagich quvvati unga beriladigan ammiak miqdori bilan aniqlanadi, ammiak miqdori esa kiritiladigan kislota miqdoriga muvofiq kelishi kerak.

Kislotaning ozgina miqdori reaktorning pastki qismidan olinadigan eritma oqimiga Eritmaning pH qiymatini belgilangan darajada ushlab turilishi uchun qo‘shiladi.

Nitrat kislota konsentratsiyasi o‘zgargandagi neytrallash jarayonini to‘g‘ri boshqarilishi kislota berish yo‘nalishda joylashtirilgan, sezgir element biriktirilgan maxsus hisoblash qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

55% konsentratsiyali nitrat kislota qizdirgich 1 ga va so‘ngra Neytrallagich 2 ga tushadi, unga bug‘latgich 4 da bug‘lanadigan gaz xolatdagi ammiak ham beriladi.

Sxemada atmosfera bosimida ishlaydigan neytrallagich ko‘rsatilgan, undan ammoniy nitrat eritmasi vakuum ostida ishlaydigan bug‘latgich 5 ga uzatiladi. Bug‘latgichdagi vakuum kondensator 7 da texnologik bug‘ni suv bilan kondensatlanishi natijasida hosil kilinadi. Bug‘latgichdan chiqadigan ammoniy nitratning bir qismi bug‘latgich va reaktor o‘rtasida sirkulyatsiyalanadi. Bug‘latgich 5 dan chiqadigan texnologik bug‘ separator 6 dan so‘ng nitrat kislotani qizdirish uchun qizdirgich 1 da va suyuq ammiakni bug‘latish uchun bug‘latgich 4 da qisman ishlatiladi. Bug‘latgichda hosil qilingan ammoniy nitrat eritmasi qayta neytrallagich 8 ga tushadi, u yerda ammiak gazi bilan -88% konsentratsiyagacha qayta neytrallanadi va bug‘latuvchi jixoz 9 ga uzatiladi, u yerda 95% li konsentratsiyagacha bug‘latiladi. Bug‘latilgan eritma qayta bug‘latish jixoziga beriladi. Hosil qilingan 99,5% li suyuqlanma donadorlash minorasida statik donadorlagichlar yordamida tomchilatiladi (rasmda ko‘rsatilmagan). Elash va sovutish bosqichlaridan o‘tgan mahsulot tarkibida 34,5% azot va 0,4% namlik bo‘ladi. Donachalarning o‘lchami 1-4 mm orasida bo‘ladi. Stabillovchi qo‘shimchalar qo‘shish nazarda tutilgan.

Lozim topilganda 95% li eritmani (qo‘shimcha bug‘latishsiz) donadorlash minorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish orqali g‘ovak selitra olinadi. G‘ovak donachali mahsulotni maxsus qurilmalarda quritish natijasida undagi qolgan namlik yo‘qotilishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarishning texnologik sxemasi ko‘p jixatdan ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan boshqa sxemalarga o‘xshab ketadi. «Nuago» («Norsk-Gidro») firmasi tomonidan yaratilgan yirik donachalar (7-11 mm li) olish bilan tarelkali (likopchali) donadorlagich ishlatish orqali 99,5% li suyuqlanmadan changlanmaydigan donador ammiakli (yoki oxakli- ammiakli) selitralar olishning original yuqori haroratli usuli ham mavjuddir. Jarayonning texnologik sxemasi 12-rasmda ko‘rsatilgan.

«Norsk-Gidro» firmasi quvvati 400 t/sutka bo‘lgan tarelkali donadorlash qurilmasiga egadir. Eng yirik qurilmani (600 t/so‘tkar Gretsiyada «NNVE» firmasi qo‘rgan. «Soshrashe Rgansa» fransuz firmasi uzining korxonalaridan biridagi eski donadorlash minoralari o‘rniga quvvati 800 t/sutka bo‘lgan «Norsk-Gidro» firmasining sxemasini tanlagan.



      1. -rasm. «Norsk-Gidro» firmasi usuli bo‘yicha tarelkali donadorlagichdan foydalanib donadorlangan ammiakli va oxak-ammiakli tarelkalar texnologik sxemasi:

1-dastur bunkeri; 2-ta’minlagich; 3-tarelkali donadorlagich; 4-baraban; 5- sovutgich; 6-elak; 7-tegirmon; 8-kukunlashtiruvchi barabanlar; 9-skrubber; 10- separator.

«Nuklo» qo‘shimchali donadorlangan ammiakli selitra olish (AQSH). Bu usulning asosiy xususiyati juda mayda maydalangan (0,04 mm) bentonit tuproqlaridan iborat kukunsimon maxsus «Nuklo» qo‘shimchasi ishlatish hisoblanadi. Qo‘shimcha 99,85% li ammiakli selitraga uni donadorlash minorasiga kiritishdan oldin qo‘shiladi. Ayrim xollarda qo‘shimchani bug‘latish jixoziga kiritishdan oldin 95% li eritmaga qo‘shiladi va uni 0,1-0,2% namlikkacha bug‘latiladi.

«Nuklo» qo‘shimchasi siklik qizdirish va sovutishda donachalar buzilishini kamaytiradi, shuningdek donachalar mustaxkamligini oshiradi va uni saqlashdagi yopishqoqligini kamaytiradi.

«Nuklo» qo‘shimchali donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarish uchun qurilmaning prinsipial sxemasi 2.13-rasmda tasvirlangan.

Gaz xolatdagi ammiak (165°C) neytrallagich 5 ga beriladi, u yerga shuningdek ~38°S haroratdagi 57% li nitrat kislota ham kelib tushadi. Neytrallagichdan 83% li ammiakli selitra eritmasi buferli bak 6 orqali nasos 7 bilan bug‘latish jixozi 3 ga uzatiladi va u yerga suyuqlik quvur ichki devori bo‘yicha sizib chiqadigan yupqa plenka xolatda oqib tushadi. Bug‘latish jixozining ostki qismidan qizdirgich 1 da 180° C haroratgacha bug‘ bilan qizdirilgan xavo beriladi. Xavo sarfi (-270 m /t selitra uchun) 6770 m2/s ni tashkil etadi. Bug‘latilgan suyuqlanma (99,85% P
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish