Payvand – poyaning (qalamchasi) yoki kurtagini (ko‘zini)
boshqa o‘simlikka ulash jarayoni.
Payvandust – 1) payvandtagga payvand qilinadigan boshqa
o‘simlik qalamchasi yoki kurtagi; 2) payvand qilingan qalamcha
yoki kurtakdan hosil bo‘lgan o‘simlik.
Payvandtag – boshqa o‘simlik kurtagi yoki qalamchasi pay-
vand qilinadigan o‘simlik.
Payvandtag kuzda yoki erta ko‘klamda o‘tqaziladi. Danakli
mevalar va yong‘oq mevalar ko‘chati odatda kuzda chuqurligi
25–30 sm qilib, yaxshisi chuqur haydaladigan plug bilan 60–70
sm qilib haydalgan yerlarga ekilishi tavsiya etiladi.
Payvandtag bo‘ladigan niholchalarning har qaysi navi alohida
qatorlarga ekiladi, shunday qilinganda tayyorlanadigan payvand
ko‘chatlar bir tekisda yetiladi.
O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitida sug‘oriladigan
yerlarda niholchalar iyul oxiri va avgust oyining boshidan
to sentabrning o‘rtasigacha payvand qilish mumkin. Buning
uchun payvandlashga kirishishdan 6–8 kun oldin ko‘chatzor
yaxshilab sug‘oriladi. Shunday qilinganda payvandtag
po‘stlog‘ining ko‘chishi osonlashadi, natijada payvand qiluv-
chilarning ishi tezlashib, solingan payvand tez tutib ketadi.
Payvandlash ishi tugagandan keyin ham ko‘chatzorni sug‘orish
tavsiya etiladi.
80
Payvand va payvandlash quyidagi jarayonda o‘tkaziladi:
payvandlash uchun olingan nok, olma, behi novdasidagi kur-
tak o‘tkir pichoqda 2–2,5 sm uzunlikda, danakli meva daraxt
novdalari esa 3–3,5 sm uzunlikda etidan sal qo‘shib kesib oli-
nadi.
Payvandtag tanasining ildiz bo‘g‘zidan 5–6 sm yuqorisi-
ning po‘stlog‘i «Т» shaklida tilinadi, so‘ngra ana shu tilingan
po‘sloq orasiga kesib olingan kurtakni joylab, polietilen plyon-
ka bog‘ichi bilan bog‘lab qo‘yiladi, 15–20 kun o‘tgach bog‘ich
sal bo‘shatib, kuzda batamom olib tashlanadi.
Kurtaklari payvandlash uchun ishlatiladigan novda pay-
vand qilinadigan kuni ertalab yoki bir kun ilgari kechqurun
mevali daraxtdan kesib olinadi. Novdasi payvandlashga olina-
digan mevali daraxt oldindan aprobatsiya qilingan va serhosil-
ligi hamda kasalliklarga chidamliligi aniqlangan bo‘lishi zarur.
Shu bilan birga novda daraxtning quyoshga qaragan tomonida-
gi pishib yetilgan shoxlaridan olinishi zarur. Novda daraxtdan
olinishi bilan barglari bandlaridan 1 sm uzunlikda qoldirilib
kesib tashlanadi.
Shuningdek, shu jarayonda tayyorlangan novda salqin bino-
da qop kabi narsalarga o‘ralib, quyi tomoni sernam qumga tiqib
qo‘yiladi. Dalada payvandlash vaqtida novdalarni suvli chelak-
larning ichida yoki yashik ichida ho‘l yo‘singa ko‘milgan holda
olib yuriladi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |