75
Qiya qilib bir to- monga taxlaganda, albatta, ко‘chat tanasin-
ing mashina yoki arava chetiga teg‘ib shilinmasligi uchun o‘sha
tomonga poxol ko‘proq tashlanadi. Ko‘chatlar mashina
va ara-
vaga ortilganda uning ildizini yo‘lda
shamollatmaslik uchun
ustiga bir tekisda nam poxol tashlanadi. Ko‘chatlar
mashinaga
belgilangan balandlikda taxlab chiqilgandan
keyin ustidan cho-
dir yoki brezent tortib boylanishi lozim. Ko‘chat
qancha tez va
urintirilmasdan olib borib ekilsa u shuncha yaxshi ko‘karadi.
Mashina yoki aravaning tagiga ho‘l poxol tashlash maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: