Ishni bajarish tartibi: Talabalar tok tuplaridan qalam-
cha tay yorlash uchun kollej bog‘laridagi navlardan hamda
ma’lumotnoma va adabiyotlardan foydalanib, bir gektarga
sarflanadigan qalamcha miqdorini aniqlaydilar. Dars jarayo-
nida talabalar xo‘raki, mayizbop va vinobop uzum navlari
uchun qalamchalarning bo‘yi, diametri qancha bo‘lishini
o‘rganadilar.
134
5. ТОК BOG‘I BARPO QILISH
(2 soat)
Tokzor uchun joy tanlash. O‘zbekistonning tuproq-iqlim
sharoitlari uning barcha hududlarida tok tuplarini o‘stirish im-
konini beradi. Tokzor uchun tekis, unumdor va suvli yerlar ajra-
tilgani ma’qul. Biroq g‘alla, g‘o‘za, qand lavlagi, kanop, zig‘ir
kabi o‘simliklar uchun noqulay hisoblanib, qumli va toshloq
yerlar, tog‘ va tog‘oldi yonbag‘irlari ham tok o‘stirish uchun
qulay hisoblanadi. Shuningdek, tog‘li va adirli zonalarning qi-
yaligi 10°C gacha bo‘lgan yerlarda ham tok o‘stirish mum-
kin. Bunday yerlarda yorug‘likdan, shamoldan, yaxshi foy-
dalaniladi, mexanizatsiya yordamida ishlov berish imkoniyati
tug‘iladi. Qiyaliklar 10°C dan oshganda tokzor barpo qilishdan
oldin supacha (terrasa) qilinadi. Pog‘onali supachalardan ish-
lab chiqarish sharoitida keng tarqalgan. Bu holat tuproqli ero-
ziya jarayonlaridan saqlaydi, parvarishni yengillashtiradi. Tog‘li
yerlarning janubiy yonbag‘irlari issiqroq va quruqroq bo‘lgani
uchun tok o‘stirish uchun qulay hisoblanadi. Bunday yerlarda
tok qatorlari qiyalikka ko‘ndalang qilib olinadi. Baland (tik) qi-
yaliklarda tok supachalarga ekiladi.
Tok uchun kuchli sho‘rlangan, yer osti suvlari 1 m dan yuqo-
ri bo‘lgan pastqam yerlar yaroqsiz hisoblanadi. Ammo ularning
meliorativ holatini yaxshilab tok o‘stirish mumkin. Tokning
o‘sishi, mahsuldorligi, hosilining sifati ko‘p jihatdan tuproq
xarakteri va xususiyatlariga bog‘liqdir. O‘zbekistonda bo‘z va
o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqi tuproqlar tok o‘stirish uchun qulay hisob-
lanadi. Tuproq qat lami 50–60 sm dan ko‘p bo‘lmagan tosh-
shag‘al yerlarda ham sifatli hosil rivojlanadi, parvarishlash,
hosilni yig‘ish, tashish, tuproq qa ishlov be rish, tok ko‘mish va
ochish ishlari qulaylashadi. Agar qatordagi tup roq oralig‘ini
1,5 m qilib ekilsa, keyinchalik tuplarni ildizlari bir-biri bilan
chirmashib, qatordagi tuproqlar ning yer ustki qismlari qalin-
lashib ketadi, o‘simlikning oziqlanishi, namdan foydalanishi,
novdalarning pishishi va hosil sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
(Sh. Temurov, 2002).
135
Do'stlaringiz bilan baham: |