R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


Yerni ko‘chat ekish uchun bo‘lish va ko‘chat o‘tqazish



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Yerni ko‘chat ekish uchun bo‘lish va ko‘chat o‘tqazish. Bu 
ishni bajarish uchun kanop, temir sim, maketlardan foydalani-
ladi. Katta maydonlarda esa geodeziya asboblari qo‘llaniladi. 
Keng ishlatiladigan usul – bu temir simlardan foydalanish.
Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, bir yoki ikki yillik standart 
ko‘chatlar tanlab olinadi. Ular ekishdan oldin bir necha soat, agar 
namligi kamroq bo‘lsa, 2–3 kun suvga solib qo‘yiladi. So‘ngra 
asosiy ildizlari 8–10 sm ga qisqartirilib, qolganlari olib tashlana-
di. Rivojlangan novdalardan 2–3 ta qoldirilib, har biri 2–3 kurtak 
qoldirilib kesiladi. Ko‘chatlar o‘tqazishdan oldin teng nisbatda 
chirigan go‘ng va tuproq aralashmasidan tayyorlangan «atalaga» 
bo tirib olinadi (yaxshi tugib ketishi uchun), ko‘chat ekishning 
qulay vaqti kuz va bahor hisoblanadi. janubiy rayonlarda kuz-
da, kunlar iliq bo‘lib yer yaxlamaganda, hatto qishda ham ekish 
mumkin. har ehtimolga qarshi ustiga tuproq tortib qo‘yiladi.
Kuchli sovuq bo‘ladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xo- 
razm viloyatida ko‘chatlar 60–70 sm chuqurlikka ekilishi lozim. 
Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda yerning ekish chuqurligi 40– 
45 sm, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda 30–35 sm, bahorikor 
yerlarda 50–60 sm bo‘lgani ma’qul. Tok ko‘chatlari mexanizatsi-
ya, shuningdek qo‘l yoki burg‘u (gidrobur) yordamida ekiladi, 
5–15 sm qalinlikda atrofi tuproq bilan uyiladi.
Parvarish ishlari ko‘chatlarning to‘liq tutib ketishi va jadal 
rivoj- lanishiga qaratilmog‘i lozim. Tok ekib bo‘lingach, o‘suv 
davrida bo‘z tuproqli yerlarda 8–10 marta (aprel, may, iyunda 
2–3, iyulda 2–3, avgustda 2, lozim bo‘lsa sentabrda 1 marta), yer 
osti suvlari yaqin yerlarda 2–3 marta, tog‘-shag‘alli yerlarda 15–
16 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 300–400 m
3
/ga.
Birinchi yili yuza ildizlar olib tashlanadi. Novdalar 10–15 va 
20–30 sm bo‘lganida zamburug‘ kasalliklariga qarshi 1–2 marta 
dorilanadi. Birinchi va ikkinchi yillarda gektar hisobiga sof hol-
da 60 kg azot, 40–45 kg fosfor, 15–20 kg kaliy hisobida oziqlan-
tiriladi.
Kuzda ko‘chatlarni tutganlik darajasi hisoblanib, qurib qol-
ganlari o‘rniga shu nav ko‘chatlar ekiladi. Barglar to‘kilgach, tok 


136
tuplari tuproq bilan ko‘miladi. Ikkinchi yili bahorda tokzorlarga 
temir-beton ustunlar o‘rnatilib, tuplarga shakl beriladi.
Tok tuplari bir joyda 40–50 va undan ortiq yil o‘sib hosil bera- 
di. Uning ko‘p yashashi, mahsuldorligi asosan, to‘g‘ri joylashti-
rishga bog‘liq. Yangi tokzorlarni barpo qilish, ayniqsa hozirda, 
bozor islohotlari davrida katta kapital xarajatlar bilan bog‘liq. 
Bu borada yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish juda qiyin. Shu sabab-
li tokzor barpo qilishda joy tanlash va uni ekishga tayyorlash 
muhim ahamiyatga ega.
Tokzor uchun joy tanlashda tuproqning xossalari, sizot suv-
larining  joylashish  chuqurligi,  joyning  relyefi,  yonbag‘irlar 
ekspozitsiyasi, suv havzalarining uzoq-yaqinligi, shamoldan hi-
moya qiladigan polosalarning mavjudligi va boshqa sharoitlar 
hisobga olinadi. Tekis relyefli maydonlar foydalanish uchun juda 
qulay, chunki ko‘chatlarni mexanizatsiya yo‘li bilan parvarish 
qilish oson bo‘ladi.
Tokzor uchun joy ajratilgandan so‘ng rejada bog‘imlar chega-
rasi qo‘rg‘on uchun va xo‘jalik qurilishlari (navlarga ajratish 
va joylash bostirmalari, quritish maydonchalari, ombor lar va 
boshqalar) uchun joy belgilanadi, kvartal va kartalar ning kat-
taligi, shakli aniq lanadi, sug‘orish va zovur tarmoqlari, tokzor-
larni himoya qiluvchi daraxtzorlar loyihasi tuziladi. Reja tu-
zishda navlarning tarkibi va ularni joylashtirish, olinadigan 
mahsulotdan foydalanish, zanglarni parvarish qilish tizimida 
ко‘chat  ekish  qalinligi,  agrotexnika  va  shunga  o‘xshashlar         
aniqlanadi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish