O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:
Badiiy adabiyotning mintaqa madaniyatida tutgan o’rni.
Badiiy tafakkur va ilmiy tafakkur.
Mintaqa adabiyoti Alisher Navoiy talqinida.
Badiiy tafakkur tariqlari - dunyoni idrok etish va uni ijodiy akslantirishning o’ziga xos yo’llari sifatida.
“Haqiqat tariqi”.
“Majoz tariqi”.
Alisher Navoiy ishq haqida.
«Avom ishqi».
“Xavos ishqi”.
“Siddiqlar ishqi”.
Mehr ma’rifati.
125
«Dil ba yoru dast ba kor»ning ma’nosi.
10-bob.
Alisher Navoiy ma’naviy olami va yangi davr o’zbek millati ma’naviy qiyofasining shakllanishi
1-fasl. Mintaqa madaniyatida turkiy she’riyatning rivoji.
Alisher Navoiy o’z ijodida Nizomiy va Amir Xusrav, Attor va Faxriddin Iroqiy yaratgan badiiy va irfoniy olamlar yog’dusidan bahramand bo’ldi. Yuqorida nomlari eslangan Sa’diy, Hofiz, Anvariy, Xoqoniy kabi o’nlab fors mumtoz adabiyoti vakillariga tatabbu-javoblar yozdi. Va o’z mustaqil badiiy olamini yaratdi. Bu olam turkiy she’riyat olamiga taalluqli edi. Turkiy adabiyot vakillari esa azaldan ijtimoiy-axloqiy muammolarga alohida e’tibor berib keladilar. Adib Ahmad (VIII-IX asrlar), Yusuf Xos Hojib (XI asr), Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirg’oniy (XII asr), Qul Ali (XII - XIII asrlar), Yunus Emro (XIII asr), Rabg’uziy(XIV asr) kabi buyuk siymolarni etishtirgan turkiy tildagi adabiyot XIV asrdan boshlab gurkirab rivojlana boshladi. Dastlab Xorazm adabiy maktabi shakllandi. Unda «Muhabbatnoma» muallifi Xorazmiy, Qutb, Sayfi Saroiy kabi ulug’ ijodkorlar etishib chiqdi.
asr 70-yillaridan mintaqa siyosiy hayotida mo’g’ullar hukmronligi tugab, Temuriylar davri boshlandi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tanazzulga yuz tutgan va parchalangan Chig’atoy ulusining o’rnida islom mintaqasining qalb qismini o’z hududiga birlashtirgan ulug’ saltanatni vujudga keltirdi. G’arbda Iroq va Suriya erlari, Eron, Afg’oniston va Markaziy Osiyo o’lkalarini deyarli to’liq qamrab olgan bu mamlakat islom mintaqa xalqlarining yagona siyosiy hududga oxirgi marta birlashuvi bo’lib, Temur mintaqa miqyosida nufuzga ega bo’lgan oxirgi davlat boshlig’i edi. Uning davlatni boshqarish va ulus osoyishtaligini ta’minlash yo’lidagi xizmatlari islom mintaqa madaniyati davlatchilik sohasidagi yutuqlarining yuqori cho’qqisi bo’ldi.
Bu davr mintaqa adabiy hayotida ham sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. Nizomiy va Amir Xusravlar turkiy elat vakili bo’la turib, fors tilida ijod qilgan bo’lsalar, endi turkiy she’riyat butun mintaqa hududida rivoj ola boshladi. Sherozda Hofiz Xorazmiy shuhrat qozondi. Hirot, Samarqand, Buxoro, Tabriz, Xo’jand shaharlari, Iroq, Kichik Osiyo, Misr, Volgabo’yi, Farg’ona, Xorazm o’lkalarida turkiy tilda ijod qiluvchilar etishib chiqa boshlashdi. Sayid Qosimiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy, Yusuf Amiriy, Yaqiniy, Sayid Ahmad, Xo’jandiy, Muqimiy, Sayid Nasimiy, Naimiy, Kamoliy, Latifiy, Suhayliy, Mirzo Hoji Sug’diy va boshqa shoir va adiblar turkiy tilda g’azallar, ruboiylar, qit’alar, qasida va masnaviy, doston va nasriy asarlar yoza boshladilar. Temuriyzodalar, ya’ni Amir Temurning nabira-evaralari ko’pchiligi turkiy nazmga mayl ko’rsatdilar. Alisher Navoiy «Majolis un- nafois»da Sulton Iskandar Sheroziy, Xalil Sulton, Ibrohim Muhammad Xalil, Abubakr Mirzo, Shoh G’arib Mirzo, Badiuzzamon Mirzo,
126
Abulqosim Bobir, Sayid Ahmad Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo, Faridun Husayn Mirzo va boshqa qator amirzodalarning she’rlaridan namunalar keltiradi. Amir Sayfiddin Barlos, Arslon Xo’ja Tarxon kabi nufuzli amirlar ham she’riyatga homiylik qilar, ham o’zlari ijod bilan shug’ullanar edilar.
Jami XV asrda o’tgan 50ga yaqin turkiy she’riyat namoyandalari Navoiy asarlarida tilga olinadi va she’rlaridan namunalar beriladi. Ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro bu sohada alohida xizmat ko’rsatdi. Alisher Navoiyning barakali ijodiy faoliyatida ushbu ulug’ turkiy she’riyat vakili hamda homiysining ko’magi va daldasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu davrda Qutb va Haydar Xorazmiylarning
«Xamsa» an’analarini turkiy she’riyatga yoyish harakatlari, Sa’diy «Gulistoni», Attorning «Ilohiynoma» (Sayid Qosimiy) va «Mantiq ut-tayr» (Gulshahriy) asarlarining tarjima va tatabbulari, Nasimiyning yuksak irfoniy she’riyati, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiylarning devonlari, Xorazmiy, Xo’jandiy, Amiriy va Sayid Ahmad «Ishqnoma»lari (Muhabbatnoma», «Latofatnoma», «Taashshuqnoma»,
«Dahnoma»), Amiriy va Yaqiniylarning ramziy munozaralari va boshqalar turkiy mumtoz she’riyatni mintaqa adabiyotining yuksak pog’onalariga ko’targan edi. Bu davrda Qur’onning qator turkiy tafsirlari, turkiy tilda payg’ambarlar qissaci, axloqiy va tarixiy risolalar, adabiyotshunoslikka oid asarlar yaratilgan edi.
Alisher Navoiy badiiy ijod tariqi haqidagi o’z nazariyasini qisman turkiy adabiyot vakillariga ham tatbiq etadi. «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida uning o’ziga ota qatorida mehribonliklar ko’rsatgan ustozi, kushtigirlar piri bilan bir suhbati keltiriladi:
Pahlavon navqiron shoirdan so’raydiki, turkigo’y shoirlar ichida eng yaxshisi kim? Navoiy javobida mavlono Lutfiyni tilga oladi. Shunda Pahlavon Muhammad hayron bo’lib, so’raydi:
-Nechuk Sayid Nasimiy demading? Faqir dedim:
- Xotirg’a kelmadi va bar taqdir kelmoq, Sayid Nasimiyning nazmi o’zga rang tushubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat tariqin ado qilibdur. Bu savolda sening g’arazing majoz tariqida aytur el erdi.»77
Bu suhbatdan ikki narsa ayon bo’ladi. Birinchidan, «majoz tariqi» va
«haqiqat tariqi» yo’nalishlari faqat Alisher Navoiy taxayyulining mevasi bo’lmay, uning yoshlik davridayoq ilm va san’at ahliga ma’lum bo’lgan. (Bunga ishoralar
«Xamsatul-mutahayyirin»da ham uchraydi.) Ikkinchidan, Lutfiy va Nasimiy kabi ulug’ turkiy tilli shoirlar tanlagan badiiy ijod tariqlarini bir-biridan farq qilish bilan Navoiy navqironlik davridayoq bu masalada o’zining aniq-ravshan qarashlariga ega bo’lganligi oydinlashadi.
Ammo Pahlavon yosh do’stiga e’tiroz bildirib: «Sayid Nasimiyning nazmi zohir yuzidin majoz tariqiga shomildur va ma’no yuzidan haqiqat tariqiga» der ekan, bu bilan Nasimiy ijodi ham Jomiyniki singari murakkab xarakterga ega ekanligi ta’kid etiladi.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 15-j. T., 1999, s. 116
Do'stlaringiz bilan baham: |