R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet61/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Talabalarga tayyorgarlik uchun yordamchi materiallar:

    1. ISLOM OLAMIDAGI ASOSIY TASAVVUF TARIQATLARI


Asosiy tariqatlar

Asoschilari

Kelib chiqish makoni
va tarqalish doirasi

Badaviya

Ahmad al –Badaviy (1199-1276),

Shimoliy Afrika

Dasukiya

Ibrohim ad-Dasukiy (1246-1288),

Shimoliy Afrika

Rifoiya

Ahmad bin Ali ar-Rifoiy (1106-1182)

Shimoliy Afrika



Shoziliya

Abulhasan Ali ash-Shoziliy (1196- 1258),

Shimoliy Afrika





Cuxravardiya

Ziyauddin Abu Najib as-Suxra-vardiy
- 1037-1168, Shahobiddin Yahyo as-
Suxravardiy - 1155-1191, Shahobiddin Abu Xafs Umar as-Suxravardiy -



Eron

92




vafoti 1234),




Yassaviya

Ahmad Yassaviy (vafoti – 1166 yil),

Markaziy Osiyo



Naqshbandiya- xojagon

Abdulholiq G’ijduvoniy (vafoti 1179), Bahovuddin Naqshband (1318-
1383)

Markaziy Osiyo





Qodiriya

Abdulqodir bin Abu Solih Jiloniy - 1077-1166),

Eron, Markaziy Osiyo



Kubraviya

Najmiddin Kubro (1145-1221),

Markaziy Osiyo



Chishtiya

Muiniddin Muhammad Chishtiy ( vafoti 1236),



Hinduston

Mavlaviya

Jaloliddin Rumiy (1207-1273)

Turkiya


    1. SUFIYLIK YO’LINI IXTIYoR ETGANLARNING MA’NAVIY KAMOLOT BOSQIChLARI



Shariat


(Barcha musulmonlar uchun umumiy qonun-qoidalar)


Tariqat


(1.Tavba, 2. “Fano fi-sh-shayx” - ya’ni, pirga qo’l berishdan “fano fi-l-loh”gacha)


Ma’rifat35


(“fano fi-l-loh”dan “baqo bi-l-loh”gacha)


Haqiqat


(“baqo bi-l-loh” yoxud oriflik maqomi)

    1. NAFS TARBIYaSI VA NAFS DARAJALARI



Nafs – milliy ma’naviyatimiz an’analariga binoan inson ruhiyatida moddiy olam ne’matlariga moyillikni ifodalovchi timsol-tushuncha bo’lib, tasavvuf tariqatlarida nafs tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgan va uning turli darajalari belgilangan:





35 Bu bosqich asli “ma’rifatulloh” atalib, “Haqni tanish” ma’nosini bildiradi. Majoziy qiyosda piri murshid kulolga, murid loyga, “tavba” maqomi loyning xas-xashakdan tozalanishiga. “ma’rifatulloh” bosqichi xumdonga o’xshatiladi. Bu “xumdon”ning olovi esa “ishqi ilohiy”dir.
93

  1. Nafsi ammora – insonni tamomila o’z jiloviga olgan, harqanday og’ir gunohlarga boshlovchi tarbiyaga bo’ysunmagan, o’jar nafs. Qur’oni karimning “Yusuf” surasida eslanadi.

  2. Nafsi lavvoma – gunoh ishlarga yo’l qo’yganda vijdoni qiynala boshlagan, o’z xatolaridan afsuslanish hissi paydo bo’lgan inson nafsining holati. Qur’oni karimning “Qiyomat” surasida eslanadi.

  3. Nafsi mutma’inna – Sokin muvozanatga erishgan, xotirjam, gunohlardan tiyilgan nafs. Qur’oni karimning “al-Fajr” surasida eslanadi.

  4. Nafsi mulhama – ilhomlangan nafs, nafs tarbiyasining bu darajasiga erishgan insonlar o’zgalarga beminnat yordam ko’rsatishga moyil bo’ladilar, savob uchun vaqtini, molini, mehnatini ayamaydilar.

  5. Nafsi marziya – rozi bo’lgan nafs, Alloh taqdir etgan yaxshi- yomon ishlarga sabr qiluvchi, turmush og’irliklariga bardoshli, odamlarning noo’rin munosabatlaridan xafa bo’lib, gina qilmaydigan insonlar nafsi.

  6. Nafsi sofiya – dunyo orzu-havaslaridan, obro’-e’tiborga intilish tamoyillaridan butkul forig’lik darajasiga erishgan nafs, oriflik maqomiga etishgan piri murshidlar, valiylar nafsi.

  7. Nafsi komila – payg’ambarlar nafsi, oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga etishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo’lishga intilish ma’naviyat nishonasidir36.

O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:



  1. XII asrgacha tasavvufiy qarashlarning shakllanishi.

  2. Nega milliy ma’naviyatimizning “Tasavvuf tariqatlari va irfon bosqichi” sifatida XII-XIII asrlar olinadi?

  3. Ibn Sino va G’azzoliyning “Ishq” haqidagi qarashlari.

  4. Tasavvuf nazariyasi va Ibn al-Arabiy merosi.

  5. Islom olamidagi asosiy tasavvuf tariqatlari va ularning asoschilari.

  6. Turkistonda tasavvuf.

  7. Yassaviya.

  8. Kubraviya.

  9. Bahouddin Naqshband va tasavvuf irfonining kamoli.

  10. Sufiylik yo’lini ixtiyor etganlarning ma’naviy kamolot bosqichlari

  11. Nafs tarbiyasi va riyozat ma’rifati.

9-bob.
Milliy ma’naviyatimiz rivojida
«Majoz tariqi» bosqichi



36 Nafs darajalari haqidagi ma’lumotlar I. Ostanaqulov maqolalaridan olindi.
94

1-fasl. Badiiy adabiyotning mintaqa madaniyatida tutgan o’rni.


«Majoz tariqi» o’zi nima? Nega islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimizning takomili haqida gapirar ekanmiz, alohida va eng mukammal kamolot bosqichining nomi sifatida ushbu iborani tilga olmoqdamiz? Bu ibora Alisher Navoiy ijodining so’nggi davridagi qator asarlari, jumladan, «Holoti Pahlavon Muhammad» va «Muhokamat ul-lug’atayn»larda tilga olinadi va


«Mahbub ul-qulub»da maxsus tushuncha sifatida tahlil etiladi. Alisher Navoiy
«Majoz tariqi» tushunchasini Borliq haqiqatini anglab etishning badiiy adabiyotga xos maxsus yo’nalishi sifatida talqin etadi. Shu sababli bu safar suhbatni umuman badiiy adabiyotning mintaqa ma’naviyatida tutgan o’rni masalasidan boshlash o’rinli
bo’ladi. Mintaqa madaniyatining boshqa sohalari singari badiiy adabiyotda ham til har xil bo’lganiga qaramay (biz, asosan, mintaqa darajasiga ko’tarilgan uch til -

Badiiy adabiyot san’atning bir turi, inson ruhini Borliq haqiqati bilan uyg’unlashtirishga intiluvchi asosiy vositalardan bo’lib, milliy ma’naviyatmiz an’analarida ibrat maktabi, mehr parvarishidir. Mumtoz adabiyot o’z mohiyatiga ko’ra Borliq haqiqatining botiniy sirlarini zohiriy timsollar vositasida majoziy ifodalash qudratiga ega.
arab, fors va umumturkiy adabiy tildagi adabiyotni nazarda tutamiz), g’oyalar, timsollar olami, syujetlar, turli badiiy shakl unsurlari (vazn, qofiya, badiiy san’atlar), nazariy zamin ko’p jihatdan mushtarak edi. Umummintaqa madaniyatining boshqa yo’nalishlari - Sunna, Kalom, falsafa, tasavvuf kabi badiiy adabiyot ham asrlar davomida rivojlanib keldi. Asli har uch tildagi badiiy adabiyot ham islomdan oldin shakllangan bo’lib, tabiiyki, islomiy yo’nalish birinchi davrda arab tilidagi adabiyotda o’z aksini topa boshladi. Ammo Ummaviylar davri saroy adabiyotida islomiy tus
ko’proq tashqi libos darajasida bo’lib, al-Axtal (640-710) hatto islomni qabul qilmagan holda islom xalifalari saroyida ijod qilar, al-Farazdak (641-730) va Jarir (653-733) ijodlarida ham hanuz qabilachilik an’analari ustun edi. Arab mumtoz adabiyotida «yangilanish» xarakatini boshlab berganlarning aksariyati asli kelib chiqishiga ko’ra sof arab emas edilar. Bashshar ibn Burd (714-784) fors, Ibn al- Muqaffa (724-759) ham Eronda, zardushtiylikka e’tiqod etuvchi oilada tug’ilgan, bu davrning eng zabardast shoiri Abu Nuvas (762-713) ning ham onasi fors ayoli edi.





95
Sunna bilan bir bosqichda arab nasrida adab yo’nalishi shakllanganini,
islom davri ilk turkiy she’riyat namunasi Adib Ahmad ijodi shunga yaqin turishini
oldinroq eslab o’tgan edik. Bu yo’nalish Abul Ataxiya (748-825) ijodi bilan hamohang bo’lib, Abu Nuvasda shakkoklik mayllari kuchliroq edi. Umuman, arab tilidagi mumtoz adabiyot gullab yashnagan davr sunna va islom ma’rifatchiligi bosqichlariga ko’proq mos keladi va unda ikki yo’nalish yorqin namoyon bo’lgan: biri saroy adabiyoti uchun xos bo’lgan madhiya, may va go’zallar vasfi bilan yo’g’rilgan she’riyat bo’lsa, ikkinchisi, pand-nasihat, hayotning mohiyati haqidagi falsafiy mushohadalarga bag’ishlangan qasida, qit’a va nasriy risola (noma)lardan iborat bo’lib, dastlabki davrda bu ikki yo’nalish hatto bir-biriga muayyan darajada qovushmay turdi. Ammo asta-sekin ishqiy mavzu teranlik kasb etib, adab yo’nalishi bilan mazmunan yaqinlashib bordi va Abula’lo al-Maarriy (973-1058) ijodida yuksak falsafiylik, Ibn al-Farid (1181-1234) she’riyatida esa irfoniy ishqning eng oliy qabatlariga ko’tarildi.
IX-XII asrlardagi adabiyot ham ilm singari ko’proq saroyda markazlashgan bo’lib, madhiya qasidalar, ishqiy g’azallar, xamriyot (may mavzui), zuhdiyot (dunyo va uning hoyu havaslari bebaqoligi va ularga mehr qo’ymaslik mavzui), hijo (muayyan shaxslarga yo’naltirilgan hajv) kabi mavzu turlari etakchilik qilardi, ya’ni badiiy adabiyotning vazifasi hanuz ikkinchi darajali, amaliyroq ko’rinishda


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish