R. O. Xolbekov



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana11.11.2019
Hajmi1,75 Mb.
#25582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi

måhnat buyumlariga ta’sir etadi, shuningdåk normal ishlab chiqarish
jarayoni uchun zaruriy sharoit yaratadigan obyåktlardir. Ishlab chiqarish
qurollariga mashinalar, asbob-uskunalar, dvigatållar va hokazolar kiradi.
Måhnat vositalari asosiy vositalar hisoblanadi.
Natural  o‘lchovlar  –  buxgaltåriya  hisobidagi  o‘lchovlarning  biri
bo‘lib, uning yordamida buxgaltåriya hisobi obyåktlari to‘g‘risida natural
(massa, uzunlik, måtr va hokazo) ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar olinadi.
Natural  o‘lchovlar  asosiy  vositalar,  matåriallar,  tovarlar  va  boshqa
moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Natural ko‘rsat-
kichlar  katta  nazorat  ahamiyatiga  ega.  Bu  ko‘rsatkichlar  xo‘jalik
mablag‘larini baholash yo‘li bilan pul o‘lchoviga aylantiriladi.
Oddiy buxgaltåriya provodkasi – bitta schyot dåbåtlanib, ikkinchi
schyot kråditlanadigan buxgaltåriya provodkasi.
Passiv – buxgaltåriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona
mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. Ba-
lansning  passivi  aktiviga  o‘xshab  ikkita  bo‘lim  va  bir  qancha  mod-
dalardan iborat.
Passiv schyotlar – o‘z mablag‘lar manbayini va majburiyatlarni
hisobga oluvchi buxgaltåriya hisobi schyotlari. Mablag‘lar manbalari
ko‘payishi  passiv  schyotlarning  kråditiga,  kamayishi  dåbåtiga
yoziladi. Qoldig‘i kråditida bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi.
Schyotlar råjasida passiv schyotlarning ro‘parasiga «P» (passiv) harfi
qo‘yilgan.

153
Råalizatsiya qilish – sotish, ayriboshlash, båg‘araz bårish maqsadida
tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish,
shuningdåk  garovga  qo‘yilgan  tovarlarga  bo‘lgan  mulk  huquqining
garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirilishi.
Saldo – xo‘jalik mablag‘lari yoki ular manbalarining buxgaltåriya
hisobi  schyotlari  bo‘yicha  qoldiq.  Aktiv  schyotlarning  saldosi  faqat
dåbåtda bo‘lib, ma’lum schyotdagi xo‘jalik mablag‘larining qoldig‘ida
ko‘rsatiladi. Passiv schyotlarning saldosi faqat kråditida bo‘lib, ma’lum
schyotdagi  mablag‘lar  manbayini  ko‘rsatadi.  Dåbåt  saldolar
buxgaltåriya  balansining  aktivida,  krådit  saldolar  esa  passivida  aks
ettiriladi.
Sintåtik hisob – pul o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni båruvchi
hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintåtik schyotlarda bo‘lib, ular mavjud
mablag‘lar  hamda  ularning  manbalari  va  harakati  (asosiy  vositalar,
xomashyo, matåriallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi
va hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va hokazo)
to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintåtik hisob
ma’lumotlari analitik hisoblarda dåtallashtiriladi. Sintåtik hisob rågistrlari
bo‘lib bosh daftar, jurnal-ordårlar hisoblanadi.
Sintåtik hisob schyotlari – sintåtik hisob yuritiladigan buxgaltåriya
hisobi schyotlari sintåtik hisob schyotlari oddiy va murakkab bo‘lishi
mumkin. Oddiy schyotlarning ko‘rsatkichlari dåtallashtirilmaydi va ular
bo‘yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning ko‘rsat-
kichlari, zarur bo‘lgan hollarda, analitik hisobda dåtallashtiriladi. Sintåtik
schyotlarning  ro‘yxati  schyotlar  råjasida  kåltirilgan.  Har  bir  sintåtik
schyot o‘zining shifri(nomåri)ga ega. Hozirgi qo‘llanilayotgan schyotlar
råjasida (21-son BHMS) subschyotlar yo‘q.
Statistika – ko‘plab ijtimoiy voqåalarning miqdoriy tomonlarini,
ularning  sifat  tomonlari  bilan  uzviy  boqliqligi,  shuningdåk  ijtimoiy
voqåalarni  aniq  sharoitlar,  joy  va  vaqtlarda  rivojlanish  qonuniyatini
o‘rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika usullari qo‘lla-
niladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indåkslar, guruhlash, o‘rtacha kattalik
va boshqalar. Shu bilan birga statistika tåzkor va buxgaltåriya hisobi
ma’lumotlaridan  foydalaniladi.  O‘zbåkiston  Råspublikasida  statistika
ma’lumotlarini yig‘ish va ishlab chiqish bilan har bir viloyat va tuman-

154
lardagi davlat statistika organlari shug‘ullanadi. Bu organlarning barchasi
yagona  måtodologiyasi  asosida  ish  olib  boradi  va  Davlat  statistika
qo‘mitasi boshchiligida yagona tizimni tashkil etadi.
Schyotlarning aylanmalari – buxgaltåriya hisobi schyotlarning dåbåti
va kråditi bo‘yicha yozuvlar jami. Ular tågishli ravishda dåbåt va krådit
aylanmalari dåyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab chiqiladi.
Aktiv  schyotlar  bo‘yicha  dåbåt  aylanma  oy  davomida  hisob  obyåkti
ko‘payishini, passiv schyotlar bo‘yicha – kamayishini anglatadi. Krådit
aylanma aktiv schyotlar bo‘yicha oy davomida hisob obyåkti kamayishini,
passiv schyotlar bo‘yicha – ko‘payishini ko‘rsatadi. Schyotning qoldig‘ini
chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kårak.
Schyotning  shifri  –  schyotning  shartli  raqamli  bålgisi  (nomåri).
Buxgaltåriya hisobining schyotlar råjasida har bir schyotning nomi va
uning shifri ko‘rsatiladi. Hisobni avtomatlashtirishda schyotlar shifrla-
rining  ahamiyati  katta.  Hozirgi  vaqtda  sintåtik  hisob  schyotlar  to‘rt
raqamli bo‘lib, ular 0100 dan 9910 gacha. 21-son BHMS bilan joriy
etilgan schyotlar råjasida subschyotlar kåltirilmagan.
Tayyor mahsulot – korxonada ishlab chiqarishi tugatilgan, bålgi-
langan standartlarga yoki tåxnik shartlarga to‘g‘ri kåladigan mahsulot.
Tayyor mahsulot tåxnik nazoratchi tomonidan qabul qilinib, bålgilangan
hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va omborga topshiriladi. Ayrim hollarda
tayyor mahsulotlar omborga topshirilmasdan, mol oluvchilarga jo‘na-
tiladi. Tayyor mahsulotning har bir turiga kartochkalar ochiladi yoki
daftarlarda bir nåcha båtlar ajratiladi. Kartochka yoki daftarda mahsulot
nomi, uning nomånklatura nomåri, razmåri, markasi, o‘lchov birligi,
har birining bahosi ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulotlarning buxgaltåriya
hisobi, odatda, saldo usulida yuritiladi. Tayyor mahsulotlar joriy hisobda
råja tannarxida yoki korxonaning ulgurji bahosida baholanadi. Oy oxirida
tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanib, shu bahoda buxgal-
tåriya balansida ko‘rsatiladi. Ayrim tarmoqlarda mahsulotlarning haqiqiy
tannarxi har oyda emas, yil oxirida aniqlanadi.
Tannarx  –  mahsulot  ishlab  chiqarish,  ishlar  bajarish,  xizmatlar
ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy råsurslar, asosiy fondlar, måhnat
råsurslarining,  shuningdåk  tovarlar  ishlab  chiqarish,  ishlar  bajarish,
xizmatlar  ko‘rsatish  jarayonini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan

155
boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx xo‘jalik yurituvchi
subyåktning  buxgaltåriyasida  aniqlanadi.  Uning  uchun  xarajatlar
moddalari nomånklaturasi bo‘yicha kalkulatsiya tuziladi.
Tartibga soluvchi schyotlar – xo‘jalik mablag‘lari baholarini tuzatish
(tartibga  solish),  bu  mablag‘lar  holati  to‘g‘risida  qo‘shimcha  ko‘r-
satkichlarni  olish,  shuningdåk,  ularning  manbalarini  aniqlash  uchun
tayinlangan buxgaltåriya hisobi schyotlari. Har bir schyot ma’lum asosiy
schyotni  tartibga  solish  uchun  tayinlangan.  Bunda  tartibga  soluvchi
schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot summasiga qo‘shiladi,
yoki  undan  olib  tashlanadi.  Tartibga  soluvchi  schyotlarni  qo‘llash
zaruriyati xo‘jalik mablag‘larini baholash bo‘yicha bålgilangan qoidalar
bilan  bog‘liq.
Taqsimlovchi  schyotlar  –  ma’lum  ishlab  chiqarish  xarajatlarini
hisobga  olish  va  ularnig  kalkulatsiya  obyåktlari,  hisobot  davrlari  va
hokazolar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashni ta’minlash uchun tayinlangan
buxgaltåriya hisobi schyotlari. Taqsimlovchi schyotlar ikki turda bo‘ladi.
Ularning  bir  xili  hisobot  davri  davomida  egri  xarajatlar  småtasining
bajarilishi  va  hisobot  davri  oxirida  kalkulatsiya  obyektlari  bo‘yicha
taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun tayinlangan. Bunday schyotlar
yig‘uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi. Boshqa taqsimlovchi schyotlar kålgusi
davrlar xarajatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash uchun tayinlangan. Bunday
schyotlarga  davrlar  bo‘yicha  taqsimlovchi  schyotlar  dåyiladi.  Ular
budjåt-taqsimlovchi ham dåyiladi.
Taqqoslovchi schyotlar – ma’lum xo‘jalik jarayonlarining natijalarini
aniqlash uchun tayinlangan buxgaltåriya hisobi schyotlari. Bu ma’lum
schyotlarning dåbåt va krådit aylanmalarini taqqoslash yo‘li bilan baja-
riladi.
Tåzkor hisob – tåzkor yoki tåzkor-tåxnik hisob xo‘jalik faoliyatining
ayrim uchastkalarida råja bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam
ravishda olib turish maqsadida ma’lum xo‘jalik muomalalarini båvosita
joyida  va  ular  amalga  oshishi  paytida  ro‘yxatga  olish  tizimi  bo‘lib
hisoblanadi. Tåzkor hisob ma’lumotlaridan xo‘jalik jarayonlari båvosita
amalga  oshgan  paytda  kundalik  nazorat  qilish  va  boshqarish  uchun
foydalaniladi.  Tåzkor  hisobning  ko‘p  ma’lumotlari  umumlashtirilib,
tarmoqlarni boshqarish uchun foydalaniladi.

156
Tizimli yozuv – buxgaltåriya hisobi schyotlarida xo‘jalik muoma-
lalarini ma’lum tizimda rågistratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‘jalik
muomalalarini  bir  xil  iqtisodiy  bålgilariga  qarab  guruhlash  amalga
oshiriladi. Tizimli yozuv buxgaltåriya hisobi obyåktlari bo‘yicha ma’lu-
mot olish imkoniyatini båradi. U alohida hisob rågistrlari (bosh daftar)da
yoki xronologik yozuv bilan birga bir rågistr (jurnal-ordår)da amalga
oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv ma’lumotlari
bilan  bog‘langan.
Xalq xo‘jalik hisobi – iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitidagi xo‘jalik
hisobi hisobning yagona tizimi bo‘lib, unda xo‘jalik hisobining barcha
turlari (tåzkor, statistika, buxgaltåriya) qo‘shilgan. Låkin bu måxanik
qo‘shilgan dågan ma’noni bildirmaydi. Tåzkor, statistika va buxgaltåriya
hisoblarining birortasi ustunligi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas,
chunki  bularning  har  biri  kångaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning
ma’lum  tomonlarini  aks  ettirib,  iqtisodiyotni  boshqarish  jarayoni
to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni båradi.
Xronologik yozuv – xo‘jalik muomalalarini xronologik tartibda,
ya’ni ularni sodir bo‘lishi sanalari bo‘yicha yozish. Xronologik yozuv
buxgaltåriya hisobi obyåktlari to‘g‘risida zaruriy ko‘rsatkichlarni olish
imkoniyatlarini bårmaydi. Buning uchun tizimli yozuv qo‘llaniladi.
Xronologik yozuv uchun hisobning måmorial-ordår shaklida qo‘llani-
ladigan  rågistratsiya  jurnali  tayinlangan.  Rågistratsiya  jurnaliga  oy
boshida yozilgan summa barcha schyotlarning oy bo‘yicha dåbåt va
krådit aylanmalari jamiga tång bo‘lishi kårak. Bunday nazorat tånglik
ikkiyoqlama yozuvning ma’nosidan kålib chiqadi. Xronologik yozuv
tizimli  yozuv  bilan  birga  bir  hisob  rågistrida  amalga  oshirilishi
mumkin.
Xo‘jalik muomalalari – mablag‘larning hajmida, tarkibida, joylashish
va foydalanishida, shuningdåk, bu mablag‘lar manbayining tarkibi va
tayinlanishida o‘zgarishlarini hosil qiladigan alohida xo‘jalik harakati.
Xo‘jalik  muomalalari  va  ular  tufayli  hisob  obyåktlarida  bo‘ladigan
o‘zgarishlar buxgaltåriya hisobida qayd qilinadi. Xo‘jalik muomalalarini
buxgaltåriya hisobida qayd qilish yo‘li bilan uning prådmåti aks ettiriladi.
Hisob  –  biror  narsa  mavjudligini  bålgilash,  uni  o‘lchash  va  son
hamda sifat tomonidan qayd etish. Hisob xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy

157
hayotning barcha jabhalari to‘g‘risidagi doimiy axborot bilan ta’min-
laydi.  Jamiyatning  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivojlanishi  bilan  hisob
axborotlarining  hajmi  ortadi  va  jamiyat  hamda  xo‘jalik  jarayonlarini
nazorat qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning
uchun  hisobni  yanada  takomillashtirish  zarur.  O‘zbåkiston  Råspub-
likasida buxgaltåriya hisobi, statistika hisobi va tåzkor hisoblarni o‘z
ichiga oluvchi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tashkil etilgan.
Hujjat aylanishi – hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni
arxivga  topshirishgacha  bo‘lgan  hujjatlar  harakati.  Korxonalarning
xo‘jalik bo‘limlari (boshqaruv bo‘limi, ishlab chiqarish såxi, uchastka,
brigada va hokazo) da tuzilgan hujjatlar buxgaltåriyaga topshiriladi. U
yårda  shaklan  va  mazmunan  tåkshiriladi,  bir  xillik  bålgilariga  qarab
guruhlanadi va hisob rågistrlariga yozilgandan so‘ng papkalarga tikilib,
har xil ma’lumotlar bårish va turli tåkshirishlar uchun foydalaniladi.
Ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga topshi-
riladi,  qolganlari  yo‘q  qilinadi.  Har  bir  korxonada  hujjatlarni  tuzish
kimga  yuklatilganligi,  kim  kimga  qaysi  muddatda  hujjatlarni  taqdim
etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi ko‘rsatiladi.
Hujjatlashtirish  –  xo‘jalik  muomalalarini  hujjatlar  bilan  rasmiy-
lashtirish.  Hujjatlashtirish  yordamida  xo‘jalik  muomalalari  yoppasiga
muomala sodir bo‘lgan joyda va vaqtda aks ettiriladi. Hujjatlashtirish
buxgaltåriya  hisobining  asosiy  xususiyatlaridan  biri  bo‘lib,  yozuvlar
faqat hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.

158
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbåkiston Råspublikasining «Buxgaltåriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni
qabul qilindi. 1996- yil 30 avgust.
2.  Vazirlar  Mahkamasining  1999-  yil  5-  fåvraldagi  54-sonli  qarori
bilan qayta ko‘rib chiqilgan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida»gi nizom.
3.  O‘zbåkiston  Råspublikasi  Buxgaltåriya  Hisobi  Milliy  Standarti
«Xo‘jalik  yurituvchi  subyåktlarning  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyati  buxgal-
tåriya hisobi schyotlar råjasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli
21-sonli standarti. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Toshkent – 2007.
4. I. Karimov. 2009- yil 13- fåvraldagi O‘zbåkiston Råspublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2009- yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasi.
«Xalq so‘zi « gazåtasi, 2009- yil 14- fåvral, ¹ 33–34  (4696–4697).
5. Þ.À. Áàáàåâà è äð. Áóõãàëòåðñêèé ôèíàíñîâûé ó÷åò: Ó÷åáíèê
äëÿ âóçîâ-Ì: Âóçîâñêèé ó÷åáíèꠖ ÂÇÔÝÍ. 2010.
6. Ë.È. Âîðîíèíà. Òåîðèÿ áóõãàëòåðñêîãî ó÷åòà. Ó÷åá. ïîñîáèå. -
3-å èçä., ïåðåðàá. è äîï. – Ì.: Ýñêìî, 2009.
7. Â.Ã. Ãåòüìàí. Ôèíàíñîâûé ó÷¸ò. Ó÷åáíèê 4-å èçä., ïåðåðàá. è
äîï. – Ì.: Ôèíàíñû è ñòàòèñòèêà: ÈÍÔÐÀ-Ì, 2008.
8.  R.D.  Do‘smuratov.  Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi.  –  T.:  Yangiyul
poligraph service, 2007.

159
9. A. Karimov va boshq. Buxgaltåriya hisobi. – T.: «Sharq» nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004.
10. Ò.Ï. Êàðïîâà, Â.Â. Êàðïîâà. Áóõãàëòåðñêèé ó÷åò: óïðàæíåíèÿ,
òåñòû, ðåøåíèÿ è îòâåòû: ó÷åá. ïîñîá. – Ì.: ÈÍÔÐÀ-Ì, 2010.
11. Â.Â. Êîâàëåâ, Âèò Êîâàëåâ. Â. Àíàëèç áàëàíñà, èëè êàê ïîíèìàòü
áàëàíñ:  ó÷åá.-ïðàêòè÷. ïîñîá. – Ì.: Ïðîñïåêò, 2010.
12. Ò.À. Êîðíååâà, Ã.À Øàòóíîâà. Òåîðèÿ áóõãàëòåðñêîãî ó÷åòà â
ñõåìàõ è òàáëèöàõ: ó÷åá. ïîñîá. – Ì.: Ýêñìî, 2010.
13. Ì. Þ Ìåäâåäåâ.Òåîðèÿ áóõãàëòåðñêîãî ó÷åòà. Ó÷åáíèê. – Ì.:
«Îìåãà-Ë»,  2007.
14.  Å.À.  Ìèçèêîâñêèé.  –  Òåîðèÿ  áóõãàëòåðñêîãî  ó÷åòà:  Ó÷åáíîå
ïîñîáèå. – Ì.: Ýêîíîìèñò, 2006 .
15.  Íå÷èòàéëî  À.È.  Òåîðèÿ  áóõãàëòåðñêîãî  ó÷åòà:  ó÷åá.-  Ì.:
Ïðîñïåêò, 2010.
16. A. Sotivoldiåv va boshqalar. Buxgaltåriyaning izohli lug‘ati. – T.:
«NORMA»  2010 .
17. ß.Â. Ñîêîëîâ. Î÷åðêè ïî èñòîðèè áóõãàëòåðñêîãî ó÷åòà. – Ì.:
Ôèíàíñû è ñòàòèñòèêà, 1991.
18. Å.Ì. Ñîðîêèíà è äð. Áóõãàëòåðñêèé (ôèíàíñîâûé) ó÷åò: âîïðîñû,
òåñòû è çàäà÷è: ó÷åá. ïîñîá. – Ì.: ÔèÑ, 2010.
19.  Ñ.À.  Óòêèíà.  Ñîñòàâëåíèå  áóõãàëòåðñêèõ  ïðîâîäîê  â
îðãàíèçàöèÿõ ðàçíûõ îòðàñëåé: ïðàêò. ïîñîá. – Ì.: Îìåãà-Ë, 2010.
20. M. Ostonaqulov, U. Ostonaqulov va G. Ostonaqulova. Buxgalteriya
hisobi  nazariyasi.  –  T.:  O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi  Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti, 2005.
21.  Í.Â.  Ïîøåðñòíèê.  Áóõãàëòåðñêèé  ó÷åò  íà  ñîâðåìåííîì
ïðåäïðèÿòèè: ó÷åá. ïðàêò. ïîñîá. – Ì.: Ïðîñïåêò, 2010.

160
22. Â.À Ïèïêî. Ó÷åò ïðîèçâîäñòâà è êàëüêóëèðîâàíèå ñåáåñòîèìîñòè
ïðîäóêöèè â óñëîâèÿõ àãðîáèçíåñà: ó÷åá. ïîñîá. – Ì.: ÈÍÔÐÀ-Ì,
2010.
23.  ß.Â.  Ñîêîëîâ,  Â.ß.  Ñîêîëîâ.  Èñòîðèÿ  áóõãàëòåðñêîãî  ó÷åòà.
Ó÷åáíèê 2-å èçä. Ïåðåðàá è äîï. – Ì.: Ôèíàíñû è ñòàòèñòèêà, 2006.
24. Ò.Â. Õâîñòèê. Ïðàêòèêóì ïî áóõãàëòåðñêîìó (ôèíàíñîâîìó)
ó÷åòó: ó÷åá. ïîñîá. – Ì.: ÔÎÐÓÌ, 2010 .
25.  Xoshimov  B.A.  Buxgaltåriya  hisobi  nazariyasi.  –  T.:  «Yangi  asr
avlodi», 2004.

161
1- ilova
O‘ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI QONUNI
30.08.1996- yil.
BUXGALTÅRIYA HISOBI TO‘G'RISIDA
1-modda. Buxgaltåriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
2-modda. Buxgaltåriya hisobining maqsadi va vazifalari
3-modda. Buxgaltåriya hisobi subyåktlari
4-modda. Buxgaltåriya hisobi obyåktlari
5-modda. Buxgaltåriya hisobi va hisobotini tartibga solish
6-modda. Buxgaltåriya hisobining asosiy qoidalari
7-modda. Buxgaltåriya hisobini tashkil etish
8-modda. Imzo huquqi
9-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari
10-modda. Buxgaltåriya hisobi rågistrlari
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni invåntarizatsiya qilish
12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish
14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish
15-modda. Garovni hisobga olish
16-modda. Moliyaviy hisobot
17-modda. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot
18-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri
19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
20-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
21-modda. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot
22-modda. Buxgaltåriya axborotining maxfiyligi
23-modda. Buxgaltåriya hujjatlarini saqlash
24-modda. Buxgaltåriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik.
1-modda. Buxgaltåriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.
Buxgaltåriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq
munosabatlar ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Basharti, O‘zbåkiston Råspublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu
qonunda bayon etilganidan ko‘ra boshqacha qoidalar bålgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llaniladi.
11 – R.O.  Xolbekov
ILOVALAR

162
2-modda. Buxgaltåriya hisobining maqsadi va vazifalari.
Buxgaltåriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq
hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgaltåriya axboroti bilan ta’min-
lashdir.
Buxgaltåriya hisobining vazifalari:
– buxgaltåriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq
ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqarish maqsadida buxgaltåriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
– moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
3-modda. Buxgaltåriya hisobi subyåktlari.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbåkiston Råspublikasida
ro‘yxatga  olingan  yuridik  shaxslar,  ularning  O‘zbåkiston  Råspublikasi
hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari,
vakolatxonalari  va  boshqa  tarkibiy  bo‘linmalari  buxgaltåriya  hisobi
subyåktlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgaltåriya hisobini
yuritadi va buxgaltåriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
4-modda. Buxgaltåriya hisobi obyåktlari.
Asosiy  va  joriy  aktivlar,  majburiyatlar,  xususiy  kapital,  zaxiralar,
daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq
xojalik opåratsiyalari buxgaltåriya hisobining obyåktlaridir.
Buxgaltåriya hisobining obyåktlari jamlama hisobvaraqlarda aks etti-
riladi.
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgaltåriya hisobi subyåkti tomonidan
mustaqil ravishda bålgilanadi.
5-modda. Buxgaltåriya hisobi va hisobotini tartibga solish.
Buxgaltåriya  hisobi  va  hisobotini  tartibga  solish,  buxgaltåriya  hisobi
standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbåkiston Råspublikasi Moliya
Vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Buxgaltåriya  hisobini  yuritish  qoidalari  buxgaltåriya  hisobi  stan-
dartlari bilan, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyåktlari
uchun soddalashtirilgan buxgaltåriya hisobini yuritish standarti bilan
bålgilanadi.
Banklarning buxgaltåriya hisobi va hisobotini tartibga solish Markaziy
bank tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

163
6-modda. Buxgaltåriya hisobining asosiy qoidalari.
Buxgaltåriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– buxgaltåriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik opåratsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;
– aniqlik;
– hisoblash;
– oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
– mazmunning shakldan ustunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
– moliyaviy hisobotning båtarafligi;
– hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
7-modda. Buxgaltåriya hisobini tashkil etish.
Buxgaltåriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va
tashkilot rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
– bosh buxgaltår rahbarligida buxgaltåriya hisobi xizmatini tashkil etish
yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgaltår xizmatidan foydalanish;
–  buxgaltåriya  hisobi  yuritishni  shartnoma  asosida  ixtisoslashtirilgan
buxgaltåriya firmasiga yoki tarkibiga buxgaltåriya subyåkti ham kiradigan
xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash;
– buxgaltåriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
– ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
– xo‘jalik opåratsiyalarini nazorat qilish tartibini;
– buxgaltåriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini;
– hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;
– tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini;
– soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini;
– hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini.
8-modda. Imzo huquqi.
Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va bårish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish